Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169
biologiya

Endoplazmatik to‘r 
Birinchi  marta  K.Porter  tomonidan  aniqlangan  (1945  yil).  Endoplazmatik 
to‘r  (EPT)  membranasida  ribosomalar  bo‘lishiga  qarab  donador  va  silliq 
endoplazmatik  to‘r  farq  qilinadi.  EPT  hujayra  ichi  kanalchalar  sistemasidan, 
vakuolalar  va  sisternalardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  devori  elementar  biologik 


 
 
membrana  bilan  o‘ralgan.  Ular  o‘zaro  birlashib,  murakkab  to‘r  sistemasini  hosil 
qiladi.  EPT  bo‘shlig‘i  gomogen  kam  elektron  zichlikdagi  modda  tutadi.  EPT 
yetilgan  eritrotsitlardan  tashqari  hamma  hayvon  hujayralarida  topilgan.  EPT  ning 
tuzilishi takomil darajasi turlicha bo‘lgan hujayralarda har xil bo‘ladi.  
Donador 
EPT 
membranasining 
tashqi 
qismida 
ribosomalar 
(ribonukleoproteid  donachalar)  bo‘ladi.  Ribonukleoproteid  donachalari  membrana 
yuzasida  rozetka  yoki  spiral  shaklida  to‘planmalar  hosil  qiladi.  Sitoplazmada 
ribosomalar  alohida  to‘plangan  polisomalar  holatida  ham  bo‘lishi  mumkin. 
Polisomalarda asosan hujayraning o‘z faoliyatida sarflanadigan oqsillar, EPT bilan 
bog‘liq  ribosomalarda  esa  hujayraning  o‘z  faoliyatida  sarflanadigan  oqsillar 
sintezlanadi.  Donador  EPT  oqsilga  boy  sekret  ishlab  chiqaruvchi  hujayralarda 
yaxshi  rivojlangan,  masalan,  me'da  osti  bezi  atsinar  hujayralari,  plazmatik 
hujayralar, jigar, nerv hujayralari va boshqalar. Spermatozoid, buyrak kanalchalari 
hujayralarida,  leykotsit,  ichak  kriptasi  epiteliy  hujayralarida  donador  EPT  kuchsiz 
rivojlangan.  Donador  EPT  da  sintezlangan  oqsillar  uglevod  birikmalari  bilan 
qo‘shilib  modifikatsiyaga  uchrashi  mumkin.  Shu  bilan  birga  sintezlangan  oqsillar 
konsentratsiyalanib,  yirik  sekretor  donachalar  shakllanishi  mumkin  (masalan, 
me'da  osti  bezida).  Donador  EPT  hujayra  membranasi  shakllanishida  va  barcha 
membrana oqsillari sintezida  ishtirok etadi. Lipoproteid to‘plamlarini  hosil qiladi. 
EPR membranasida fosfolipid sintezida qatnashuvchi fermentlar joylashgan.  
Odatda  silliq  EPT  hujayrada  alohida  zona  yoki  tutam  holatida  joylashadi. 
Vakuola  va  kanalchalar  diametri  50-100  nm.  Ba'zan  silliq  va  donador  EPT  ning 
bir-biriga  o‘tish  sohalarini  ko‘rish  mumkin.  Silliq  EPT  donador  EPT  dan  yoki 
plazmatik  membranadan  hosil  bo‘ladi  deb  hisoblanadi.  Lekin  bunga  qaramasdan 
silliq va donador EPT ning vazifalari turlichadir. Silliq EPT lipidlar, polisaxaridlar 
va steroidlar metabolizmida ishtirok etadi. Jigar, buyrak usti bezi va urug‘donning 
interstitsial hujayralarida ko‘p miqdorda uchraydi. Jigar hujayralaridagi silliq EPT 
turli  tashqi  ekzogen  kimyoviy  moddalar  metabolizmida,  dori  moddalarning 
detoksikatsiya  jarayonlarida  ishtirok  etadi.  Ko‘ndalang-targ‘il  mushak 
hujayralaridagi  silliq  EPT  muskullar  qisqarishini  ta'minlovchi  Ca
+2 
ionlarini 


 
 
yotkazib berad va miofibrillalar atrofini o‘rab turadi.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə