Mavzu: Non qayerdan keladi ? Darsning maqsadi: Ta’limiy



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü49,54 Kb.
#181849
  1   2   3   4   5
NON-QAYERDAN-KELADI-TOZA



Mavzu: Non qayerdan keladi ?
Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o’quvchilarning non haqidagi bilimlarini boyitish, ifodali o’qish
ko’nikmalarini o’stirish.


Tarbiyaviy: o’quvchilarda mehnatga muhabbat hislarini tarbiyalash, nonni
qadrlashga o’rgatish.


Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matnni qayta hikoya qilib berish, savollarga to’liq
javob berish, erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlami shakllantiruvchi.


Dars metodlari: suhbat ,tushuntirish, savol-javob, «Non turini top» mashqi, «Aqliy hujum»


Dars jihozi: darslik, multimediali ilovalar, tarqatma materiallar, maqol va topishmoqlar.


Darsning borishi:
Dars shiori:Non –ulug` ne`mat
1.Tashkiliy qism:
O`qituvchi: Salom aziz bolalar ,gulu rayhon lolalar,
Qani tinglang do`stlarim , jajji o`g`il qizlarim,
Bo`ling aqli rasolar , ham bilimdon donolar.
Qani ayting bolalar, kim navbatchi bo`ladi
Ushbu kunning hisobin menga aytib beradi?
O`quvchi: Bizlar yaxshi bolamiz
Ochilgan gul lolamiz
Sinfdagi barchamiz
Darsga shay gul g`unchamiz
O`qituvchi:Qani bolajonlar hozir qaysi fasl ?
O`quvchi:Bahor
O`qituvchi:Bahor faslida qanday o`zgarishlar yuz beradi?
O`quvchi:( Tabiat uyg`onadi .Atrog yam -yashil libosga burkanadi .Dalalarda dehqonlarimiz yerlarni yumshatib urug`larni qadaydilar .Ko`chatlar ekishadi.)
O`qituvchi:Barakalla bolajonlar.Ko`chatlarni yaxshi unib o`sishi uchun unga yaxshi parvarish kerak .Yaxshi parvarish qilsak, gullab bizga shirindan shakar mevalarni yetishtirib beradi. Hozir siz bilan har birimiz o`z guruhimizga ko`chat ekamiz.Bu ko`chatlar gillashi uchun bilimlaringizdan foydalanamiz.
II.Uyga vazifani so`rash va o`tilganlarni mustahkamlash.
Bolajonlar biz mustaqil va ozod yurtda yashaymiz.Shu mustaqil va ozod yurtni bizga kim qurib berdi? Albatta birinchi prezidentimiz Islom Karimov bobomiz. U kishi hozir oramizda bo`lmasalarda ,qalbimizda abadiy yashaydilar.


Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə