154
XII-BOB. SPORT FAOLIYATINI MODELLASHTIRISH
Hozirgi paytda, basketbolda, ko’pgina o’rta darajadagi ustalar
orasida “Yulduzlar” ya’ni, yuqori kvalifikatsiyali ustalar juda kam
tarbiyalanayapti. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tayyorgarlik uslublari
mazmuni sport mahoratining o’sishi yuzasidan sifat tomonga emas, son
tomonga o’zgarmoqda.
Adabiyotda yangi o’rganayotganlar, razrayadlilar uchun zarur
bo’lgan
tayyorlashning
ma’lum
qonuniyatlari
ajratiladi.
Shu
qonuniyatlardan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya usullari tavsiya qilinadi.
Lekin shu bilan birga ilmiy-uslubiy adabiyotda ham, amaliyotda ham
oliy malakali sportchilar mahoratlarini, ularni taraqqiy qildirish
uslublarini o’rganish, rivojlantirish imkonini beruvchi tekshirish va
tadqiqod ishlari juda kam kuzatiladi. Shunday xulosaga kelish
mumkinki, oliy tabaqali sportchilar malakasini oshirish oddiy tabaqali
sporchilar malakasini oshirish uchun qo’llaniladigan mashg’ulot
uslublaridan farq qiluvchi o’ziga xos mashg’ulot uslublarini talab kiladi.
Yangi o’rganayotganlar uchun aniq ilmiy asoslangan ta’lim uslublari
bo’lgani kabi, oliy tabaqa basketbolchilarini tayyorlash uchun ham
maxsus tayyorlov uslublari bo’lishi kerak. Ilm-fanning zamonaviy
rivojlanishida “asosiy” va “amaliy” degan tushunchalarni qayta ko’rib
chiqish joizdir. Agar ilgari faqat tabiiy va aniq fanlar asosiy deb
hisoblangan bo’lsa, hozir bilimning har bir soxasini asosiy va amaliy
nuqtai nazardan ta’riflash mumkin. “Sport mashg’uloti asoslari”dek
asosiy fan uchun basketbolda mashg’ulot asoslari kabi amaliy
shahobcha ham xarakterli. Bu erda biz umumdan xususiyga, ya’ni
alohida olingan sport turiga o’tishni kuzatamiz. Ko’p tarmoqli tizimni
tartibga solishning maxsus usullaridan biri boshqaruvdir. Bu demak
tizimni normal rivojlanishi va taraqqiy qilinishini ta’minlovchi ko’rinish
jihatdan turli tuman tarmoqlar aloqasi yo’llari. Masalan: Basketbolchilar
mashg’uloti vositalari va mashg’ulot darjasi ko’rsatkichlari orasidagi
aloqani aniqlash basketbolchilarni ma’lum davrdagi tayyorgarligini
boshqarish vositasidir. Tizimli yondoshishni ifodalashni amaliy aniqlash
uchun tizimli tahlil apparatining ayrim elementlarini ajratib ko’rsatish
zarur, ya’ni:
-amaldagi elementlar: mashg’ulot mashg’ulotlari mikrostikl,
bosqich, OFP, SFP omillari, taktik, texnik o’yin tayyorgarligi;
155
-basketbolchilarning
tayyorgarlilik
ko’rsatkichlari,
jismoniy
tayyorgarlilik darajasi, texnik tayyorgarliligi, ruhiy taraqqiyot darjasi,
o’yin faoliyati foydaliligi;
-alohida mashg’ulot mashg’ulotlari elemenlari bilan mikrostikl va
bosqichlar orasidagi aloqa; o’yin faoliyati foydaliligi ko’rsatkichi
bo’lmish maxsus test natijalari ko’rinishidagi va tayyorgarlilik vositalari
orasidagi aloqa;
-tuzum (tizim): mashg’ulotlar mazmunini aniqlovchi o’zaro
aloqador elementlar majmui;
-tuzilishi (struktura): jadvaliy va grafik tasvirdagi barcha aloqalar.
-kirishlar: mashq qildiruvchi ta’sir;
-chiqishlar: basketbolchining tayyorgarlik ko’rsatkichlari.
Berilgan ifodalar basketbolda sport mahoratini shakllanishi asosiy
qonuniyatlarining tahlili vaqtida qo’llaniladi; tayyorgarlikning konkret
uslub va vositalari tahlili vaqtida; “kirish” va “chiqish”larning
xususiyatlarini hisobga olish va rejalashtirish vaqtida ham qo’llaniladi.
Sportchining ko’pgina olimpiya turlari kabi basketbol uchun ham
sportchilarning jismoniy va texnik darajasini ma’lum maqsadga
muvofik darajagacha ko’tarish xarakterlidir. Keyinchalik esa sport
takomillashtirish rezervlari ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra bir-
biridan ortda qolayotgan taktik va ruhiy tizimlarni rivojlantirishga
qaratiladi.
Basketbolda malakali basketbolchilarni tayyorlash bir tizim-tuzum
deb qaralsa, basketbolchining atletik, texnik, taktik, psixologik kabi
tayyorgarligi mana shu tizimning xususiyligi, turlari (podtizim) deb
qaraladi (shahobcha).
Bu shaxobchalarning sifatiy tuzulishiga muvofiq yondoshilsa,
quyidagi o’zaro aloqador elementlar ko’zga tashlanadi: sport yutuqlari
taxmini (prognoz) kuchli sportchilar ta’rifnomalarini tartibga solishda,
samarali, sport mashg’ulotlari uslublari ustozlar bilim va mahoratini
oshirish, moddiy texnik ta’minot. Bu elementlar orasida alohida
qiziqishni “Sport mashg’uloti uslubi” deb nomlangan shohobcha tashkil
qiladi. Uning tuzilishi esa boshqa elementlarni ahvolini mumkin qadar
aniqlaydi.
Shuni
ta’kidlab
o’tish
zarurki,
basketbolchilarning
musobaqalashishi faoliyatini oshirishda ahamiyatga ega bo’lgan
komponentlarning darajasini tartibga solinganligi e’tiborga molikdir.
Shuning uchun mashg’ulot jarayoni vazifalarini hal qilishda ikkita zarur
jihatni ko’rib chiqish zarur. Bu, birinchidan, mashg’ulot daraja
miqdorini boshqarish; ikkinchidan, mashg’ulot vositalari boshqaruvi
156
(ya’ni,
vositalar
yunalishini
to’g’ri
tanlay
bilish;
sportchi
tayyorgarchiligi turli darajasida). Tayyorgarchilik tizimsini rivojlantirish
uchun mashg’ulotlarning yangi va “eski” prinsiplarini muvofiqlashtirib
ola bilish muhimdir.
Asosiy prinsip sifatida tayyorgarlik jarayonini kuchaytirish
prinsipini ajratib ko’rsatish zarur. Keyingi yillarda mashg’ulot ishlarini
qat’iy aniqlangan kuchaytirish orqaligina texnik va jismoniy
tayyorgarlikda maxsusus shlar mumkinligi aniqlangan.
Malakali basketbolchilar mashg’ulot aoliyatini tahlil qilish shuni
ko’rsatayaptiki, ular har doim ham zamonaviy talablarga javob beruvchi
mashqlarni bajarmayaptilar. Ko’pincha bir xil, kishini charchatuvchi
mashq turlari qo’llanilyapti. Bu esa zamonaviy basketbolchiga xos
bo’lgan: harakat tezligini tez o’zgartira olish, nisbatan qisqa muddatli
xotirjam harakatlar, umumiy keskinlik, tez bo’shatishlik xislatlarini
tarbiyalay
olmaydi.
Mashg’ulotlarning
nomunosibligini
keltirib
chiqaradi. Mashg’ulot azni umumiyligini oshirishda mashg’ulot
turlarini, ayniqsa, uning kuchini oshirish, sport mahoratini oshirishda
ancha foydali bo’lishi qayd etiladi.
Dinamik adaptastiya prinsipi esa sportchini organizmi adaptastiya
faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi og’ir strategik shart-sharoitlarni inkor
etadi. Sport taraqqiyoti jarayonida sporchilar organizmidagi funkstonal
tuzum, texnik malakalri uzoq davom etuvchi vaqtincha ta’sirga beriladi,
natijada ayrim funksional tizimlarning normadan ortiq moslashuvi
vujudga keladi. Bu holat esa oliy tabaqa sportchilar tayyorgarligida
yangi vosita va uslublar qidirish zarurligini ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda malakali sportchilar tayyorlash va uning ba’zi
asosiy o’lchovlari muhimlashdi. Ancha yillar davomida mashg’ulot va
musobaqalar miqdori umumiy hajmi o’zgarishsiz qolgan edi: boshqa
o’lchovlar bo’yicha limit: kuniga (teoreyani qo’shganda) etti soatgacha
3-4 mashg’ulot markazlashgan tayyorgarchilik, mikrosikl tuzumi “4-1”
va “3-1” sxemasiga asoslangan. Lekin shu o’lchovlar orasida: ish va
dam olish, umumiy va maxsus tayyorgarchilik, atletik, texnik-taktik va
o’yin tayyorgarchilik, o’yin faoliyatini rivojlantirish bilan sifat
o’zgarishi uslublari va an’anaviy, noan’aviy vositalari orasidan
moslarini topa bilish zarur.
Ba’zi o’lchovlar bo’yicha yuklamani o’stirish endi foyda bermay
qo’yayapti.
Basketbolchining
dinamik
adaptayiyasi
jarayonini
mashg’ulotlar vaqtida moslashtirish uchun mashg’ulot hajmini yalpi
157
o’stirish emas, adaptastiya mexanizmini rag’batlantiruvchi individual
sharoitlar yaratish foydaliroqdir.
Tayyorgarlikning turli pog’onalarida mashg’ulot yuklamalariga
moslashishning uch bosqichi kuzatiladi. I bosqichda psixolgik
noqulaylikning o’sishi, moslashishi reakstiyalarining nomutanosibligi
bilan ta’riflanadi.
Bu bosqichda ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari
munosabatlirining
muvofiqligi
juda
xavflidir.
Ko’pgina
usta
basketbolchi jamoa murabbiylari mana shu bosqichga ko’proq e’tibor
qaratadilar, ya’ni bu bosqichda OFP vositalari keragidan ortiq
ishlatiladi-ki, yuqori tabaqali basketbolchilar bilan bu tarzda ishlash
mumkin emas. Ikkinchi bosqichda mashg’ulot hajmiga moslashish
yurak-qon va nafas yo’llari tizimsini safarbar qilishi bilan
xarakterlanadi.
Baland bo’ylilik konstepsiyasi. Ko’pgina MNS holati nerv-muskul
apparatini va boshqalarni o’rganish natijasida o’tkazilgan ilmiy
tekshirishlar shuni
ko’rsatadiki, yosh rivojlanishning turli bosqichlaridan patologik
o’zgarishsiz o’tgan yaxshi sport tayyorgarligiga ega bo’lgan baland
bo’yli yigitchalar bo’ylari nisbatan past bo’lgan sportchilardan harakat
tezligida, taktik fikrlashda ijro mahoratida sira kam emaslar.
Tafakkur
konstepstiyasi.
Basketbolchilarni
teoretik
tayyorgarchiligini rejali olib borishni nazarda tutadi. Ularda
umumjamoa va individual taktikasi uslub va usullarni to’g’ri tushunish
malakasini tarbiyalaydi. “Murabbiy-sportchi” ijodiy juftlik taktik
faoliyatni yangi yo’llarini ochadi. Taktikaning yangi yo’l va uslublari
esa o’z navbatida sportchining intellekt sifatlarining rivojlanishini
ta’minlaydi. Bu sifatlarning rivojlanishi esa sportchining musobaqalar
vaqtida yuz beradigan g’ayriodatiy hodisalarni, jamoa ichida o’z o’rni
va vazifalarini fikrlab, vaqt tanqisligida to’g’ri mulohaza qilishga imkon
yaratadi. Basketbol operativ xarakterga ega bo’lgan faoliyat turidir: bu
o’yin g’ayriodatiy sharoitlarda, qat’iy chegaralangan vaqt ichida o’tib
operativ echimlar raqib tomonidan ta’sir qilayotgan kuch ta’sirida qabul
qilinadi va amalga oshiriladi. Bu esa saportchining tez fikrlash,
informastiyani qayta ishlash ayni vaqtdagi voqea-hodisalarni to’g’ri
tahlili qilish kabi qobiliyatlariga kuchaytirilgan talab qo’yadi. Murabbiy
tomonidan mana shu xususiyatlarga etarli baho berilmasligi sportchi
tomonidan o’yin davrida kelayotgan tartibsiz ma’lumotlarni qayta
ishlashga keragidan ortiq vaqtni talab qiladi.
158
Modellashtirish
konstepstiyasi.
Bu
konstepstiya
malakali
sportchilar tayyorlashda asosiylaridan biri hisoblanadi. Basketbolda o’z
xususiyatiga ega va quyidagicha ifodalanadi. Kuchli sportchilar
modellari, jamoa modellari va raqib jamoa modellari ishlab chiqilgan.
Basketbolda yuqori sport mahorati darajasida «kontur modellashtirish»
maxsus bo’lim hisoblanadi va modellashtirish jarayonining yakuniy oliy
bosqichi hisoblanadi (o’z jamoa modeli-raqib jamoa modeli-etakchi
raqib
modeli
xususiyatlarini
hisobga
olgan
kontur
model).
Umumuslubiy va xususiy prinstiplar basketbol uchun o’ziga xos uslubiy
konstepstiyalar
malakali
basketbolchilar
tayyorlash
sitemasini
ifodalaydi.
Modellashtirish uslubi konkret jamoa yoki konkret o’yinchining
o’yin faoliyatini modellashtirish prinstip va usullariga asoslanadi.
Ma’lum raqib bilan o’yin modellashtiriladi. Buning uchun esa
mashg’ulot matchlariga vaqtincha jamoalar tuziladi, yoki maxsus
tayyorlangan, nazorat matchlarda raqib jamoa taktik rejasiga
yaqinlashtirilgan o’yin ko’rsata oladigan sparring-partnyorlar taklif
qilinadi. Murabbiy esa bo’lajak raqibni ko’proq qo’llaydigan taktik ish
uslublaridan xabardor bo’lgan holda o’z o’yinchilari uchun hujum va
himoya rejalarini ishlab chiqadi va musobaqa oldidan basketbolchilarga
bo’lajak musobaqa sharoitiga yaqinlashtirilgan texnik usullarni sinab
ko’rish uchun sharoit yaratish maqsadida zapasdagi tarkibga bo’lajak
raqib uslubida o’ynashni topshiradi. Bu ishlar mumkin qadar haqiqatga
yaqinlashtirilishi kerak. Shu bilan birga har bir o’yinchidan o’yin
davomida yuz beradigan ba’zi bir masalalar echimini mustaqil topishni
talab qilish kerak.
O’tish uslubi.Avvaldan kelishilgan ishoralar orqali taktik
kombinatsiya va usullarni almashtirish - o’tish uslubidir. Sportchilar
tomonidan bu ishoralarni qabul qilishni oddiydan murakkabga astalik
bilan oshirib borish tavsiya etiladi. O’yin davomida muntazam
aralashavermaslik uchun murabbiy ilgaridan yuz berishi mumkin
bo’lgan o’yin harakatlari ham harakat taktikasini o’zgaritirishiga ishora
bo’lishini shartlashib olish mumkin. Masalan: jamoa raqib savatiga to’p
tashlagandan so’ng tezda butun maydon bo’yicha o’yinchilarni shaxsiy
ushlashga o’tadi, o’zining savatiga to’p tashlagandan so’ng yana zonali
himoyaga o’tadi va h.k.
Raqib tomonidan to’satdan yangi taktik tizimni qo’llanilishi yoki
musobaqada kutilmagan o’zgarishlarning yuz berishi sportchilarga
159
munosib kont usullarni qo’llashda juda katta qiyinchiliklar tug’diradi va
maxsus tayyorgarlikni talab qiladi.
Murabbiy tayyorgarchilik mashqlarida sportchilarni bir holatdan
ikkinchi holatga tezda o’tishga majbur qiluvchi “kutilmagan voqealar”ni
qo’llashi kerak:
1.
Sheriklar
vazifalarida
ko’zlanmagan
kutilmagan
taktik
variantlarni qo’llashlari, sportchilar tomonidan yaxshi o’rganilgan kontr
usullardan foydalanishlari eng oson o’tishdir;
2.
Sheriklar
yaqinda
o’rganilgan,
xali
amalda
to’liq
qo’llanilmayotgan texnik variantlarni qo’llaydilar;
3.
Eng qiyin o’tish o’yinchidan raqib ularga notanish bo’lgan
taktik usulni qo’llayotganda talab qilinadi; bunda o’tish sportchining bor
tajribasiga asoslangan holda bo’layotgan hodisaga ijodiy yondoshuvu
zaruriyati bilan murakkablashadi.
Musobaqa oldi boskichida nisbatan kichik vakt oraligida turli taktik
tizimga ega bulgan raqib bilan bir qator nazorat o’yinlar o’tkazish
tavsiya etiladi. O’z harakatlari bilan bir-birlaridan keskin farq qiluvchi
turli raqiblar bilan uynash sportchini chegaralangan vaqt davomida tez
va ijodiy o’tishga majbur qiladi.
O’yin topshiriqlarini murakkablashtirish usuli interpretastiya
(tushuntirish) usullaridan biri bo’lib, basketbolchilar tayyorgarligida
aniq shaxobchaga (podtizim) nisbatan ta’sirni oshiradi. Bu usul
sportchilar o’sib borayotgan limitlar (vaqt limiti, raqib qarshiligi,
konkret harakat natijasini tezda baholay olish, konkret uyin vazifalarini
hal qilishda odatiy shartlarning o’zgarishi) sharoitida hal qilishni
maqsad qilib qo’ygan o’yin vazifalarini murakkablashtirishni nazarda
tutadi.
Quyida
tenerlar
o’yin
vazifalarini
murakkablashtirishda
qo’llaniladigan bir qator uslubiy yo’llarni sanab o’tish mumkin.
1. Agar koptok savatga tez yorib utish natijasidatashlansa, yoki
aktiv o’yin natijasida tashlansa, jamoaga ikkita emas, to’rtta ochko
yozilib, koptok ham shu jamoada qoldiriladi;
Tez yorib o’tish davrida savatga tashlangan to’p shu jamoa
a’zolaridan kamida to’rt kishi tashlash vaqtida maydon o’rta chizigini
kesib o’tsagina (rag’batlantirishning boshqa barcha turlari bilan birga)
hisoblanadi;
2.
Pozitsiyaviy hujum vaqtida savtga tushurilgan koptok esa
to’puchun jangda kamida jamoaning uch o’yinchisi ishtirok etsa
hisoblanadi;
160
3.
Yuqoridan uch o’yinchidan bittasi tezlik bilan raqib shiti ostiga
etib borishi uchun imkon berilishi birinchi uchun to’p uzatilishini
ta’minlaydi;
4.
“Djabpol” harakatli o’yinini o’tkazish (maydonning qarama-
qarshi tomoniga, voleybol setkasining ustidan, shitdan qaytgan to’pni,
erga tushmay uzatish) taktikaviy echimlar harakat komponentini
murakkablashtiradi.
5.
Hujum qilayotgan jamoa to’pni yon chiziqlardan o’yinga,
murabbiyning maxsus xabaridan keyin kiritish mumkin;shu orkali 2-4s.
mikropauza hosil bo’ladi. Bu pauza pressing qilayotgan jamoaga qulay
pozitsiya egallash imkonini beradi va hujumdagi uyinchilarni
“ishlatadi”.
6.
Pressing davomida himoyadagi jamoaga to’pni ilib ketish uchun
qo’shimcha 2 ochko belgilanadi, bahsli to’pga etishish uchun yoki
raqibning texnik xatosi uchun 1 ochko belgilanadi.
7.
Pressingga karshi xujum qilayotgan jamoaga o’zining
maydonidan to’pni olib chiqish uchun 7 soniya, butun hujum uchun 15
soniya beriladi.
Taktik vazifalarni individual hal qilishda yoshga qo’yiladigan
talablarni hisobga olib, individual, taktik tayyorgarlik elementlarini har
tomonlama rivojlantirish zarur.
Bu bo’limni ilmiy ta’minlash esa ortda qolayotganlardan
hisoblanadi. Va bu soxada ayrim, individual yondoshish bilan bog’liq
bo’lgan
(konkret
taktik
harakatlarni
o’zlashtirishda)
uslubiy
tavsiyanomalargina
bor
xolos.
Ma’lumki,
kombinastiyalarning
o’rganishning birinchi bosqichida taktik harakatlar sitemasi haqida
umumiy tushuncha va usullar berilishi zarur. Masala echimida “qat’iy”
kanallar va “bloklar”shakllanadigan ikkinchi bosqichga kelsak bu erda
har bir basketbolchini umumiy va individual xususiyatlarini e’tiborga
olish zarur, ya’ni “blklar” (hal qiluvchi vaqt bilan bog’liq bo’lganda)
uchun operativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan; echimni qo’llash
vaqtidagi “blokda” esa sensamotor kordinastiyalari yaxshi rivojlangan
sportchilar mosdir, uchinchi bosqichda bu kanallarni kengaytirish kerak
(o’sha taktik sxemani boshqa shakllarini izlash), bunda bir tomondan
basketbolchilarning individual xususiyatlarini, ikkinchi tomondan shu
jamoaga xos o’yin xarakterini e’tiborga olish kerak, to’rtinchi bosqichda
mana shu o’yin tizimsi taktik vositalarining torayishi yuz beradi, lekin
bu torayish butunlay boshqa darajada bo’ladi.
161
Bu ayniqsa, taktik vaziyatdan “chiqish” variantlarini izlashga
aloqador, yangi taktik kombinastiyani o’rganishning barcha bosqichlari
tugallangandan keyingina o’yinchilarning ruhiy sifatlarini maxsus
qobiliyatlar chegarasida rivojlantirishga, qabul qilingan taktik sxema
doirasida rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Mashq jarayonida sporchining shaxsiy harakatlarini anglay olishiga
asoslangan uslubiy yondoshuvga alohida e’tibor berish kerak. Buning
uchun kombinastiyalarni shakllantirish vaktida har bir o’yinchi o’z
shaxsiy harakatlariga baho berish bu harakatlarning rivojini tahlil qilib
berish uchun o’yinni to’xtatish maqsadga muvofiqdir. Bu usul yana
kombinastiya davomi rollarga bulinib, yangi o’yin ampluasida o’ynalsa,
yana ham boyishi mumkin.
Zamonaviy basketbolning asosiy tendenstiyalaridan yana biri qat’iy
qarshilikni oshirishdir. Amalda shakllangan va taktik, psixoligik
qarshilikka zarur sharoit yaratuvchi bir qancha uslubiy usullarni qayd
etish mumkin:
1.
Basketbolchilar aktiv qarshilik ko’rsatish bilan hal qiluvchi
taktik va texnik masalalar jarayonida o’yin mashqlari hajmini oshirish;
2.
Mashq davomida uyinni bir necha bor to’xtatilishi, bunda
murabbiy qo’qqisdan o’yinchilariga vaqtning kam qolganini va jamoa
bir qator masalalarni hal qilishi zarurligini (yo sezilar sezilmas g’alabani
saqlab qolishi, yo g’olib chiqayotgan raqibni quvib etishga harakat
qilishi zarurligini) xabar qiladi.
3.
O’yin oxirigacha hisobdan, yutukdan qat’iy nazar jamoa aktiv
harakat kilishiga majbur bo’lgan mashq o’yinlarini o’tkazadi.
4.
Tomoshabinlar shovqini yoki aksincha, suvquygandek jim-jit
tribunallarga, atrof sharoitiga e’tibor bermay, butun diqqatni to’p
tashlashga qaratishni va to’p tashlashni tarbiyalash;
5.
“Bir kishi hamma uchun” qoidasini kiritish va amal qilish;
bunda bir uyinchiga bir qator jarima to’plarini tashlash topshiriladi, u
vazifani bexato bajarsa, butun jamoa dushga kiradi, agar xatoga yo’l
qo’ysa, butun jamoa hisob-kitob qiladi, ya’ni zal tevaragida bir necha
bor aylanadi va yana boshqa o’yinchi shu vazifani bajarishga kirishadi;
Texnik, taktik tayyorgarlik rivojlantirish rezervlarini axtarish
konkret
o’yinchining
individual
xususiyatlaridan
maksimal
foydalanishga asoslanishi kerak. Bunga o’z tajribamizdan bir misol
keltirish kifoya. O’z vaqtida markaziy o’yinchilardan birining taktik
qobiliyatini
rivojlantirishga
umumqabul
qilingan
uslubdan
162
foydalanishga juda ko’p kuch sarflangan edi. Bu o’yinchining taktik
qobiliyatlari yo’q deb hisoblanar edi.
Keyinchalik chuqur pedagogik-psixologik tekshirishlar shuni
ko’rsatadiki, bu sportchi tez haol qilinuvchi masalalarni echishga moxir
ekan-ku, lekin ma’lumotlarni tez qabul qila olmas ekan, diqqat doirasi
nisbatan tor ekan. E’tibor uning taktik tayyorgarchiligiga karatilgach,
uning sport mahoratining oshishiga yordam berdi. Demak, har bir
sportchining qobiliyat malakalarini har tomonlama o’rganish, tekshirish,
uning kuchli xususiyatlariga tayanib, ortda qolayotgan xususiyatlarini
tarbiyalash o’z ijobiy natijasini berar ekan.
Dostları ilə paylaş: |