Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə9/11
tarix29.05.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#113859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari

o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish usullari; o’quv-biluv faoliyatini rahbatlantirish usullari; o’quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish usullari;
O.R.Roziqov, S.Yu.Ogaev, M.M.Mahmudova, B.R.Adizovlar ta'lim usullarini ikki guruhga ajratadi; o’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish usullari; o‘zaro ta'sir natijasini nazorat qilish usullari. Har bir guruhdagi usullar o‘z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratiladi.
Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o‘stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o‘rgatish, ya'ni ―Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo`nda ifoda etish‖ malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.
O‘shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o‘quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko`rib eslab qolishini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o‘stirish usullarini puxta bilishi, mashg‘ulotlar jarayonida qo`llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim.
Pedagogik adabiyotlarda nutq o‘stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi;

  1. So‘z yoki og‘zaki usullar.

  2. Ko`rsatmalilik usullari.

  3. Amaliy usullar.

  4. O`yin usuli.

Og‘zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so‘zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o‘qib berishi, yoddan aytishi orqali shakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og‘zaki usullardan foydalanganda aniq, lo`nda fikrlashi, gap va so‘zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollarni aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim.
Og’zaki usullar o‘qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, suhbat,savol-javob usuli kabilardir. O‘qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish usullari badiiy adabiyot, bolalar folklori materiallarini o‘rgatish, she'rni ed oldirishda qo‘llaniladi3.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə