Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169
biologiya

Membranasiz organellalar 
Hujayra markazi 
Hozirgi  vaqtda  hujayra  markazi  deb  nomlanuvchi  tuzilmani  1875  –  yili 
Gertvig  ochgan.  Hujayra  markazi  hamma  hayvon  hujayralarida  topilgan  bo‘lib, 
faqatgina  tuxum  hujayrasida  yetilish  davrida  yo‘qoladi.  Hujayra  markazi  2  ta 
sentriola  va  sentrosferadan  iborat.  Sentriola  silindrsimon  tanacha  bo‘lib,  uzunligi 
0,3-0,6  mkm,  diametri  0,1-0,15  mkm.  Sentriola  devori  9  ta  triplet 
mikronaychalaridan  tashkil  topgan.  Triplet  3  ta  A,V,S  mikronaychadan  iborat.  A- 
mikronaycha  13  globulyar  subbirlikdan,  V  va  S  mikronaychalar  11  globulyar 
subbirlikdan 
tashkil 
topgan. 
Sentriolada 
mikronaychalardan 
tashqari 
mikronaychalararo  markazga  boruvchi  yon  o‘siqchalar  ham  bo‘ladi.  Sentriolalar 
juft  bo‘lib,  qiz  sentriola  ona  sentriolaga  perpendikulyar  joylashadi.  Hujayra 
bo‘linish davrida sentriola bo‘linmaydi, balki soni ortadi. Hujayra markazi mitotik 
apparatni,  shu  jumladan  dukchani  va  yulduzchani  hosil  qilishda  ishtirok  etadi. 
Fibrilla, kiprikcha va mikronaychalar hujayra markazidan hosil bo‘ladi.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə