74
Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal
rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish
shakllanadi, ijtimoiy kutish-
lar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga
mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi
sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining
qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini
boshqarishni o‘rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligi-
dan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz
munosabat-
lari va imo-ishoralargina mavjud.
Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va
kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Bunday nutq
avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofi
-
dagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan
yaqinlarigagina tushunarli-
dir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan
uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib,
umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat de-
vorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z
bola xulqining
umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari,
qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli
fikrni
bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»).
Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy
vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi. Endi bolaning o‘zi o‘z istak-
xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar
yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini unga nisbatan kat-
talarning munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga
nisbatan ijobiy
munosabat – shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi.
O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa – bolaning ilk yoshda kattalar
bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.
Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim.
Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq
etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga
moslashish istagini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: