Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
biologiya

5.3. Oqsillar biosintezi 
Oqsillar  (proteinlar)  aminokislotalardan  tashkil  topgan  yuqori  malekulali 
organik moddadir. Ular organizm hayotida muhim rol' o‘ynab ularning tuzilishida, 
taraqqiyotida  va  modda  almashinish  jarayonida  aktiv  rol'  o‘ynaydilar.  Oqsillar 
tarkibiga 20 ta aminokislotalar kiradi. 
Oqsillar  barcha  tirik  organizmlar  -  bir  hujayrali  suv  o‘simliklar  va 
bakteriyalar, ko‘p hujayrali o‘simliklar va hayvonlar, odam organizmi hujayralari, 
tirik  organizm  bilan  o‘lik  tabiat  chegarasida  turgan  viruslarning  ham  ajralmas 
tarkibiy  qismidir.  Oqsillarning  yagona  bir  klassifikatsiyasi  yo‘q.  Oqsillar 
molekulalarining  shakliga  ko‘ra  fibrilyar  va  globulyar  oqsillarga  bo‘linadi. 
Bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra  strukturali,  tezlatuvchi  (fermentlar),  transport 
(gemoglabin,  seruoplazmin)  regulyator  (ba'zi  bir  garmonlar)ga  bo’linadi.  Ximoya 
qiluvchilar  antitelilar,  toksinlar  tarkibiga  ko‘ra  oddiy  va  murakkab  oqsillarga 


 
 
bo‘linadi.  Fibrilyar  oqsillar  suv  va  tuz  eritmalarida  erimaydi  va  uzun  ip  shaklida 
bo‘lib, soch, teri va jun keratini yoki pay va bog‘lovchi to‘qima kollogen tarkibida 
uchraydi.  Globulyar  oqsillarning  malekulasi  dumaloq  yoki  sferik  shaklida  bo‘lib, 
ular  suv  va  kuchsiz  tuz  eritmalarida  oson  eriydi.  Globulyar  oqsillar  tuxum  oqida, 
qon zardobi al'bumida yoki kizil qon tanachalari gemoglabin tarkibida bo‘ladi. 
Organizmda  barcha  hayotiy  jarayonlarni  tezlatuvchi  biokatalizatorlar  - 
fermentlar oqsil moddalardir. Ko‘p garmonlar masalan insulin, gipofiz garmonlari, 
organizmning immunologik xossalarini ta'minlovchi - antitelolar, hayvon toksinlari 
masalan ilon zahari ham oqsil moddalardir. Oqsillar gidrolizlanganda asosan 20 ta 
al'fa - aminokislotaga aylanadi. Ularning umumiy formulasi kuyidagicha: 
Ya-SN-SOON 

NH

Tabiatda 
uchraydigan 
oqsillarning 
cheksiz 
soni 
va 
xillari 
shu 
aminokislotalarning turli nisbatda va tartibda peptid bog‘ - 
S - N 
                                                                                                II I 
                                                                                                  O N 
hosil kilib, o‘zaro birikishidan kelib chikadi. Peptid bog‘i ikki aminokislota, biri  - 
SOON  va  ikkinchisi  N
2
  gruppasi  orqali  bir  molekula  suv  ajratib  birikishidan 
tuziladi.  Hosil  bo‘lgan  birikma  -  peptid  uzun  yoki  kalta  bo‘lishi  mumkin.  Aksari 
oqsillar  tarkibiga  kiradigan  aminokislota  koldiklarining  soni  100  dan  kam  emas. 
Ular  oqsil  tarkibida  qat'iy  tartibda  birin  -  ketin  joylashib  oqsil  molekulasining 
polipeptid zanjirini, ya'ni barkaror birlamchi strukturasini tashkil qiladi. Juda ko‘p 
aminokislotalardan  tuzilgan  uzun  polipeptid  zanjirning  turli  kismlari  o‘zaro 
bog‘lanishi  tufayli  oqsil  molekulasining  yuksak  tashkiliy  shakllari,  ikkilamchi, 
uchlamchi va to‘rtlamchi tizimlari hosil bo‘ladi. 
Oqsillar  katta  molekulali  birikma,  ularning  molekula  og‘irliklari  10000  dan 
bir necha o‘n milliongacha teng. 
Oqsil  molekulasida  juda  ko‘p  va  xilma-xil  kimyoviy aktiv  guruhlar  mavjud, 
oqsilda  ishqor  xususiyatli  va  kislota  xususiyatli  SOON  guruhlar  mavjud 


 
 
bo‘lganidan  ularda  kislota  va  ishkor  xususiyatlari  bor.  Asosan  ana  shu 
guruhlarning  dissotsiatsiyasi  natijasida  molekulalarning  yuzasi  musbat  (+)  va 
manfiy (-) elektr zaryadlariga ega. 
Faqat  aminokislotalardan  tashkil  topgan  oqsillar  oddiy  oqsillar  deyiladi. 
Bundan  tashqari  oddiy  oqsillarning  oqsil  bo‘lmagan  boshqa  moddalar  bilan 
birikishidan  hosil  bo‘lgan  murakkab  yoki  kon'yugatsiyalangan  oqsillar  ham 
bo‘ladi.  Bular  jumlasiga  oddiy  oqsillarning  uglevodlar  bilan  qo‘shilishidan  kelib 
chiqqan  -  glikoproteidlar,  yog‘  kislotalari,  xolesterin  va  fosfolipidlar  tutadigan 
lipoproteidlar,  tarkibida  temir  kompleksi  -  gem  tutuvchi  gemoglabin  va  bir  qator 
oksidlovchi 
fermentlar 
kabi 
gemproteidlar, 
nuklein 
kislotalar 
tutuvchi 
nukleoproteidlar  kiradi.  Oqsil  tizimining  o‘rganilishi  ularni  (masalan  insulin) 
sintez qilish imkonini yaratdi. 
Oqsillar  tarkibiga  azot,  uglerod,  vodorod,  kislorod,  oltingugurt  va  ba'zan 
fosfor kiradi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə