Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Organizmda modda almashinuvi to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169
biologiya

5.1. Organizmda modda almashinuvi to‘g‘risida tushuncha 
Moddalar  almashinuvi
,  metabolizm  –  tirik  organizmlarning  o‘sishi,  hayot 
faoliyati,  ko‘payishi,  tashqi  muhit  bilan  munosabatlarini  doimiy  ta'minlaydigan 
kimyoviy  o‘zgarishlar  majmui.  Moddalar  almashinuvi  tufayli  hujayra  tarkibiga 
kiradigan  molekulalar  parchalanadi  va  sintezlanadi,  hujayra  strukturalari  va 
hujayralararo moddalar hosil bo‘ladi, yemirladi va yangilanadi. Masalan, Odamda 
barcha to‘qima oqsillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil 
bo‘ladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, mushak oqsillari 
180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi. 
Moddalar  almashinuvi  energiya  almashinuvi  bilan  chambarchas  bog‘langan 
bo‘lib,  ularni  bir-biridan  ajratib  bo‘lmaydi.  Hujayralarda  sodir  bo‘ladigan 
moddalar  almashinuvi  bilan  energiya  almashinuvi  biologik  katalzatorlar  – 
fermentlar  ishtirokida  amalga  oshadi.  Energiya  almashinuvida  murakkab  organik 
molekulalardagi  kimyoviy bog‘lar  shaklida  mavjud  bo‘ladigan  potensial  energiya 
kimyoviy  o‘zgarishlar  tufayli  hujayra  strukturasi  va  faoliyatini,  tana  haroratini 
saqlab  turish,  ish  bajarish  va  boshqa(lar)  jarayonlar  uchun  sarf  bo‘ladigan 
energiyaga aylanadi. 
Moddalar  almashinuvi  hujayrada  bir  vaqtning  o‘zida  kechadigan  va  o‘zaro 
bog‘lik  bo‘lgan  ikki  jarayon  –  anabolizm  va  katabolizmlan  iborat.  Katabalizm 
jarayonlarda  murakkab  molekulalar  oddiy  molekulalarga  parchalanib,  ko‘p 
miqdorda  energiya  ajraladi.  Bu  energiya  maxsus  kimyoviy  energiyaga  boy 
makroergik  bog‘lar,  asosan,  adenozitrifosfat  kislota  (ATF)  va  boshqa(lar) 
molekulalar  shaklida  jamg‘ariladi.  Katabolik  o‘zgarishlar,  odatda,  gidrolitik  va 
oksidlanish  reaksiyalari  natijasida  amalga  oshadi.  Bu  reaksiyalar  kislorodsiz 
(anaerob  yo‘l  –  glikoliz,  bijg‘ish)  hamda  kislorod  ishtirokida  (aerob  yo‘l  –  nafas 
olish)  sodir  bo‘ladi.  Ikkinchi  yo‘l  evolyusion  nuqtai  nazardan  ancha  yosh  va 
energetik  jihatdan  ancha  samarali  bo‘lib,  unda  organik  moddalar  S0
2
  va  suvgacha 
to‘liq parchalanadi. 
Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; katabolik 
o‘zgarishlarning  oxirgi  bosqichi  anabolizmning  boshlang‘ich  reaksiyalari 


 
 
hisoblanadi.  Biroq  moddalar  almashinuvining  anabolitik  va  katabolitik  yo‘llari 
o‘zaro mos kelmaydi. Masalan, glikogenning latat kislotagacha parchalanishida 12 
ta  ferment  ishtirok  etib,  ularning  har  biri  bu  jarayonning  alohida  bosqichini 
katalizlaydi.  Glikogenning  laktat  kislotadan  hosil  bo‘lishi  jarayoni  esa  9  ta 
fermentativ reaksiyalardan iborat bo‘lib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi 
hisoblanadi.  Xuddi  shunga  o‘xshash  oqsillar  bilan  aminokislotalar  yoki  yog‘lar 
bilan  faollashgan  atsetat  kislota  o‘rtasida  kechadigan  anabolik  va  katabolik 
reaksiyalar  ham  o‘zaro  mos  kelmaydi.  Moddalar  almashinuvining  reaksiyalari 
hujayraning ma'lum qismlari – kopartamentlarda amalga oshadi. Masalan, glikoliz 
jarayoni 
hujayra 
sitoplazmasida, 
gidrolitik 
parchalanish 
reaksiyalari 
– 
lizosomalarda,  lpidlarning  hosil  bo‘lishi  silliq  endoplazmatik  to‘rda,  oqsillar 
biosintezi  ribosomalada  ro‘y  beradi.  Moddalar  almashinuvining  umumiy 
bosqichlari  bir-biri  bilan  doimo  bog‘langan  bo‘ladi.  Moddalar  almashinuvining 
asosiy oraliq moddasi piruvat kislota karbonsuvlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi 
reaksiyalarini o‘zaro bog‘lab turadi. 
Barcha  tirik  organizmlar  uchun  xos  bo‘lgan  hujayra  darajasidagi  moddalar 
almashinuvi,  asosan,  bir  xil  usulda  boshqariladi.  Bunda  biokimyoviy 
jarayonlarning  jadalligi  va  yo‘naltirilganlgi  fermentlar  faolligiga  ta'sir  ko‘rsatish, 
ularning  hosil  bo‘lishi  yoki  parchalanishini  boshqarish  orqali  amalga  oshadi. 
Yuksak  darajada  rivojlangan  organizmlarda  moddalar  almashinuvi  ko‘shimcha 
boshqaruv  mexanizmlariga  ega.  Moddalar  almashinuvi  nerv  tizimi  orqali  va 
gormonal  yo‘l  bilan  ham  boshqarib  tuziladi.(
ўсимлик  х.ралари  хақида  мисол 
келтириш) 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə