O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
1.2.
 
Basketbolning rivojlanish bosqichlari 
 
1 bosqich.
1891-1918 yillarni o’z ichiga olib, basketbolning yangi 
o’yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga 
gimnastika darslarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-
sekin sport o’yiniga aylanib, uning o’ziga xos barcha xususiyatlari 
shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o’yin qoidalari yaratiladi. 
Uning o’yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O’yinda ishtirok 
etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funkstiya 
vazifalar belgilab beriladi. 
2 bosqich.
1919-1931 yillardan iborat bo’lib, bu davr milliy 
basketbol federastiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa 
basketbolning sport o’yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo’yicha halqaro turnir 
- musobaqalar o’tkaziladi. 



3 bosqich.
1932-1947 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr butun 
dunyo bo’yicha basketbol o’yini har tomonlama rivojlanganligi bilan 
xarakterlidir. Bu davrda basketbol o’yini federatsiyasi (FIBA) tashkil 
etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya 
turidagi o’yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo’ladi. Shu davrda 
sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. 
Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi. 
4 bosqich.
1948-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda butun 
dunyoda basketbol o’yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan 
sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport mahoratining o’sishi ham ana 
shu davrga to’g’ri keladi. To’pni bir qo’l bilan otish qoidasi paydo 
bo’ladi, raqibning hujumiga qarshi o’zini himoya qilish texnikasi va 
taktikasida ancha murakkab usullar paydo bo’ladi. Mini-basketbol 
o’yini vujudga kelib, dunyo bo’ylab tarqala boshlaydi. 
5 bosqich.
1986-1990 yillarda milliy Federatsiyalar soni ortadi. 
Milliy profisional basketbol uyushmalari (XBA) paydo bo’ladi. 
Basketbolchilarning halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o’yin texnikasi 
va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va 
hakamlik metodikasi takomillashtiriladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə