Nigmatov X


Buyruqlarning formatlari va xillari



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

Buyruqlarning formatlari va xillari
. Buyruq – 
amal kodi, ushbu amalda 
qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga 
yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan
 
iborat bo‘ladi [3,10,18]. 1.16-rasmda 
buyruqlar to‘plami sathiga oid buyruqlar formatlarining bir nechta xillari keltirilgan. 
1.16-rasm. Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili. 
a
) adressiz buyruq;
b
) bir adresli buyruq;
 v
) ikki adresli buyruq;
g
) uch adresli buyruq. 
Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda 
bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan 
xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin. 
MOVE R1, 4
– bir adresli buyruq;
ADD R1, R2
– ikki adresli buyruq. 
Buyruqlarning xillari: 
1. Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari – 
LOAD, STORE, MOVE
(1.3-
jadval). 


36 
2. Ikkita operandalar ustida amallar bajarish buyruqlari - 
ADD, SUB, AND, OR
 
(1.4-jadval).
3. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - 
INC, DEC, NOT, RL

4. Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari -
CMP

5. Dastur osti dasturlarini (rus tilida – podprogramma) chaqirish buyruqlari - 
CALL
(1.5-jadval). 
6. Sikllarni boshqarish buyruqlari. 
7. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari 
– IN, OUT

1.3-jadval. Pentium 4 protsessorining ko‘chirib yozish buyruqlari. 
 
Adreslash. Boshqarish oqimi va uzilishlar. 
Ko‘pgina buyruqlar joylashgan 
o‘rinlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan 
operandalar
bilan ishlaydi. Operandaning 
joylashgan o‘rnini ko‘rsatish 
adreslash
deb ataladi. Adreslashning quyidagi xillari 
yoki rejimlari (1.6-rasm) mavjud: 
1.Bevosita adreslash rejimi. 
2.To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash rejimi. 
3.Registrlar yordamida adreslash rejimi. 
4.Registrlar yordamida bilvosita adreslash rejimi. 
 
5.Indeksli adreslash rejimi. 
6.Nisbiy indeksli adreslash rejimi. 
7.Stekli adreslash rejimi. 
1.4-jadval. Pentium 4 protsessorining arifmetik buyruqlari. 


37 
1.5-jadval. Pentium 4 protsessorining boshqarishni uzatish buyruqlari. 
1.6-jadval. Adreslash rejimlarini taqqoslash. 


38 
Dasturni ishlashi davomida undagi buyruqlarning bajarilish ketma-ketligi 

boshqarish oqimi
deb ataladi. O‘tishlar va dastur osti dasturlarini chaqirishlar 
bo‘lmasa, buyruqlar xotiraning 
ketma-ket yacheykalaridan
chaqirib olinib 
bajariladilar. Quyidagi misolda Pentium 4 assemblerida I
2
+J
2
+K

ifodani hisoblash 
dasturi keltirilgan. Undagi buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan chaqirib 
olinib bajariladi. 
Ushbu misollarda esa shartli o‘tish va dastur osti dasturlarini chaqirish 
operatorlariga ega dasturlar keltirilgan. 


39 
Agar asosiy dasturni ishlashi davomida boshqa bir dastur, ya’ni dastur osti 
dasturi chaqiriladigan bo‘lsa – 
uzilish
(rus tilida – prerыvanie) sodir bo‘ladi. Bunda 
asosiy dasturning buyruqlarini xotiradan ketma-ket chaqirish to‘xtatilib, yangi ishga 
tushirilgan dasturni – 
dastur osti dasturini
(rus tilida – podprogramma) bajarish 
yo‘lga qo‘yiladi (1.17-rasm). Dastur osti dasturi ishlab bo‘lgandan so‘ng esa, asosiy 


40 
dasturga qaytiladi va avvalgi ketma-ketlik to‘xtatilgan joyidan boshlab bajarilishi 
yo‘lga quyiladi. 
1.17-rasm. Asosiy dasturni ishlashi: 
a
) uzilishlarsiz; 
b
) uzilishlar bilan. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə