O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 
 



I-BOB. JAHONDA VA O’ZBEKISTONDA BASKETBOLNING 
RIVOJLANISH TARIXI 
 
1.1. O’yinning tavsifi va mohiyati va jahonda basketbolning 
rivojlanish 
Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning 
dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusest 
shtati) xristian - ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning 
anatomiya va fiziologiya o’qituvchisi doktor Jeyms A.Neysmit 
talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg’ulotlarini bir qator 
jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o’yinning 
dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan 
iborat bo’lgan o’sha o’yinning dastlabki qoidalari 1892 yil 15 yanvarda 
“Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. 
Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l 
bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda erga urilgan vaqtda 
to’p erdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan. 
Bunday o’yinning avj olishi hozirgi zamon basketbol ishqibozlarini 
hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o’sha zamonlarda ham o’yinning 
nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli 
terishga mo’ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o’rnatib 
qo’ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o’tirgan. Uning 
vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni 
savatcha ichidan olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat 
bo’lgan. 
1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida 
basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu 
o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 
1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga 
esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan 
o’tkazilgan ekan. Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har 
biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu 
qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada o’yin qoidasidan nusxa ko’chirib 
berishni so’rab Neysmitni xoli-joniga qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 
yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 
ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda 
ham amal qilmoqda. Prinstip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan 
farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin. 



Neysmit o’yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab 
qo’ymagan. Uning ta’rificha, o’yinda uch kishidan boshlab 40 
kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon 
har jamoada 9 kishi bo’lishi edi. Futbol o’yinidan nusxa ko’chirib 
o’yinchilarni uchta xujumchiga uchta ximoyachiga ajratib qo’yilgan edi. 
Ularga faqat o’z “zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi. 
1892 yil 11 martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta 
tomoshabinlar xuzurida o’yin o’tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 
kishi to’plandi. Talabalar o’z o’qituvchilari bilan o’ynaydilar va 5:1 
hisobida g’olib chiqtilar. Shunday keyin o’yin keng miqyosida 
rivojlanib ketdi va xuddi 1892 yilning o’zida Meksikada ham basketbol 
o’ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o’tgach Lyu Allen Xartford 
shahrida noqo’lay savatchalarni - shaftoli terishga mo’ljallangan ushbu 
savatlarni simdan to’qilgan silindr shaklidagi og’ir savatchalar bilan 
almashtirdi. 
O’yin yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha 
takomillashtirildi. Chunonchi, 1893 yilda birinchi marta o’chitga tegib 
qaytadigan va to’pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan 
saqlaydigan qurilma va unga to’r xalta biriktirilgan temir halqa 
o’rnatildi. Shitning kattaligi 3,6x1,8 m bo’lgan. Oradan bir yil o’tgach, 
to’pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2-
81,8 sm)ga etkazildi. 1895 yilga kelib o’yin qoidalariga jarima to’pi 
tashlash kiritildi. Jarima to’pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar 
edi. Oradan ko’p o’tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin 
shit esa o’zining hozirgi kattaligiga 1895 yilda erishadi. Ayni maxalda 
shitni oq rangga bo’yab qo’yganlar, 1909 yilga kelib esa shitni yaltiroq 
plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to’pni olib yurish qoidasi 
1896 yilda kiritilgan. To’pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. 
Oradan uch yil o’tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to’pi 
maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to’piga almashtirildi. O’yin 
texnikasining tez takomillashishi va o’yinchilar harakatchanligining 
ortib borishi shunga olib keldiki, 1896 yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 
9 o’yinchi bilan cheklab qo’yish to’g’risida bir bitimga kelishildi. 
O’yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o’yin maydonining 
kattaligiga bog’liq bo’lgan. Tez orada jamoadagi o’yinchilar soni 
butunlay standart xolgan keltirildi: ya’ni bir vaqtning o’zida 5 kishidan 
ortiq o’yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo’ldi. 
1892 yilning mart oyida ushbu o’yinni “ilk ixtirochi”lari jamoalari 
o’rtasida dastlabki o’yin o’tkaziladi. Ular Bekingem maktabining 



o’qituvchilari va stenografistlari edi. Jamoadagi o’yinchi qizlardan biri 
Mod Sherman bu o’yinda o’z baxtini ham topdi – u Djeyms Neysmitga 
turmushga chiqdi. 
1893 yil 22 martda juda ko’p tomoshabinlar xuzurida Smit 
kolledjining birinchi kurs qizlari bilan ikkinchi kurs qizlari o’rtasida 
birinchi rasmiy o’yin o’tkazildi. Unda katta qizlar 5:4 hisobi bilan 
g’alaba qildilar. Qizig’i shundaki, o’yinni tomosha qilgan tomoshabinlar 
ishqibozlar orasida birorta ham erkak bo’lmagan. Buning sababi 
erkaklarga zalga kirish man etilgan bo’lib sababi basketbolchilar kalta 
yubkalarda o’yinga tushgan edilar. 
1896 yilda qizlarning Xristian assosiasiyasi ushbu o’yinni kam 
harakat va qizlar uchun qulayroq qilish maqsadida basketbol bo’yicha 
o’yin qoidalarini qayta ko’rib chiqadi. O’sha paytdan boshlab 
basketboldan xoli ravishda “netbol” (net – to’r, bol – to’p) o’yini 
rivojlana boshlaydi. Shu yilning o’zida AQShda basketbol bo’yicha 
rasmiy musobaqalar bo’lib o’tadi. Oradan 6 yil o’tgach birinchi bor 
studentlarning mintaqalararo o’yini tashkil etiladi. Xuddi o’sha yili 
Buffalo shahrida tashkil etilgan Panama - Amerika qo’shma 
ko’rgazmasida basketbol o’yini “eksponat” sifatida ko’rsatildi. 
AQShda tuzilgan basketbol o’yini oradan ko’p o’tmay Xitoy, 
Filippin, 
Angliya, 
Fransiya, 
Italiya 
singari 
dunyoning 
ko’p 
mamlakatlariga tarqalib ketadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə