Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto tizim asoslari. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix17.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
M2 (1)

ARJ arxivatorida
). 
XVI asrga kelib almashtirish shifrlari matematik Djovanni Batista Port va 
diplomat Bleza de Vijiner ishlarida o‘z rivojini topdi. Vijiner tizimi u yoki bu 
ko‘rinishda hozirgi paytda ham qo‘llanilmoqda. 
Lord Frensis Bekon (1562-1626 y) birinchi bo‘lib harflarni 5 qiymatli ikkilik kod 
bilan belgilagan: A= 00001, V =00010, ... va hokazo. Bekon bu kodlarga qayta ishlov 
bermagan, shuning uchun bunday yashirish usuli mustahkam bo‘lmagan. Uch asrdan 
so‘ng, bu kodlash tamoyili elektr va elektron aloqada asos qilib olindi. Bunda Morze 
va Bodo kodlarini, 2-sonli xalqaro telegraf kodini, ASCII kodini, eslash ham o‘rinli, 
chunki ular ham oddiy almashtirish asosida yaratilgan. 
Bugungi kunda axborot tizimlarida xavfsizlikni ta’minlash borasida yuqori 
kriptomustahkamlikka ega bo‘lgan kriptotizimlar qo‘llanilmoqda. Ma’lumotlarni 
kriptografik o‘zgartirishning yangi usullari intensiv ravishda takomillashib bormoqda 
va ularning qo‘llanish doirasi tobora kengaymoqda. 
Zamonaviy shifrlash usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
– shifrning mustahkamligi kriptotahlilga shunday qarshi tura olishi kerakki
bunda shifrdan ochish faqatgina kalitlarni to‘liq topish orqali amalga oshirilishi 
mumkin bo‘lsin; 
– kriptomustahkamlik shifrlash algoritmining maxfiyligi bilan emas, balki, 
kalitning maxfiyligi bilan ta’minlanishi lozim; 
– shifrmatn hajm jihatidan dastlabki axborotdan sezilarli darajada yuqori bo‘lib 
ketmasligi kerak; 
– shifrlash jarayonida yuzaga keladigan xatolar axborot buzilishi va yo‘qotilishiga 
olib kelmasligi kerak; 
– shifrlash vaqti katta bo‘lmasligi kerak; 
– shifrlash narxi shifrlanayotgan axborot qiymati bilan mos kelishi kerak. 
 
Ochiq va yopiq kalitlar bilan shifrlash tizimi
. Kalitdan foydalanib shifrlash 
algoritmining ikki xil ko‘rinishi mavjud: simmetrik va asimmetrik (ochiq kalitli). 
Ma’lumotlarni shifrlash uchun foydalanilgan kalit shifrni ochish kalitidan olingan 
yoki aksincha bo‘lsa, bunday 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə