Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto tizim asoslari. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix17.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
M2 (1)




2-ma’ruza. 
Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto 
tizim asoslari. 
Reja:
1. Kriptografiya va uning asosiy tushunchalari
2. Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari; 
3. Shifrlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlari. 
1. Kriptografiya va uning asosiy tushunchalari. 
Insoniyat taraqqiyotida yozuv paydo bo‘lgan davrdan boshlab axborotni himoya 
qilish muammosi ham yuzaga kela boshladi. Bu muammo harbiy va diplomatik 
ma’lumotlarni yashirincha uzatish zaruratidan kelib chiqqan. Masalan, antik 
spartaliklar harbiy harakatlar vaqtida ma’lumotlarni shifrlash usullaridan 
foydalanganlar. Xitoyliklar tomonidan esa oddiy yozuvni iyerogriflar ko‘rinishida 
tasvirlash usuli qo‘llanilib, bu ularga ma’lumotlarni raqiblardan yashirish imkonini 
bergan.
Kriptografiya
qadimiy yunon tilida “yashirin yozaman” degan ma’noni 
anglatib, axborotning konfidensialligini va autentligini ta’minlash usullari haqidagi 
fandir. Kriptografiya ma’lumotni, g‘arazgo‘y kimsalar tomonidan egallangan taqdirda, 
befoyda ko‘rinishga aylantirib beruvchi usullar to‘plamini tashkil etadi. Bunday 
usullar axborot xavfsizligiga taalluqli ikkita asosiy masalani yechishga imkon beradi. 
Bular: 
- konfidensiallik himoyasi; 
- butunlik himoyasi. 
Axborotning konfidensialligi va butunligi himoyasi muammolari bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning birini yechimi ikkinchisi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Axborotlarni kriptografik aylantirish usullarini toifalashga turlicha 
yondashishlar mavjud. Dastlabki ma’lumotlarga ta’sir etish ko‘rinishiga ko‘ra 
kriptografik aylantirish usullarini 4 ta guruhga bo‘lish mumkin.
Shifrlash
jarayoni dastlabki axborotni qayta tiklash imkoni bilan matematik, 
mantiqiy, kombinatsion va boshqacha aylantirishlarni amalga oshirishni o‘z ichiga 
oladi. Buning natijasida shifrlangan axborot harflar, raqamlar, boshqa simvollar va 
ikkilik kodlarining xaotik (tartibsiz) to‘plamidan iborat bo‘ladi. 
Axborotni kriptografik aylantirishning boshqacha usullaridan farqli ravishda 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə