Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto tizim asoslari. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix17.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
M2 (1)

Shifrning kriptomustahkamligi
– samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, 
u vaqt bilan yoki kriptotahlilchining kalit ma’lum bo‘lmagan holda shifrmatndan 
dastlabki ma’lumotni chiqarib olishi uchun kerak bo‘ladigan vositalar narxi bilan 
o‘lchanadi. 
2. Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari.
Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari axborot xavfsizligi uchun kurashda 
samarali vosita bo‘lib, bugungi kunda ular axborot tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. 
Kriptografiya usullari – axborotning konfidensialligi va butunligini 
ta’minlashning kuchli qurollaridan biri hisoblanadi. Kriptografiyaning asosiy elementi 
– bu shifrlashdir. Ta’kidlash joizki, shifrlash usulining vujudga kelishi juda ham 
qadimiy tarixga ega. 
Qadimiy yunon sarkardasi Yu.Sezar gallar bilan urush vaqtida (eramizning 
56-yili) shifrlash usullaridan biri bo‘lgan almashtirish shifrini qo‘llagan. Ochiq matn 
alifbosi ostiga ma’lum bir sikl bo‘yicha (Sezarda uchta tartibga) siljitish orqali yangi 
alifbo yozilgan. Shifrlashda ochiq matndagi alifbolar, ya’ni yuqori qismda joylashgan 
harflar quyi qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan. Bu turdagi shifrlash 
Yu.Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsada, lekin bunday shifrlash usuli uning nomi bilan 
yuritiladi. 
Murakkab almashtirishlar shifri sifatida yunonlar shifri – 
“Polibiy kvadrati”
sanaladi. Alifbo kvadrat jadval ko‘rinishida tasvirlanadi. Shifrlashda ochiq matn harfi 
jadvaldagi ikkita songa almashtirilgan, ya’ni jadval bo‘yicha kerakli harfning 
joylashgan ustun va qator raqamlariga. Alifboni jadvalda ixtiyoriy tarzda joylashtirish 



va u orqali qisqa xabarni shifrlash zamonaviy qarashlar nuqtai nazari bo‘yicha ham 
mustahkam shifrlash hisoblanadi. Bu g‘oya birinchi jahon urushida maxfiy 
ma’lumotlarni shifrlashda amalda qo‘llanilgan. 
Germaniyalik Iogann Tritemiy (1462–1516 yy) kriptografiya bo‘yicha birinchi 
darsliklardan birini yozgan. “Ave Maria” deb nomlangan ko‘p qiymatli almashtirishli 
original shifrlashni taklif etgan. Ochiq matnning har bir harfi shifrlovchining tanlovi 
bo‘yicha bir emas, balki bir nechta harflarga almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Bunda 
harflar harf yoki so‘zlar bilan shunday almashtirilganki, natijada psevdomatn 
(yolg‘onmatn) hosil bo‘lgan. Ko‘p qiymatli almashtirish usulidan hozirgi kunda ham 
foydalaniladi (masalan, 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə