Iste’molchilar huquqini himoyalash asoslari



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü19,98 Kb.
#117598
  1   2
Документ Microsoft Office Word


ISTE’MOLCHILAR HUQUQINI HIMOYALASH ASOSLARI
Reja:
1. Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi.
2. Iste`molchilarning tovar to`g`risida ma`lumot olish huquqi.
3. Iste`molchilarga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish oqibatlari.
4. Iste`molchilaring huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi.
Tayanch iboralar:
Iste`molchi, Iste`molchi huquqi, tovarning sifati, Iste`molchi huquqini himoya qilish, sifatsiz mahsulot chiqarish oqibati.
Iste`molchilarning tovar (ish va xizmat) to`g`risida ma`lumot olish huquqi.
1996 yil 26 aprelda O`zbekiston Respublikasining «Iste`molchilarning huquqlarini himoya kilish to`g`risida»gi qonun qabul kilindi. Xo`sh, ushbu qonunning qabul qilinishidan ko`zlangan asosiy maqsad nimadan iborat? Eng avvalo ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan sotilayotgan tovarlarni normativ hujjatlarga asosan tayyorlanishi, tovarlarning xavfsizligini, ya`ni tovarni iste`mol qilish, undan foydalanish, saqlash, tashash yoki utilizatsiya (tovarni yaroqsiz deb topish) qilinishi, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishda Iste`molchilarning hayoti, sog`ligi yoki mol-mulkiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog`lik xavf-xatarning yo`qligini ta`minlash kabi iste`molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Iste`molchi kim, kimlarni iste`molchi deb hisoblash mumkin. Iste`molchilar – foyda chiqarib olish bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy iste`mol yoki xususiy xo`jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi, yohud shu niyatdagi fuqarolardir. Demak, biz kundaltik hayotimizda ehtiyojimizni qondirish maqsadida, savdo do`konlaridan iste`mol tovarlarni sotib olishimiz bilan Iste`molchi nomini olamiz. Boshqacha qilib aytganda ushbu jarayonni oldi-sotdi shartnomasi deb hisoblash mumkin. «Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun»da belgilangan huquq va majburiyatlarga amal qilmaslik, ayrim sotib olingan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlarning iste`molga yaroqsizligiga e`tibor bermaslik bir qator huquqiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunning IV- moddasida iste`molchilarning asosiy huquqlari berilgan. Ushbu qonunga ko`ra iste`molchilar quyidagi huquqlarga ega:
- tovar va xizmatlar, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi sotuvchi) haqida to`g`ri va to`liq ma`lumot olish.
- Tovar va xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli va xavfsiz bo`lishi, hayoti, mol-mulki ushun xavfi nuqsoni bo`lgan tovar, shuningdek ishlab chiqaruvchining g`ayri-qonuniy harakati yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma`naviy zararning to`liq hajmda qoplanishi, buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so`rab sudga boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Qonunning 6-moddasiga ko`ra ishlab chiqaruvshi (ijrochi sotuvchi) iste`molchiga realizatsiya qilayotgan tovarlar haqida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli ma`lumot berishi shart. Demak, tovar to`g`risidagi ma`lumotlarda quyidagilar ko`rsatilishi lozim:
- tovarning majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bo`lgan normativ hujjatning nomi.
- Tovarning asosiy iste`mol hususiyatlari, shu jumladan o`ziga xos xususiyatlari ro`yxati.
- Bahosi va sotib olish shartlari.
- Ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi, tayyorlovchining kafillik majburiyatlari, tovardan samarali hamda xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari, tovarning xizmat muddati, ushbu xizmat tugagandan keyin iste`molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bulgan oqibatlar to`g`risidagi ma`lumotlar, ishlab chiqaruvchining nomi va mulkchilik shakli, ro`yxatga olish va litsenziya guvohnomasining raqami.
Tovarning sifati. Fuqarolik kodeksining 402-moddasiga ko`ra sotuvchi iste`molchiga sifatli oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Shartnomada tovarning sifati to`g`risidagi shartlar ko`rsatilmaganda sotuvchi iste`molchiga belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo`lgan tovarni topshirishi shart.
Agar iste`molchi shartnoma tuzish paytida sotuvchiga qanday aniq maqsad uchun sotib olinayotganini xabar qilgan bo`lsa sotuvshi iste`molchiga ushbu maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli bo`lgan tovarni topshirishi shart. Bundan tashqari tovar o`z namunasi yoki tarifi bo`yicha sotilganda sotuvchi iste`molchiga namuna yoki tarifga mos keladigan tovarni topshirishi lozim.
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining tovar sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan taqdirda sotuvshi iste`molchiga shartnomada belgilangan muayyan vaqtda yoki kafolat muddatida qonunda nazarda tutilgan talablariga javob beradigan tovarni topshirishi lozim. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa kafolat muddati tovar iste`molchiga topshirilgan paytidan o`ta boshlaydi. Biroq iste`molchiga bog`lik bo`lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo`lsa sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf yetmaguncha kafolat muddatining o`tishi boshlanmaydi.
Fuqarolik Kodeksining 404-moddasiga ko`ra agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa butlovchi buyumning muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o`ta boshlaydi shuni ham hisobga olish kerakki tovar yoki butlovshi buyum almashtirilganda kafolat muddati yangidan o`ta boshlaydi.
Iste`molchilar uchun tovarning sifati uning sifatiga berilgan kafolat muddati bilan bir qatorda tovarning yaroqlik muddati ham muhim kasb etadi. Sotuvchi yaroqlik muddati belgilangan tovarni iste`molchiga shunday mo`ljal bilan topshirishi kerakki toki iste`molchi undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o`z vazifasi bo`yicha foydalanishi mumkin bo`lsin. Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo`lgan davr bilan yoki tovar foydalanishi uchun yaroqli bo`lib turadigan sana bilan belgilanadi. (Fuqarolik kodeksi 406-modda).
Tovarlar to`g`risida noto`g`ri ma`lumot berilganda iste`molchilarning huquqlari. Tovardar to`g`risida noto`g`ri ma`lumot berilishi oqibatida iste`molchi zarur iste`mol xossalariga ega bo`lmagan tovarni sotib olgan bo`lsa u shartnomani bekor etishi va o`ziga yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilishga, xarid qilingan tovardan ko`zlangan maqsadda foydalana olmagan vaziyatda iste`molchi tegishli ma`lumotni oqilona qisqa muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Qonunga binoan ko`pi bilan uch kunlik muddat belgilanadi. Mabodo ma`lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste`molchi shartnomani bekor qilib, zararning undirilishini talab qilishga haqlidir.
Hozirgi kunda raqobatni kuchaytirish maqsadida zo`r berib reklamalar e`lon qilinmoqda. Haqiqatdan ham ular reklamada aytilayotgan xususiyatlarga egami? Afsuski bu holatga hech qaysi iste`molchi e`tibor bermaydi.
Mazkur qonunning 7-moddasining 6-bandida bu haqida shunday deb yozib qo`yilgan: «Noto`g`ri reklama oqibatida sotib olingan tovar tufayli iste`molchiga yetkazilgan zarar ishlab shiqaruvchi tomonidan to`liq hajmda qoplanishi lozim».
Iste`molchining nuqsonli tovar sotilgandagi huquqlari.
Qonunning 13-moddasiga muvofiq, tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul, sifatli tovarga almashtirib berish, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish, tovarning nuqsolarini bepul bartaraf etish yoki iste`molchining yohud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish, shartnomani bekor qilib, qurilgan zararni qoplash kabi talablarni sotuvchiga qo`yish bilan iste`molchilar o`zlarining huquqlarini himoya qila oladilar. Mabodo yuqoridagi holatlar sodir etilgan taqdirda nima kilish mumkin? Iste`molchilarning bu talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovar bo`yicha esa, tegishlicha, rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etganda ko`rib chiqiladi.
Iste`molchiga nuqsonli tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirishi qo`shimcha ravishda tekshirishi zarur bo`lganida esa, iste`molchi talab qo`ygan paytdan e`tiboran 20 kun ichida almashtirib berishi shart.
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo`lmagan takdirda, almashtirib berish xususidagi talab da`vo qilingan paytdan e`tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho`l va olis joylarda esa bu vaqt 2 oydan oshmasligi lozim. Qonunga ko`ra, shu muddatlarning o`tkazilib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi, tovarning almashtirib berilishi bilan birga tovar bahosining 1%i miqdorida iste`molchiga penya to`laydi. Qonunning 17-moddasiga ko`ra, nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirilgan vaqtida uning narxi o`zgargan bo`lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak bo`lgan tovar narxi uning o`rniga berilayotgan tovar narxidan past bo`lsa, iste`molchi narlardagi qo`shimcha narxlarni to`lashi lozim, agar almashtirilishi lozim bo`lgan tovarning narxi uning o`rniga berilayotgan tovar narxidan yuqori bo`lsa, unda iste`molchiga o`rtadagi tovarning farqi qaytariladi. Bunday hisob-kitob chog`ida almashtirilishi kerak bo`lgan tovar narxi olingan taqdirda, uning talab qo`yilgan paytdagi narxi, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytidagi bahosi qo`llaniladi.
Oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinib, tovarning puli qaytarib olinayotganida esa agar tovar narx oshgan bo`lsa, iste`molchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qo`yilgan paytdagi qiymatiga qarab narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.
Iste`molchilarga sifatsiz mahsulot sotish oqibatlari.Tovar uchun to`langan pul summasini iste`molchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan to`liq, qisman foydalanganligi, tovar ko`rinishi yo`qolganligi yoki boshqa shunga o`xshash xolatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo`lsa, shunsha summani ushlab qolishga haqli emas (Fukarolik kodeksi, 434-modda..).
Tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovarni sifati tegishli darajada bo`lgan boshqa tovarga almashtirish shog`ida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish to`g`risidagi qaror chiqarish paytida mavjud bo`lgan tovarning bahosi o`rtasidagi farqni to`lashni talab qilishga haqli emas (Fuqarolik kodeksi 435-modda).
Tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovarni xuddi shunday, biroq o`lchami, andazasi, navi va boshqa belgilari o`zgacha bo`lgan tegishli darajada sifatli tovarni almashtirish chog`ida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada bo`lmagan tovar o`rniga berilayotgan tovarning bahosi o`rtasidagi farq to`lanishi lozim. Agar iste`molchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish to`g`risida qaror chiqargan payt bo`yicha aniqlanadi.
Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish to`g`risida talab qo`yilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish to`g`risida talab qo`yilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo`lsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish to`g`risida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi.
Sotuvchiga sifati tegishli darajada bo`lmagan tovarni qaytarib berish chog`ida iste`molchi chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tovarning bahosi bilan uning talabi ixtiyoriy suratda qondirilgan vaqtdagi, agar talab ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo`lsa, sud qaror chiqargan paytdagi tegishli tovarning bahosi o`rtasidagi farqni to`lashni talab qilishga haqli.

Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə