Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169
biologiya

Mikronaychalar
  –  silindrsimon  diametri  24  nm  bo‘lgan  tuzilma  bo‘lib, 
sitoskelet  va  boshqa  organoid  (sentriola,  kiprikchalar  va  xivchinlar)ning  asosiy 
struktur  birligi  hisoblanadi.  Tubulin  oqsilidan  tuzilgan.  Mikronaychalar  doimiy 
tuzilmalar emas. Ular tarkibidagi tubulin oqsili molekulalari parchalanib ketishi va 
qayta yig‘ilishi mumkin.  


 
 
Yadro 
Yadro  –  genetik  axborotni  saqlash,  uzatish,  uni  ko‘payishini  va  oqsil 
biosintezini  ta'minlaydi.  Irsiy  axborotni  saqlanishi  va  tutib  turilishi  uning 
almashtirib  bo‘lmaydigan  strukturasi  DNK,  ya'ni  hujayra  bo‘linish  oldidan  ikki 
hissa  ortuvchi  tuzilma  bilan  bog‘liq  (replikatsiya).  Yadro  ichida  DNK 
molekulalarida  informatsion,  transport  va  ribosomal  RNK  transkripsiya  va  sintezi 
bo‘lib  o‘tadi.  Yadro  ichida  yadrochada  hosil  bo‘lgan  rRNK  va  sitoplazmadagi 
ribosomalar  tomonidan  sintez  qilingan  va  yadroga  o‘tgan  oqsildan  ribosoma 
subbirliklari hosil bo‘ladi.  
Interfazada  yadro  xromatin,  karioplazma,  yadrocha  va  yadro  qobig‘idan 
iborat  bo‘ladi.  Xromatin  hromasomasining  interfazadagi  holati,  u  to‘rsimon 
despirallashgan  holatda  –  euxromatin  yoki  spirallashgan  zichlashgan  holati  – 
geteroxromatin  bo‘ladi.  Euxromatin  qismida  hujayra  oqsil  biosinteziga  yo‘nalgan 
transkripsiya  va  reduplikatsiya  jarayonlari  kechadi.  Spirallashgan  (zichlashgan) 
xromatin  sintetik  funksiyalarni  bajarmaydi.  Xromatinning  tarkibida  DNK  (40%),  
gistonli  oqsil  (~60%)  va    RNK  (1%)  mavjud.  DNK  irsiy  axborotni  kodlovchi 
to‘rtta azot asosidan iborat, ular – adenin, guanin, sitozin, timin. Gistonlar lizin va 
arginin  aminokislotalariga  boy  ishqoriy  muhitga  ega  oqsillardir.  Ular  butun  DNK 
ipi  uzunligi  bo‘yicha  bloklar  holatida  joylashgan.  Har  bir  blokda  DNK  bilan 
nukleosoma hosil qiluvchi 8 tadan giston joylashgan. Yadroning nogiston oqsillari 
yadroda to‘r xosil qilib, yadroning oqsilli matriksini hosil qiladi. Bundan tashqari,  
yadroda RNP (ribonukleoproteid) oqsillari bilan birikkan iRNK ni o‘zida tutuvchi 
perixromatinli  fibrillalar,  perixromatinli  va  interxromatinli  donalar  (granulalar) 
mavjud. 
Yadrocha. 
Odatda  yadro  bazofil  bo‘yaluvchi  1-4  yadrocha  tutadi.  DNK 
ning yadro hosil qiluvchi qismlarida rRNK sintezlanib, bu RNK yadrocha sohasida 
oqsil  bilan  o‘raladi  va  ribosoma  subbirliklari  hosil  bo‘ladi.  Ular  yadrochadan 
chiqib,  sitoplazmadagi  oqsil  sintezida  ishtirok  etadi.  Elektron  mikroskopik 
tadqiqotlar yadrocha 2 ta komponentdan: donador (periferik qismida) va fibrilladan 
(markaziy qismidan) iborat ekanligini ko‘rsatdi.  


 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə