Nodavlat tashkilotlari



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#133091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sanjar tarix

4. Kasaba uyushmalari


Kasaba uyushmalari - ko`ngilli jamoat tashkiloti bo`lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o`z a'zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog`langan mehnatkashlarni birlashtiradi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasiga binoan, kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a'zo bo`lish ixtiyoriydir.
Kasaba uyushmalarining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonun7i bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunga binoan, mehnatkashlar, shuningdek, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ta'lim olayotgan shaxslar hech qanday tafovutsiz o`z xohishlariga ko`ra va oldindan ijozat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tuzish huquqiga, shuningdek, ustavlarga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.
Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida kasaba uyushmalari tuzishga haqlidirlar.
Ishlamaydigan pensionerlarning kasaba uyushmasi a'zoligiga kirish yoki undan chiqish tartibi kasaba uyushmalarining ustavlari bilan yo`lga solib boriladi.
Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika va boshqa hududiy hamda tarmoq birlashmalari tuzishlari, shuningdek, ularga kirishlari mumkin.
Kasaba uyushmalarining ustavlari «O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ro`yxatga olinadi.
Barcha kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadilar.
Kasaba uyushmalari o`z faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xo`jalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga to`sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi.
Kasaba uyushmalari o`z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o`z xohishiga ko`ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonunlarda kafolat berilgan mehnat, ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari biron bir tarzda kamsitilishiga sabab bo`lmaydi. Mehnatkashlarni ishga qabul qilish, xizmat pog`onalariga ko`tarish, shuningdek, ishdan bo`shatish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirish yoki undan chiqishni shart qilib qo`yish taqiqlanadi.
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonunga binoan kasaba uyushmalari faoliyatini to`xtatish:

  1. uning a'zolari qarori asosida ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

  2. ularning faoliyati O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo`lgan hollarda, bu faoliyat O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanishi mumkin.

Kasaba uyushmalari faoliyatini boshqa biron bir idoraning qarori bilan taqiqlashga yo`l qo`yilmaydi.
O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlari ishlab chiqishda qatnashish huquqiga egadir.
O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid normativ hujjatlar qabul qilish to`g`risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruvi, xo`jalik va kooperativ idoralariga taqdim etishga haqlidir.
Davlat boshqaruvi va xo`jalik idoralari mehnatkashlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashini kamida bir hafta oldin xabardor etgan holda qabul qiladilar.
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonunga binoan kasaba uyushmalari:

  1. o`z a'zolarining mehnat qilish huquqini himoya etadilar;

  2. aholini ish bilan ta'minlash davlat siyosati ishlab chiqilishida qatnashadilar;

  3. korxonalarda ishdan holi etib olinadigan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qonunlar asosida jamoa shartnomasida belgilab qo`yiladigan choralarini taklif etadilar.

  4. aholini ish bilan ta'minlashning ahvolini va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib boradilar;

  5. ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bilan jamoa muzokaralari olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda ustivor huquqqa egadirlar, ularning bajarilishini nazorat qiladilar;

  6. mehnat sharoiti va mehnatga haq to`lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta'minlashga, mehnatkashlarning uy-joy sharoitiga, ularni ijtimoiy sug`urtaga, ularni sog`liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini, pensiya ta'minoti sohasidagi huquqlarini himoya qiladilar;

  7. o`z vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o`zgarishiga qarab tovon to`lash miqdorini aniqlashda qatnashadilar, qonunda belgilab qo`yilgan kun kechirishning eng past darajasiga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar;

  8. ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi mehnat va kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradilar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqlidirlar;

  9. mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, da'vo ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar;

  10. kasaba uyushmasi a'zosi bilan ma'muriyat o`rtasida paydo bo`lgan yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko`rib chiqadi va ular yuzasidan qonunlarga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladilar;

  11. mehnatga doir amaldagi qonunlarning jamoa shartnomasi, bitimi shartlarining buzilishi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini o`zgartirish bilan bog`liq masalalarga doir jamoa mehnat nizolarini ko`rib chiqishda qatnashadilar;

  12. ma'muriyatdan, shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralaridan mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog`liq masalalar yuzasidan belgilab qo`yilgan statistika hisoboti doirasida bepul ma'lumotlar olishga haqlidirlar;

  13. ma'muriyat jamoa shartnomasi shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ana shu qoidabuzarlikni bartaraf etish to`g`risida ma'muriyatga taqdimnoma kiritishga haqlidir;

  14. O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aholining ko`chib yurishi, ish bilan ta'minlanishi, mehnat, narx-navo belgilash va ijtimoiy ta'minot masalalariga doir davlatlararo bitimlar tuzilishida, xalq deputatligiga nomzodlar ko`rsatilishda, saylov mavsumida ularni qo`llab-quvvatlashda ishtirok etishlari mumkin.

Davlat va xo`jalik idoralarining ma'muriyati, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishlari, ularning faoliyat ko`rsatishlariga ko`maklashishlari shart. Bu idoralar va shaxslar, kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. Davlat va xo`jalik idoralarining ma'muriyati jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining vakillari shu kasaba uyushmasi a'zolari ishlayotgan korxonalarga ustavda belgilangan vazifalarni va qonunlarda belgilab qo`yilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishlariga to`sqinlik qilishga haqli emas.
Kasaba uyushmalari va ularning idoralari qonunlarga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadilar.
Kasaba uyushmalari mulkka egalik huquqi asosida o`zlariga qarashli bo`lgan mol-mulk va pullarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar. Kasaba uyushmalari davlat, xo`jalik, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar, o`z navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar.
Kasaba uyushmasi budjeti mablag`ining manbalari, mablag`ni shakllantirish va undan foydalanish tartibi kasaba uyushmalari ustavida belgilab beriladi.
Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning o`z ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalariga qarashli korxonalar va tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablag` miqdori va to`lagan soliq miqdori davlat moliya idoralari va soliq inspeksiyalari tomonidan qonunlarga muvofiq ravishda nazorat qilinadi.
Kasaba uyushmalari o`z ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ravishda belgilab qo`yilgan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, kasaba uyushmalarining banklarini, sug`urta va aksionerlik jamiyatlarini, qo`shma tijorat korxonalarini barpo etish, noshirlik faoliyati bilan shug`ullanish, turli fondlar tuzish huquqiga egadirlar.
Jamoa shartnomasi tuzish chog`ida qabul qilingan qarorga muvofiq korxona kasaba uyushmalariga o`z balansida turgan yoki o`zi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni, shuningdek, dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila a'zolari bilan madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur bo`lgan dam olish maskanlarini, bolalar-o`smirlar lagerlari va boshqa sog`lomlashtirish lagerlarini bepul foydalanish uchun beradi.
Korxona kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun qonunlarda belgilab qo`yilgan miqdorda mablag` o`tkazadi.
Korxonada ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.


Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə