Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

MA’RUZA MATNLARI


1-MAVZU. ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI TA’LIMNING
UMUMIY MASALALARI.
Reja:
1. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” pedagogik fan sifatida.
2. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanining obyekti.
3. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanining predmeti.
4. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanining shakllanishi.
5. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanining rivojlanishi va hozirgi ahvoli.
Tayanch tushunchalar:
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanining obyekti, predmeti, zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimi, Ona tili va o‘qish savodxonligi fanining shakllanishi, «Usuli savtiya» maktabi, ifodali o‘qish, «izohli o‘quv» ta’limi, dastur, darslik, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil, suhbat, kuzatish, o‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishlarini tahlil qilish, ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, kasbiy tayyorgarlik, umumpedagogik yo‘nalish, xususiy - metodik yo‘nalish, metodbirlashma, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi.
«Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari. « Ona tili va o‘qish savodxonligi » pedagogik sikldagi fan sifatida o‘zining ilmiy tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.
Ona tili ta’limining samaradorligini oshirish, o‘quvchini ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bilishning qulay yo‘llarini aniqlash, ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish singarilar bu fanning ilmiy tadqiqot obyektidir.
«Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanining predmeti esa maktabda ona tili o‘qitish jarayonidir. Bu jarayon:
a) ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan zaruriy bilimlar silsilasi;
b) shu bilimlarga muvofiq keladigan ko‘nikma va malakalar tizimi;
v) ijodiy faoliyat usullari;
g) o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga qamrab oladi.
Ona tilidan zaruriy bilimlar silsilasi bu bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan va o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan til materiallari–tushunchalar, qoidalar, ta’riflar, o‘quv topshiriqlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Zaruriy malaka va ko‘nikmalar tizimi deganda egallangan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llashga qaratilgan harakat va bu harakatlarning odatga aylanishi tushuniladi.
Ijodiy faoliyat usullari til hodisalarini guruhlash, ularni qiyoslash asosida o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘qituvchi faoliyati til materiallarini tanlash va uni o‘quvchiga berish usullaridan tortib, ularning o‘quv mehnatini tashkil etish, egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni baholashga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchi faoliyati deyilganda egallangan bilimlarni ularga tanish va notanish sharoitlarda qo‘llash, shu asosda malaka va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan harakatlar yig‘indisi tushuniladi.
Ona tili ta’limi jarayonida bilim oluvchi (o‘quvchi) va bilim beruvchi (o‘qituvchi) faoliyatlari o‘zaro qo‘shilib, bir butunlik hosil qiladi.
«O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi» fani o‘zbek filologiyasi bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Ona tili» o‘quv fanidan dars beradigan o‘qituvchilarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha tayanch, bazaviy bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Oliy o‘quv yurtlarining yuqorida tilga olingan har ikki ixtisosligida «O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi»ni o‘rganishning zaruriyati maktab ta’lim tizimida ona tili fanining tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Modomiki, umumiy o‘rta ta’lim tizimida «Ona tili» o‘quv fani sifatida asosiy va markaziy o‘rinni egallar ekan, o‘z-o‘zidan ravshanki, malakali ona tili o‘qituvchilarini tayyorlash hayotiy zaruriyatdir.
«O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi» kursi quyidagi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi:
  • talabalarni o‘zbek tilini o‘qitish metodikasining tarixi bilan tanishtirish;


  • «Ona tili» dasturlari va darsliklarining tarixiy taraqqiyot yo‘li xususida ma’lumot berish;


  • O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida maktab ona tili ta’limining maqsadi, mazmuni va usulini yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan bo‘lajak o‘qituvchilarni xabardor qilish;


  • ona tili ta’limi o‘quvchilarda mustaqillik, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish asosi ekanligini tushuntirish;


  • ona tilining har bir sathi doirasida o‘quvchilarga beriladigan zaruriy bilim, egallanadigan malaka va ko‘nikmalar majmuasi bilan tanishtirish;


  • o‘quvchini dars jarayonining subyektiga aylantiradigan eng qulay va samarali yo‘llaridan foydalanishga o‘rgatish;


  • ona tilidan olingan bilim, hosil qilingan malaka va ko‘nikmalarning natijasini reyting tizimida baholash yo‘llarini o‘rgatish;


  • ona tilidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tizimi bilan tanishtirish.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə