O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


165 
XIII-Bob. Basketbol o’yin qoidasi va musobaqa tashkil qilish 
asoslari 
 
13.1 O’yinning mohiyati va mazmuni 
 
Basketbol o’yinida har biri besh o’yinchidan iborat ikkita jamoa 
qatnashadi. Har ikkala jamoaning maqsadi raqib savatiga to’p tashlash 
va boshqa jamoaning to’pni egallab olishiga hamda uni savatga 
tashlashga qarshilik ko’rsatishdan iborat. To’pni uzatish, savatga 
tashlash, dumalatish yoki maydonda istagan tomonga olib yurish quyida 
bayon etilgan qonunlarga rioya qilingan sharoitdagina mumkin. 
O’yin maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida, yuzasi qattiq, yassi 
hamda to’siqlardan holi joy bo’lishi kerak. Olimpiada turnirlari va 
Jahon birinchiligi o’yinlari uchun maydon o’lchovlari uzunligi 28-m x 
15-m bo’lishi va ular chegaralangan chiziqning ichki tomonidan 
o’lchanishi kerak. 
Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, 
masalan, zonal hamda kontinental musobaqalarda zonal komissiya yoki 
ichki 
musobaqalar 
uchun 
Milliy 
Federatsiya 
mavjud 
o’yin 
maydonlarining quyidagicha o’lchovini tasdiqlash huquqiga ega: 
o’zgartirishlar bir-biriga proporsional bo’lish sharti bilan, 4-m 
uzunligiga va 2-m eniga qisqartirish mumkin. 
Barcha yangi qurilayotgan maydonlar FIBAning muhim rasmiy 
musobaqalari uchun xos bo’lgan talablarga mos, ya’ni 28-m x 15-m 
bo’lishi lozim. 
Shift balandligi 7-m dan past bo’lmasligi va etarli darajada 
yoritilgan bo’lishi zarur. Yorug’lik manbalari o’yinchilarga xalaqit 
bermaydigan joylarda o’rnatilishi shart. O’yin maydoni yaxshi 
ko’rinadigan chiziqlar bilan belgilangan bo’lishi va bu chiziqlar istagan 
nuqtada tomoshabinlar, reklama to’siqlari va boshqa g’ovlardan kamida 
2-m uzoqlikda joylashishi kerak. Maydonning uzun tomonlarini 
belgilovchi chiziqlar-yon chiziqlar, qisqa tomonlarini belgilovchi 
chiziqlar esa-yon chiziqlar deb atalishi lozim. Chiziqlar shunday 
chizilishi kerakki, ular yaqqol ko’rinadigan va eni 0,5-sm bo’lishi kerak. 
Markaziy doira radiusi 1,80-m ga teng bo’lishi va maydon markazida 
belgilanishi kerak. Radius doiraning tashqi chekkasigacha o’lchanishi 
shart. Markaziy chiziq yon chiziqlariga parallel holda yon chiziqlari 
o’rtasidan o’tkazilishi va har ikkala yon chiziqlaridan 15-sm tashqariga 
chiqib turishi kerak. Maydonning raqib shiti orqasidagi yon chizig’i va 


166 
markaziy chiziqning yaqin chekkasi o’rtasida joylashgan qismi 
jamoaning old zonasi hisoblanadi. Maydoning qolgan qismi, shu 
jumladan, markaziy chiziq ham jamoaning orqa zonasi hisoblanadi. 
Polning maydonda ajratilgan va ikkita yoy hosil qiladigan chiziqlar 
bilan chegaralangan qismi o’yindan 3-ochkoli to’plarni tashlash zonalari 
bo’lib hisoblanadi. Har bir yoy savatning mutloq markaziga to’g’ri 
perpendikulyar bo’lgan poldagi nuqtani markaz qilib belgilab turib
tashqi qirrasigacha 6,25-radiusli yarim doira shaklida chiziladi va 
parallel holda yon chiziqlariga davom ettirilib, yon chiziqlarida tugaydi. 
Maydonda ajratiladigan yon chiziqlari, jarima to’pini tashlash 
chiziqlari va yon chiziqlaridan o’tkaziladigan chiziqlar bilan 
chegaralangan pol qismi chegaralangan zonalar hisoblanadi. Ularning 
tashqi chegaralari yon chiziqlarining o’rtasidan 3-m uzoqlikda bo’ladi, 
jarima to’pini tashlash chizig’ining tashqi chekkasida tugaydi. 
Maydon. Uning o’lchovlari. 
Ikki va uch ochko tashlash zonasi. 
УЧ ОЧКОЛИК ЗОНА 
Ўйин йўналиши 
Икки 
очколик 
зона 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə