O’. A. Farmanov


 O’quv-mashq jarayonini rejalashtirish va tashkillashtirish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

12.1. O’quv-mashq jarayonini rejalashtirish va tashkillashtirish 
 
Sport mashqlarini rejalashtirish-jamoa yoki sportchi tayyorgarligi 
vazifalarini hal qilishning izchilligini ta’minlovchi harakatlar tizimidir. 
Bu harakatlar mashqlar vositalari, uslub va sharoitlarini, musobaqa va 
qayta qurishlarni o’z ichiga olgan bir tizim ostiga yig’iladi. 
Rejalashtirish faqatgina tayyorgarchilik mazmuninigina emas, bu 
jarayonni boshkaruvini ham ta’minlaydi. 
Amaldagi rejalashtirish tuzumini va etakchi, oliy toifadagi jamoalar 
ish faoliyatiga oid ish qog’ozlari, hujjatlarni tahlili shuni ko’rsatdiki, 
hali rejalashtirish tuzumini ham, bu tuzum alohida elementlarini ham 
rivojlantrish zarur ekan. 
Mashq 
jarayonini 
rejalashtirishning 
yangi 
va 
nisbatan 
rivojlanganroq ko’rinishi sportchilarni maqsadga muvofiq tayyorlashga 
asoslangan programmalashtirishdir. 
Programmalashtirishning 
boshlang’ich 
zamini 
sifatida 
mashqlarning yillik siklini tuzish va sportchi holati modeli turadi. Yillik 
sikl doirasi mashqlarning katta bosqichlari deb atalib, yillik 
mashqlarning aniq maqsadga muvofiq dastur-yo’nalishlarga ega. 
Ustalar jamoalarini tayyorlash 3-ta katta bosqichga ajratiladi: 
I.“Klub tayyorgarchiligi bosqichi” deb nomlangan katta bosqich 6-
oy (avgust boshi-mart o’rtasi) davom etadi; bu vaqtda oliy liga 
o’yinchilari klubda tayyorlanadilar. Bu bosqich 2-bosqichga ajratiladi: 
tayyorgarlik; musobaqa. 
O’z vaqtida tayyorgarchilik davri funksional va tezlik, kuchni 
tarbiyalovchi; texnik, taktik (sentyabrdan 15-kun davomida); musobaqa 
oldi tayyorgarchiligi 
(15-kun davomida)ni o’z ichiga oladi. 


163 
Musobaqa davri 4 ta mezosikldan iborat: 
1) o’yinlarni o’z ichiga oladi. (oktyabr-dekabr) turlar orasida 20-
kunlik intervallari bo’lgan birinchilik o’yinlari; 
2) o’z ichiga qisqa markazlashgan tayyorgarlik va turlarni oladi
3) o’z ichiga klubda tayyorgarlik (4-hafta) va keyingi tur o’yinlarini 
(fevralgacha); 
4) klubda tayyorgarlikni (20-26 kun) va turdagi matchlarni o’z 
ichiga oladi. 
“Markazlashgan tayyorgarchilik bosqichi” shartli nomi bilan 
atalgan katta bosqich yilning asosiy musobaqasiga tayyorlanish davrida 
(mart o’rtasi aprel boshida 10-12 kun) qayta tiklash stiklini; mashq 
musobaqa komplekslarini, turnir va mustaqil qayta tiklash tadbirlarini 
amalga oshiradi. 
“Qo’shimcha markazlashgan tayyorgarchilik bosqichi” deb atalgan 
katta bosqich. U ikki mezosikldan iborat: aniqlovchi (ustanovochniy)-
uning boshlanishi va davomiyligi yilning asosiy musobaqalari muddati 
bilan aniqlanadi; musobaqa tekshiruvchi (tekshiruv turnirlarida ishtirok 
etish).TSK va BE farqli o’laroq UTSda jamoa rivojlanishi bilan bog’liq, 
o’yining yangi formalari tayyorlanishning yangi usullarini qo’llash bilan 
bog’liq strategik vazifalar hal etiladi. Zamonaviy sportning bir 
tendensiyasi sifatida rejalashni, sport faoliyatini boshqarishga har 
tomonlama intilish ko’rsatish mumkin. Bu o’quv-mashq ishlarining 
xissadorlik yo’nalishida aniq ko’rinadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə