Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Organizmlarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
biologiya

5.2. Organizmlarning kimyoviy tarkibi 
Tirik  organizm  tarkibida  100  ga  yaqin  kimyoviy  elementlar  uchraydi.  Biroq, 
organizmning  hayot  faoliyati  uchun  ulardan  16  tasi  eng  muhim  hisoblanadi.  Tirik 
organizmlar tarkibida ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlarga  vodorod,  uglerod, 
kislorod va azot kiradi. Bu elementlar organizmning 99 % foizini tashkil qiladilar. 
Organizm  hayot  faoliyatida  ayniqsa,  uglerod  bir  qancha  muhim  kimyoviy 
moddalar tarkibida uchrab muhim rol' o‘ynaydi. 


 
 
Planetamizda suvsiz hayot bo‘lmaydi. Suv dastavval tirik organizmlar uchun 
eng zaruriy muhitdir. Bundan tashqari u tirik hujayraning asosiy komponentlaridan 
biri hisoblanadi. 
Suv  -  eng  muqim  erituvchi  moddadir.  Eritilgan  moddalar  tarkibidagi  ionlari 
va  molekulalari  erkin  harakatda  bo‘ladi.  Shu  sababli  hujayradagi  ko‘pgina 
reaksiyalar suv eritmasida o‘tadi. 
Suv  o‘zida  har  xil  moddalarni  eritib  ularni  turli  xil  joylarga  tashiydi  yoki 
transport  vazifasini  ham  bajaradi.  Suv  xuddi  shunday  vazifani  qonda,  limfatik 
sistemalarda, ovqat xazm qilish organlarida, o‘simliklarning floema va ksilemasida 
bajaradi. 
Suv  katta  issiq  o‘tkazuvchi  muhit  hamdir.  Issiqlik  energiyasi  suvga  ko‘proq 
ta'sir  etganda  ham  suvning  harorati  shu  darajada  ko‘tarilmaydi.  Suvga  ta'sir 
ettirilgan  energiyaning  ko‘p  qismi  vodorod  bog‘lamini  uzishga  sarf  bo‘ladi. 
Ko‘pchilik  hujayra  va  organizmlar  uchun  suv  ko‘pincha  ularning  yashaydigan 
muhiti  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Suv  bug‘lanish  xususiyatiga  ham  ega,  demak  bunda 
suvda  bug‘lanish  bilan  birga  uning  sovishi  ham  bo‘lib,  bu  hodisa  hayvonlarda 
yaxshi  kuzatiladi.  Suvning  bu  xususiyatidan  yashil  o‘simliklarning  bargi  ayniqsa 
yaxshi  foydalanadi.  Ya'ni,  suv  barg  yuzasi  orqali  bug‘langanda  barg  yuzasi  ancha 
soviydi. 
Suvning  biologik  mohiyatlaridan  biri  shundaki,  u  organizmdagi  modda 
almashinish  jarayonining  asosiy  moddalaridan  biridir  yoki  boshqacha  aytganda 
modda almashinish jarayoni suvsiz o‘tmaydi. 
Fotosintez  jarayonida  suv  vodorod  manbai  bo‘lib  xizmat  qiladi,  hamda 
gidrolizda ishtirok etadi. 
Tarixiy tarakkiyot davrida tabiiy tanlanish natijasida turlarining paydo bo‘lish 
jarayoniga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri suvdir. 
Yuqorida  aytilganlardan  tashqari  suv  organizmlarning  tizimini  ushlab  turadi, 
urug‘lanish  uchun  muhit  bo‘lib  xizmat  qiladi.  O‘simliklarning  urug‘larini, 
mevalarini, suvda yashovchi organizmlarning gametalari, lichinkalarini tarqatishga 
yordamlashadi, fotosintez jarayonida qatnashadi, urug‘larning o‘sishini ta'minlaydi 


 
 
va hokazo. 
Aminokislotalar, nuklein kislotalar va ularning ahamiyati. 
Hujayra va to‘kimalar tarkibiga 170 dan ortik aminokislotalar kiradi. Shundan 
26  tasi  oqsillar  tarkibida  topilgan,  birok  oqsillarda  ularning  ko‘pincha  20  tasi 
doimiy mikdorda uchraydi. 
O‘simliklar o‘zlari uchun kerak bo‘lgan aminokislotalarni oddiy moddalardan 
o‘zlari  sintez  qiladilar,  hayvonlar  organizmida  esa,  aminokislotalarning  hammasi 
ham  sintez  bo‘lavermaydi,  ularni  hayvonlar  o‘simliklardan  oladi.  Ana  shunday 
aminakislotalarni almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. 
Prolin  va  gidroksiprolindan  tashkari  aminokislotalarning  hammasi  Al'fa 
aminokislotalar hisoblanadi, ya'ni ularning tarkibida - amin guruhi bo‘ladi. 
Aminokislotalarning  ko‘pchiligida  bitta  kislotali  guruh  (karboksin)  va  bitta 
asosiy  (aminguruh)  bo‘ladi.  Bu  aminokislotalar  neytral  aminokislotalar  deyiladi. 
Birok, bittadan ortiq aminguruhiga ega bo‘lgan asosiy aminokislotalar va bittadan 
ortiq  karboksil  guruhli  kislotali  aminokislotalar  ham  bo‘ladi.  Aminokislota 
molekulalarining boshqa qismini Ya-guruh hosil qiladi.  Ana shu oxirgi  guruhning 
tuzilishiga qarab aminokislotalar har xil bo‘ladi. 
Nuklein  kislotalar  -  polinukleotidlar  -  tirik  tabiatda  keng  tarkalgan  biologik 
aktiv  biopolimerlar.  Ular  barcha  organizmlarning  hujayrasida  bo‘ladi.  Nuklein 
kislotalarni  birinchi  marta  1868  yilda  Shveytsariya  olimi  F.Misher  hujayra 
yadrosidan  topgan.  Keyinchalik  nuklein  kislota  birgina  yadroda  emas,  sitoplazma 
va  boshqa  xil  organoidlarda  ham  bo‘lishi  aniqlandi.  Nuklein  kislotalari  nukleotid 
deb ataluvchi monomer birliklardan tashkil topgan. 
Nukleotid  molekulasi  uch qismdan  (besh  uglerodli qanddan, azot asoslaridan 
va  fosfor  kislotasidan)  tuzilgan.  Nukleotid  tarkibidagi  qand  5  atomli  uglerod 
bo‘lib,  u  pentoza  deyiladi.  Ana  shu  pentozaning  nukleotidlardagi  turlariga  qarab 
nuklein  kislotalari  ikkiga  bo‘linadi:  o‘z  tarkibida  riboza  saqlovchi  ribonuklein 
kislota  RNK  va  dezoksiriboza  qandini  saqlovchi  dezoksiribonuklein  kislota 
(DNK).  Yuqorida  aytilgan  ikki  xil  nuklein  kislotasida  ham  to‘rt  xil  azot  asoslari 
bo‘ladi.  Shulardan  ikkitasi  purin  guruhiga  (adenin-A  va  guanin-G)  va  ikkitasi 


 
 
pirimidin  guruhiga  (sitozin  -S  va  timin  -T)  kiradi.  Purin  molekulalarida  ikkita 
xalqa  bo‘ladi.  Tarkibida  fosfor  kislotasi  bo‘lganligi  uchun  nuklein  kislotalar  - 
kislota  deb  ataladi.  Nukleotidlarning  organizmdagi  ahamiyati  ularning  faqatgina 
nuklein kislotalari uchun qurilish bloklari (materiali) bo‘libgina qolmay, balki ba'zi 
bir  kofermentlar  ham  nukleotidlar  yoki  ularning  hosilalaridir.  Ana  shunday 
kofermentlarga  -  adinazinmonofosfat  (AMF),  adenazindifosfat  (ADF)  va 
adenazintrifosfat (ATF)lar kiradi. 
Dezoksiribonuklein  kislota  (DNK).  Har  qanday  organizm  va  tirik  hujayra 
yadrosining  asosiy  qismini  DNK  tashkil  qiladi.  Uning  tarkibida  dezoksiriboza 
uglerodli  birikma,  azot  asoslari  adenin,  guanin,  sitozin  va  timinlar  bo‘ladi.  DNK 
har qanday tirik organizmning tuzilishi, rivojlanishi va xususiy belgilariga tegishli 
irsiy axborotlarni saqlash va nasldan naslga o‘tkazishda juda muhim rol' o‘ynaydi. 
D.Uotson  va  F.Kriklar  DNK  ikkita  polinukleotid  zanjiridan  tuzilganligini 
1953  yilda  isbotlab  berdilar.  Ular  bu  kashfiyotlari  uchun  1962  yilda  Nobel' 
mukofotiga sazavor bo‘lgan edilar. Ushbu  zanjirlar bir o‘q atrofida o‘ng tomonga 
buralib  ko‘shaloq  spiralni  hosil  qiladi.  Har  qaysi  zanjir  (dezoksiriboza)  va  fosfor 
kislotasidan  tashkil  topgan  bo‘lib,  uning  uzunasi  bo‘ylab  (bo‘yi  bo‘ylab) 
perpendikulyar ravishda uzun spiral hosil qilgan holda azot asoslari joylashadi. 
Spiraldagi  bir-birini  to‘ldiruvchi  (komplementar)  asoslar  -  adenin  (A)  timin 
(T)ga, guanin (G) sitozin (S)ga vodorod bog‘i orqali birikkan. DNK suvda, kuchsiz 
va  o‘tkir  suv  eritmalarida  yaxshi  erib,  qovushqoq  suyuqlik  hosil  qiladi.  DNK 
eritmalari qizdirilganda asos juftlari o‘rtasidagi bog‘lanish kuchsizlanadi. 
DNK  uchun  xos  bo‘lgan  ma'lum  haroratda  (80-90  gr.da)  ikki  polinukleotid 
zanjircha bir-biridan ajraladi (DNK denaturatsiyalanadi). 
Mitoxondriyalarda,  shuningdek  ba'zi  viruslar  va  bakteriyalarda  DNKning 
molekulyar  massasi  ancha  kichik  va  ular  halqa  yoki  kamchilik  holda  cho‘ziq 
shaklida bo‘ladi. Hujayra yadrolarida DNK ko‘pchilik holda yadro tizimini tashkil 
etuvchi xromosomalar (xromotinlar) tarkibida bo‘ladi. 
DNK RNKni sintez qilishda matritsa xizmatini ham o‘taydi va shu bilan birga 
uning birinchi tizimini (transkripsiyalarni) ham belgilaydi. 


 
 
Organizmlarning  irsiy  o‘zgarishi  (mutatsiya)  azot  asoslarining  DNK 
polinukleotid zanjirlarida o‘zgarishi, yo‘qolishi va hosil bo‘lishiga bog‘liq. Demak 
DNK  molekulalarining  tuzilishini  va  ularning  o‘zgarishini  o‘rganish,  hayvonlar, 
o‘simliklar va  mikroorganizmlardagi irsiy o‘zgarishlarni bilishga va ulardagi  irsiy 
nuqsonlarni tuzatishga yo‘l ochadi. 
Ribonuklein  kislota  -  RNK.  Hujayrada  bajaradigan  funksiyasiga  qarab  RNK 
bir necha xil bo‘ladi. Shulardan biri tashuvchi (transport) RNKdir. Bu RNK oqsil 
sintez  qilinadigan  joyga  aminokislotalarni  eltib  beradi.  Ikkinchi  xil  axborot 
(informatsion)  RNK  bo‘lib,  u  sintezlanadigan  oqsilning  informatsiyasini 
(nusxasini,  loyihasini) yadrodagi DNKdan oladi. Uchinchi xili bu ribosom DNKsi 
bo‘lib  transport  RNK  olib  kelgan  aminokislotalardan  informatsion  RNK  bergan 
loyihaga (informatsiyaga) asosan ribosomalarda oqsillarni hosil (sintez) qiladi. 
RNK ning tuzilishi DNKga o‘xshash bo‘lsa ham, undan farq qiluvchi belgilari 
ham bor. RNKda qo‘shaloq spiral zanjiri bo‘lmaydi. DNK nukleotidlarida uglevod 
-  dezoksiriboza  bo‘lsa,  RNKda  esa  riboza  bo‘ladi  va  azotli  asos  T-o’rnida  Y-
faoliyat ko’rsatadi. Biroq DNK ham RNK ham polimerlar RNKning  monomerlari 
DNKniki singari nukleotidlardir. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə