Axborotlarni himoyalash. Kripto tizim asoslari. Simmetriyali kripto tizim asoslari. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix17.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
M2 (1)

«elektron imzo qo‘yish»
jarayonini bajarishi lozim. Bunday imzo qo‘yishda, 
har gal individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum qoidaga muvofiq 
aralashib ketadi. Bunday biriktirilish natijasida hosil bo‘lgan raqam (ma’lum razrad 
uzunligidagi raqamlar ketma-ketligi) ushbu hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan 
elektron raqamli imzo hisoblanadi. Shunday qilib, elektron raqamli imzo qo‘yish va 
uni tekshirish protsedurasining har birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi 
foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish kalitini tekshirish kaliti yordamida aniqlash 
imkoniyati umuman mumkin emasligi kafolatlangan bo‘lishi kerak. Hozirda taklif 
etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti 
yordamida (ochiq kalit) qayta tiklash uchun uzoq davom etadigan murakkab 
hisoblash ishlarini bajarish lozimligi nazarda tutiladi. 
Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta Diffi va Xellman asarida hujjatning asl nusxa 
ekanligini va muallif tomonidan imzolanganligini aniqlash uchun taklif etilgan. 
Hozirgi vaqtda axborot tizimlarida elektron raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda 
(uzatiladigan yoki saqlanadigan shifrlangan matnga biriktirilgan raqam, ushbu 
axborotning butunligini va muallifning haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini 
kafolatlaydi). 
3. Shifrlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlari. 
Bugungi kunda ma’lumotlarni shifrlovchi ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan. Ular 
orasida 
TrueCrypt
dasturi o‘z afzalliklari va yuqori imkoniyati tufayli keng 
ommalashgan. 
Mazkur dasturning o‘ziga xos jihati mavjud bo‘lib, uning vositasida 
kompyuterning doimiy xotirasida ma’lum bir soha ajratib olinadi va shifrlangan 
ma’lumotlar ana shu sohada saqlanadi. Ushbu sohani hosil qilish jarayoni bir necha 
bosqichlardan iborat bo‘ladi. 
Shifrlovchi dasturlarning yana bir vakili 
AxCrypt
dasturi foydalanish uchun 
qulay bo‘lib, unda ortiqcha sozlash ishlarini amalga oshirish talab etilmaydi. 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə