Nutqiy voqelanishi


Kesimning tuslovchili birikmashakl



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Kesimning tuslovchili birikmashakl
bilan ifodalanishi
5- §. Sintaktik bo‘lak, shu jumladan kesim ham qurilish ashyosi sifatida birikma bilan ham ifodalanadi. Тahlilga jalb qilingan misollarning 60tasida kesim birikmashakl bilan ifodalangan. Bular dastlab bosh a'zosi asosida fe'l birikmashakl (41) va ism (keng ma'noda) birikmashakl (19) deb ikkiga guruhlanadi.


Kesimning fe'l birikmashakl bilan ifodalanishi
6- §. Kesim vazifasida kelgan fe'l birikmashakl to‘ldiruvchili birikmashakl va hollovchili birikmashakl deb ikkiga ajratildi.
1. Тo‘ldiruvchili birikmashakl ikki turli: 1) vositasiz to‘ldiruvchili, 2) vositali to‘ldiruvchili.
1) Vositasiz to‘ldiruvchi (16):
a) tushum kelishigining belgili shaklida kelgan (7): Amallab qaddimni rostladim (O‘tkir Hoshimov). Dadillanib yelkasini tutdi (O‘tkir Hoshimov). Qanday qilib u o‘zini saqlab qoldi? (Oybek). So‘ngra armiya xizmatini o‘tadi (Hamid G‘ulom). Oxirgi misolda kesim (armiya X xizmatini) X o‘ta- tuzilishli birikma bilan ifodalangan. Mana bu misolda vositasiz to‘ldiruvchi yetti leksemashaklli birikma bilan ifodalangan: Birgina Ahmadjonning 10- brigadasi besh yuz tonna qo‘shimcha paxta berish majburiyatini olgan (Hamid G‘ulom). Bu birikma tarkibidagi leksemashakllarning o‘zaro sintaktik bog‘lanishini qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: {[(besh X yuz) X (tonna)] X [qo‘shimcha] X [(paxta X berish) X majburiyati]}ni X {ol-};
b) tushum kelishigining belgisiz shaklida kelgan (9): ..qari imom nikoh o‘qidi (Oybek). Dildorning .. aniq-ravshan so‘zlari boshqa savolga o‘rin qoldirmadi (Hamid G‘ulom). .. akang orden oladilar .. (O‘tkir Hoshimov). Olimjon nima qilib berardi (O‘tkir Hoshimov) kabi.
2) Vositali to‘ldiruvchi (8):
a) jo‘nalish kelishigidagi leksemashakl bilan ifodalangan (7): Oxirida u Hulkar bilan Avazni .. suvratga oldi (Pirimqul Qodirov). Olimjonning yig‘lamsiragan ovozi qulog‘imga kirdi (O‘tkir Hoshimov). Azizning brigadasi institutning tajriba uchastkasiga aylandi (Hamid G‘ulom) kabi. Oxirgi misolda vositali to‘ldiruvchi uch leksemashaklli birikma bilan ifodalangan: {[institutning] X [(tajriba X uchastkasi]}ga X {aylan-};
b) chiqish kelishigidagi leksemashakl bilan ifodalangan (1): Eski taomildan qolma (Oybek).
2. Hollovchili birikmashaklda (17):
1) tarz hollovchisi qatnashgan (10):
a) ravishdosh shaklidagi fe'l bilan ifodalangan (5): Bosib-yanchib o‘tavermaysanmi?! (Oybek). Meni deb yovvoyi odam bo‘lib ketmang, soch-pochingizni ham oldirib keling (Pirimqul Qodirov). O‘rnimdan turayotganimda biqinim yana lovullab yondi (O‘tkir Hoshimov). Dildor shu yerga kelin bo‘lib tushgan (Hamid G‘ulom);
b) sifat leksemashakl bilan ifodalangan (3): Bu nafislikni tog‘da yolg‘iz tashlab ketish Avazga juda og‘ir tuyildi (Pirimqul Qodirov). Kun bo‘yi erinchoq kezib yurgan bulutlar oftob botganidan keyin qahrli tus oldi (O‘tkir Hoshimov) kabi. Oxirgi misolda hollanmish belgisiz tushum kelishigidagi vositasiz to‘ldiruvchili birikmaga teng: (qahrli) X (tus X ol-);
v) sifat olmosh bilan ifodalangan (2): Avaz tengi ko‘pchilik yoshlarning tarjimayi holi yuzaki qaraganda shunday ko‘rinadi (Hamid G‘ulom). Er deb shunaqa qilib yuribdi-ya (Pirimqul Qodirov);
2) o‘rin hollovchisi qatnashgan (6):
a) jo‘nalish kelishigidagi ot leksemashakl bilan ifodalangan (5): Qiz tomonda gupchakday yum-yumaloq xotin belini belbog‘ bilan mahkam bog‘lab o‘rtaga tushdi (Oybek). Avaz o‘zining bu o‘yidan xijolat bo‘lib yerga qaradi (Pirimqul Qodirov). Keling, Aziz aka, to‘rga chiqing! (Hamid G‘ulom) kabi;
b) chiqish kelishigidagi ot leksemashakl bilan ifodalangan (1): U loyda sirg‘anib o‘rnidan turdi (O‘tkir Hoshimov);
3) payt hollovchisi qatnashgan (1): .. uy-ayvonlarda chiroqlar o‘chirilganiga ikki soatdan oshdi (Hamid G‘ulom).



Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə