Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   169
biologiya

Ginogenez
  partenogenezga  yaqin  bo‘lgan  ko‘payish  usulidir.  Bu  jinsiy 
ko‘payishda  spermatozoid  tuxum  hujayrasiga  kiradi,  ammo  spermatozoid  va 
tuxum  xo‘jayra  yadrolari  o‘zaro  qo‘shilmaydi.  Spermatozoid  tuxum  hujayrasiga 
kirib,  unga  ta'sir  etadi  -  «qitiqlaydi,  o‘zi  keyingi  jarayonlarda  ishtirok  etmaydi  - 
yo‘q bo‘lib ketadi. Tuxum hujayralardan yangi organizm hosil bo‘ladi. Ginogenez 
ayrim  baliqlarda  uchraydi.  Spermatozoidga  tuxum  yadrosi  bilan  qo‘shila 
olmaydigan darajada birorta ta'sir o‘tkazib, so‘ng tuxum hujayrasini urug‘lantirish 


 
 
bilan sun'iy usulda ginogenez paydo qilish ham mumkin. 
Androgenez  usulida  ko‘payish  ginogenezga  o‘xshasada,  ammo  tuxum 
hujayrasiga  kirgan  spermatozoid  yadrosi  tuxum  hujayra  yadrosi  bilan 
qo‘shilmaydi, tuxum  hujayraning  yadrosi yo‘qolib, spermatozoid yadrosi saqlanib 
qoladi. Ko‘payishning androgenez usuli A.Astaurov (1937 yilda) tomonidan kashf 
etilgan.  U  ipak  qurti  tuxum  hujayrasining  yadrosini  harorat  ta'sirida  nobud  qilib, 
uni  sun'iy  urug‘lantirgan.  Natijada  hujayraning  sitoplazmasi  ona  hujayraniki, 
yadrosi  esa  ota  hujayraniki  bo‘lib  qolgan.  Shu  zigotadan  erkak  organizm 
rivojlangan.  Androgenez  genetikada  belgilarning  ota  yoki  onaga  bog‘liqligini 
hamda  sitoplazmaning  belgilari  yuzaga  chiqishdagi  rolini  aniqlashda  muhim  usul 
hisoblanadi. 
Meyoz.
 Ma'lum differensirlangan birlamchi jinsiy hujayra  meyoz bo‘linishga 
kirishadi.  Meyozda  ketma-ket  2  marta  (I  va  II)  bo‘linish  sodir  bo‘ladi.  Birinchi 
bo‘linish  reduksion  bo‘linish  bo‘lib,  xromosoma  soni  ikki  karra  kamaygan  2  qiz 
hujayra  hosil  bo‘ladi.  Ikkinchisi  ekvatsion  (teng  bo‘lgan)  bo‘linish  bo‘lib, 
reduksion  yo‘l  bilan  bo‘lingan,  xromosomasi  gaploid  to‘plamga  ega  bo‘lgan  har 
bir  hujayradan  ikkitadan  hujayra  hosil  bo‘ladi.  Ekvatsion  bo‘linish  jarayoni  xuddi 
hujayraning  mitoz bo‘linishi  kabi ro‘y beradi. Meyoz jarayoni  mitoz bo‘linishdan 
keskin  farq  qiladi.  Meyoz  bo‘lnnish  ketma-ket  ro‘y  beradigan,  murakkab 
bosqichlardan  iborat  jarayondir.  Bunda  hujayra  xromosomasi  ma'lum  tarzda 
qonuniy  o‘zgarishlarga  uchraydi.  Meyozda  interfazadan  so‘ng  birinchi 
bo‘linishdagi  profaza  I,  metafaza  I,  anafaza  I,  telofaza  I  sodir  bo‘ladi  va  so‘ng 
hujayra  qayta  interfazaga  kirmaydi.  Bunday  hosila  hujayrada  interfazaga  xos 
bo‘lgan  DNK  replikatsiyasi  sodir  bo‘lmaydi,  hujayra  yana  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ikkinchi bo‘linishga kirishib ketadi. Shuning uchun ham bu oraliq interfaza emas, 
interkinez deyiladi. Interkinez o‘ta qisqa vaqtni egallaydi. So‘ng, ikkinchi bo‘linish 
boshlanib  ketadi  va  unda  ham  profaza  II,  anafaza  II,  metafaza  II,  telofaza  II 
bosqichlari  mavjuddir.  Birinchi  bo‘linish  profaza  I  da  xromosomada  ko‘pgina 
jarayonlar ro‘y beradi. Bu bosqichning o‘zi bir qancha davrlardan iborat: liptoten, 
zigoten, paxiten, diploten, diakinez. 


 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə