Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
biologiya

Goldji kompleksi 
1898  yilda  Kamillo  Goldji  kumush  tuzi  bilan  bo‘yash  usulini  ishlatib, 
hujayra  sitoplazmasida  to‘rsimon  tuzilmani  aniqladi,  keyinchalik  bu  tuzilma 


 
 
“Goldji kompleksi” deb ataldi. Goldji kompleksi uch qismdan iborat: 
1.
 
Yassi  sisternalar  sistemasi  –  silliq  membranalar  bilan  chegaralangan.  Yassi 
sisternalar  ko‘pincha  5-10  ta  bo‘lib,  bir-biriga  yaqin  yotadi.  Sisterna 
membranalari markazda bir-biriga yaqin, periferik qismida esa ampulasimon 
kengaygan bo‘ladi. Yaqin sisternalar orasidagi masofa 140-150 Å. 
2.
 
Mayda 
mikropufakchalar 
– 
sisternalar 
oxirida 
joylashadi. 
Mikropufakchalarning  diametri  300-500  Å  bo‘lib,  zich  granulalar 
shaklidadir.  
3.
 
Yirik  vakuolalar  ham  sisternalar  va  mikropufakchalar  singari  membranalar 
bilan  o‘ralgan.  Vakuolalar  kattaligi  0,2-0,3  mkm  va  ko‘pincha  ular  yassi 
sisterna  bog‘lamlarining  o‘rta  qismida,  sisternalar  orasida  va  tashqarisida 
yotadi.  
 
Goldji  kompleksi  membranalari  oddiy  biologik  membranadan  iborat  va  har 
xil  qismlari  bir-biridan  hosil  bo‘lishi  mumkin.  Mikropufakchalar  yassi 
sisternalarning  oxirgi  qismlaridan,  yirik  vakuolalar  esa  sisternalar  kengayishidan 
hosil  bo‘ladi.  Ba'zi  ma'lumotlarda  keltirilishi  bo‘yicha  mayda  pufakchalar 
endoplazmatik to‘rga o‘tish qismlaridan hosil bo‘ladi.  
Funksional  faolligiga  ko‘ra  hujayra  Goldji kompleksining  taraqqiy  etganlik 
darajasi  turli  hujayralarda  turlichadir.  Goldji  kompleksi  ko‘pincha  ishlamayotgan, 
ixtisoslashmagan  hujayralarda  kuchsiz  rivojlangan.  U  yadro  atrofida  yoki  hujayra 
markazi  atrofida  joylashadi.  Endoplazmatik  to‘rda  sintezlangan  moddalar  Goldji 
apparati  bo‘shlig‘iga  o‘tadi.  U  joyda  konsentratsiyalanib,  ma'lum  shaklga  kirib 
tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o‘zida sarflanadi. Goldji 
kompleksi,  shuningdek  lizosomalar  va  hujayra  membranalarini  hosil  qilishda 
qatnashadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə