165
XIII-Bob. Basketbol o’yin qoidasi va musobaqa tashkil qilish
asoslari
13.1 O’yinning mohiyati va mazmuni
Basketbol o’yinida har biri besh o’yinchidan iborat ikkita jamoa
qatnashadi. Har ikkala jamoaning maqsadi raqib savatiga to’p
tashlash
va boshqa jamoaning to’pni egallab
olishiga hamda uni savatga
tashlashga qarshilik ko’rsatishdan iborat. To’pni uzatish, savatga
tashlash, dumalatish yoki maydonda istagan tomonga olib yurish quyida
bayon etilgan qonunlarga rioya qilingan sharoitdagina mumkin.
O’yin maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida, yuzasi qattiq,
yassi
hamda to’siqlardan holi joy bo’lishi kerak. Olimpiada turnirlari va
Jahon birinchiligi o’yinlari uchun maydon o’lchovlari uzunligi 28-m x
15-m bo’lishi va ular chegaralangan chiziqning ichki tomonidan
o’lchanishi kerak.
Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar,
masalan, zonal hamda kontinental musobaqalarda zonal komissiya yoki
ichki
musobaqalar
uchun
Milliy
Federatsiya
mavjud
o’yin
maydonlarining quyidagicha o’lchovini tasdiqlash huquqiga ega:
o’zgartirishlar bir-biriga proporsional bo’lish
sharti bilan, 4-m
uzunligiga va 2-m eniga qisqartirish mumkin.
Barcha yangi qurilayotgan maydonlar FIBAning muhim rasmiy
musobaqalari uchun xos bo’lgan talablarga mos, ya’ni 28-m x 15-m
bo’lishi lozim.
Shift balandligi 7-m dan past bo’lmasligi va etarli darajada
yoritilgan bo’lishi zarur. Yorug’lik manbalari o’yinchilarga
xalaqit
bermaydigan joylarda o’rnatilishi shart. O’yin maydoni yaxshi
ko’rinadigan chiziqlar bilan belgilangan bo’lishi va bu chiziqlar istagan
nuqtada tomoshabinlar, reklama to’siqlari va boshqa g’ovlardan kamida
2-m uzoqlikda joylashishi kerak. Maydonning uzun tomonlarini
belgilovchi chiziqlar-yon chiziqlar, qisqa
tomonlarini belgilovchi
chiziqlar esa-yon chiziqlar deb atalishi lozim. Chiziqlar shunday
chizilishi kerakki, ular yaqqol ko’rinadigan va eni 0,5-sm bo’lishi kerak.
Markaziy doira radiusi 1,80-m ga teng bo’lishi va maydon markazida
belgilanishi kerak. Radius doiraning tashqi chekkasigacha o’lchanishi
shart. Markaziy chiziq yon chiziqlariga parallel holda yon chiziqlari
o’rtasidan o’tkazilishi va har ikkala yon chiziqlaridan 15-sm tashqariga
chiqib turishi kerak. Maydonning raqib shiti orqasidagi yon chizig’i va
166
markaziy chiziqning yaqin chekkasi o’rtasida
joylashgan qismi
jamoaning old zonasi hisoblanadi. Maydoning qolgan qismi, shu
jumladan, markaziy chiziq ham jamoaning orqa zonasi hisoblanadi.
Polning maydonda ajratilgan va ikkita yoy hosil qiladigan chiziqlar
bilan chegaralangan qismi o’yindan 3-ochkoli to’plarni tashlash zonalari
bo’lib hisoblanadi. Har bir yoy savatning mutloq markaziga to’g’ri
perpendikulyar bo’lgan poldagi nuqtani
markaz qilib belgilab turib,
tashqi qirrasigacha 6,25-radiusli yarim doira shaklida chiziladi va
parallel holda yon chiziqlariga davom ettirilib, yon chiziqlarida tugaydi.
Maydonda ajratiladigan yon chiziqlari, jarima to’pini tashlash
chiziqlari va yon chiziqlaridan o’tkaziladigan chiziqlar bilan
chegaralangan pol qismi chegaralangan zonalar hisoblanadi. Ularning
tashqi chegaralari yon chiziqlarining o’rtasidan 3-m uzoqlikda bo’ladi,
jarima to’pini tashlash chizig’ining tashqi chekkasida tugaydi.
Maydon. Uning o’lchovlari.
Ikki va uch ochko tashlash zonasi.
УЧ ОЧКОЛИК ЗОНА
Ўйин йўналиши
Икки
очколик
зона
Dostları ilə paylaş: