O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

1.3.
 
O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi 
 
O’zbekiston sportchilarini “basketbol” degan o’yin bilan birinchi 
marta Moskva instruktorlar va chaqiriq yoshidagi yigitlarni harbiy 
xizmatga tayyorlash maktabining bitiruvchisi Turkiston o’lkasiga 
xizmat safariga yuborilgan umumta’lim vakili L.Barxash tanishtirgan. U 
1920 yilning aprel oyida Skobalev (hozirgi Farg’ona) shahrida 
instruktorlardan va harbiy xizmatga chaqiriq yoshiga etayotgan 
o’smirlardan iborat basketbol jamoasi tashkil etadi. Ularga o’yin 
qoidasini tushuntirib namunaviy o’yinni o’ziga o’tkazib ko’rsatadi. 
28x16 metrli maydonchada o’rtasidan ikkita uzunasiga chiziq tortilgan 
chegara qo’yib, har birida 9 nafardan o’yinchi bo’lgan ikki jamoa 
uchrashadi. 
Toshkent shahrida basketbol jamoasini tuzgan kishi harbiy 
xizmatga chaqirish yoshiga etayotgan katta yoshli o’smirlar harbiy-
jangovar maktabining o’qituvchisi S.Stariy bo’lgan edi. Bu erda 
umumta’lim hovlisida tashkil etilgan basketbol maydonchasida 1920 
yilning sentyabr oyida birinchi o’yin bo’lib o’tgan edi. Unda har bir 
jamoada besh nafardan o’yinchi bo’lib to’p o’rnida futbol to’pidan 



foydalangan edilar. Halqa o’rniga sport maydonchasining har ikki 
chekkasidagi ustunlarga osib qo’yilgan tagi teshik eski chelaklardan 
foydalanilgan edi. 
Tashkil etilgan mana shu dastlabki namunaviyo’yinlar mahalliy 
yoshlarga va jismoniy tarbiya instruktorlariga ma’qul bo’lib, ularda 
katta taassurot qoldiradi. Toshkentda o’tkazilgan o’sha birinchi 
basketbol o’yini qatnashchisi M.D.Mogilevskiyning hikoya qilishiga
yigitlar har kuni kiyib yurgan egnilarida o’yinga tushishgan va ko’plari 
yalang oyoq o’ynashgan. O’yin boshdan-oyoq bir-biriga to’p otish va 
qo’liga tushgan to’pni osib qo’yilgan eski chelakka tashlashdan iborat 
bo’lgan. 
Bu 
erda 
o’yinning 
eng 
oddiy 
qoidalariga 
rioya 
qilinmaganligiga qaramasdan, yangi o’yin odamlarga kuchli hayajon 
uyg’otgan, vaziyatning tez-tez o’zgarib turishi bu erda to’plangan 
o’smirlar va yoshlarning diqqatini o’ziga tortgan. 
1920 yilning yozida va kuzida bir necha ko’rgazmali uchrashuvlar 
o’tkazildi. Yangi o’yinga qizlar ham qiziqa boshlashdi. Shu yili 
Andijonda jismoniy tarbiya instruktori I.Bluskiy rahbarligi ostida 
ayollar basketbol jamoasi tashkil etildi. Qizlar unga “Lochin” nomini 
berishdi. Basketbol jamoalarining tashkil etilishi mashg’ulotlar uchun 
joy ko’rish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 1921 yilda Toshkentda, 
Qo’qonda, Andijonda, Farg’onada komsomolning tashabbusi bilan va 
profsoyuzlarning 
faol 
qo’llab-quvvatlashi 
natijasida 
basketbol 
maydonchalari qurildi. Qayta qurilgan maydonlarning o’ziga xos 
tomoni shunda ediki, bunda o’chitlar va halqachalar yaratilgan edi. 
O’sha yiliyoq basketbol bo’yicha ikkita musobaqa o’tkazildi: “ikki 
haftalik” va “Chaqiruvchiga bo’lganlar haftaligi”. 
1921 yilning iyulida Toshkentda II O’rta Osiyo olimpiadasi 
o’tkazilayotgan vaqtda Farg’ona, Samarqand, Chernyayevning eng 
yaxshi ayollar basketbol jamoalari birinchi rasmiy musobaqalarni 
o’tkazdilar. “Doprizivnik” jurnali Farg’onalik qizlarning yaxshi 
tayyorgarlik ko’rganligini ta’kidlagan edi. Olimpiada basketbolning 
yanada rivojlanishi uchun yangi turtki berdi. Lekin yagona qonun-
qoidalarning yo’qligi, metodik va sport xarakterdagi axborotning yomon 
etkazilishi, basketbol o’yinining texnika va taktikasini yaxshi biladigan 
instruktorlik tarkibining yo’qligi basketbol jamoalarining mahoratini 
o’sishini to’xtatib turardi. 
1923 yilda Turkiston MIK qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha o’lka 
Soveti tuzildi. Jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining davlat 
boshqaruv fanlari paydo bo’lishi bilan jamoat tashkilotlarining sport 



o’yinlari, jumladan, basketbolni tashkil etishdagi faoliyati aktivlashadi. 
zavodlar, fabrikalar, o’rta va oliy o’quv yurtlarida sport to’garaklari 
ochila boshladi. 
1924 yilning avgustida Farg’ona, Poltorask, Toshkent, Sirdaryo va 
respublika poytaxti oliy o’quv yurtlarining terma jamoalari I-Butun 
Turkiston jismoniy tarbiya bayrami musobaqalarida uchrashdilar. 
Jismoniy va texnik tayyorgarligi o’z raqiblarinikida ustunroq bo’lgan 
Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari ushbu musobaqalarning 
g’oliblari bo’ldilar. Musobaqalarda taxminan 60 kishi ishtirok etdi. 
Musobaqalar “Moskva qoidalari” bo’yicha o’tkazildi. Yuzasi 26 x 15 m 
va to’g’ri to’rt burchak shaklida bo’lgan maydonchada o’ynashgan. 
Yuzaviy deb ataladigan qisqa chiziqlarning o’rtasida vertikal o’chitlari 
bo’lgan tirchaklar o’rnatilgan bo’lib, uning o’lchamlari 180 x 205 sm 
bo’lgan va er yuzasidan 270 sm balandlikda o’rnatilgan. O’chitning 
pastki chegarasidan 30 sm masofada unga gorizontal ravishda 
kronshteynga radiusi 18 sm bo’lgan temir halqa o’rnatilgan edi. Har biri 
20 daqiqadan bo’lgan 2 taym o’ynalar edi. O’yin davomida halqaga 
tashlangan to’p - 2 ochko, jarima to’pi sifatida tashlangan to’p esa - 1 
ochko keltirar edi. O’z raqibi halqasiga ko’proq to’p tushira olgan 
jamoa mutloq g’olib hisoblanar edi. 
Hech qanday kombinasiyalar bo’lmasdi, himoyachilar muayyan 
xujumchilarning yo’lini to’sar edilar, bunda chap himoyachi raqibning 
o’ng xujumchisini to’sar edi, markaziy o’yinchi esa faqat markaziy 
o’yinchi bilan shug’ullanar edi. Daqiqalik tanaffuslar bo’lmasdi. O’yin 
vaqtida o’yinchi almashtirish mumkin emasdi (baxsiz tasodiflardan 
tashqari) kamida 4 kishiga o’ynash ruxsat etilar edi. Markazdan o’yin 
boshlaydigan o’yinchi bir qo’lini orqasiga qilib olishi kerak edi.To’pni 
markazda o’ynatish vaqtida har ikkala jamoaning xujumchilari o’z 
raqiblarining maydonchasida zarur edi. 
O’sha zamon qoidalariga ko’ra, o’yinchi to’pni bir joyda 2 
soniyadan ortiq ushlab turishiga ruxsat berilmas edi. Bu to’pning bir 
o’yinchidan ikkinchisiga o’tib, doimo harakatda bo’lishiga va tez-tez 
uzatilishiga imkon berar edi. O’yinchilar nomerlanmas, protokollar 
tuzilmas edi. O’yinga bir kishi xakamlik qilar edi va hisob qanday 
bo’lganini tushirilgan har bir to’pdan keyin e’lon qilib turar edi. Erga 
tushgan to’pni 2 qo’llab olib savatchaga tushirish va havodagi to’pni bir 
qo’llab otib nishongna tushirish eng keng tarqalgan usullardan 
hisoblangan. Maxsus murabbiylar bo’lmagan. O’yin paytida to’pni 
albatta boshdan oshirib tashlaganlar, lekin ko’p hollarda ikki qo’llab 


10 
to’p tashlash va uni erdan olib pastdan yuqoriga birdan ko’tarib 
savatchani nishonga olish ko’proq rasm bo’lgan.Bora-bora basketbol 
yoshlar orasida keng tarqalib keta boshladi. 
1927 yilda u 1-Butun O’zbekiston Spartakiadasining dasturiga ham 
kiritildi. Ungacha esa shahar musobaqalari bo’lib o’tdi. Toshkent shahar 
birinchiligi uchun basketbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda 20 dan 
ortiq jamoa ishtirok etdi, Farg’onada 8 ta, Samarqandda 12, Andijonda 
6 ta jamoa ishtirok etidi. Ularning ayrimlari klublar bo’yicha tuzilgan 
bo’lib, matbaachilar (Toshkent) - 3 ta jamoa temir yo’lchilar 
(Samarqand, Andijon) - har biri 2 tadan, profinternchilar (Toshkent) - 3 
tadan jamoa tuzib o’ynaganlar. 
1928 yilning avgust oyida Moskvada 1 Butunmamlakat 
Spartakiadasi bo’lib o’tadi. Unda tarkibida 193 kishi bo’lgan. 
O’zbekiston sport delegasiyasi ham sportning spartakiada dasturiga 7 
turi bo’yicha ishtirok etadi. 
Basketbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda O’zbekiston terma 
jamoalari moskvaliklarga yutkazadilar va Zakavkaze Federastiyasi 
sportchilarini yutadilar. Final o’yinlarida mamlakat jamoasiga yutkazb, 
umumiy hisobga IV o’rinni egallaydilar. Shu erning o’zida basketbol 
jamoalari Franstiya ishchilar Federastiyasi jamoalari bilan Halqaro 
o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkaziladilar. Bunda erkaklar jamoasi 49:12, 
xotin-qizlar jamoasi 24:12 hisobida g’olib chiqadilar. 
1930 yil noyabr oyida bo’lib o’tgan kasaba soyuzlarining jismoniy 
tarbiya bo’yicha I Butunmamlakat konferensiyasi jismoniy tarbiya 
tugaraklarini bevosita zavod va fabrikalarda hamda o’quv yurtlarida 
tashkil etiladigan jamoalarga hamda o’quv aylantirish to’g’risida qaror 
qabul qiladi. 
Quyidagi faktlar o’sha davrda basketbol tobora ommaviylashib 
borganligini ko’rsatadi: u II Butun o’zbek kasaba uyushmalari 
Spartakiadasining (1935 yil, iyun), Samaraqandda o’tkazilgan xotin-
qizlar jismoniy tarbiya bayrami (1935 yil, avgust), Toshkentda 
o’tkazilgan idoralararo spartakiada (1935 yil, sentyabr) dasturlariga 
kiritiladi. Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Buxoro shaharlarida alohida 
birinchiliklar o’tkaziladi. Xuddi o’sha yili “Spartak”, “Lokomotiv”sport 
jamiyatlari tuzildi. Ushbu jamoalarda o’quv-mashg’ulot jarayoni bilan 
shug’ullanadigan murabbiylar paydo bo’ladi. Chunonchi “Lokomotiv” 
jamiyatida 
M.Fedorov, 
“Spartak”da 
A.Kirillov, 
“Dinamo”da 
I.Konstantinov murabbiylik vazifasini bajaradilar. O’zbekiston erkaklar 
terma jamoasining birinchi murabbiyi K.K.Morozov bo’lgan edi. 


11 
Chambar halqalarni (1936 yil sentyabr oyida) doira shaklida temir 
halqalar bilan texnik jihatdan ancha takomillashtirilgan halqalar 
almashtirilishi to’pni ko’krakdan ikki qo’llab va elkadan bir qo’llab har 
harakat vaqtida ham turgan joyidan halqaga tushirish imkonini berdi 
(to’pni uzatish va olib yurish texnikasi yaxshilandi). 
1937 yildan boshlab terma jamoalar o’rtasida basketbol bo’yicha 
Respublika musobaqalari o’tkazila boshladi, sport jamiyatlari jamoalari 
g’oliblari o’zaro shahar, viloyat birinchiligi o’tkaza boshladilar. G’olib 
chiqqan jamoaga “chempion” unvoni berilib, ularga Butunmamlakat 
musobaqalarda O’zbekiston tarafini himoya qilish huquqi ham 
beriladigan bo’ldi. 
1939 yil yanvaridan boshlab yangi qoidalar joriy etila boshlandi: 
zahirada o’yinchilarga ega bo’lishga ruxsat berildi. “O’yinchiga sof vaqt 
ajratish” qoidasi joriy etildi, “uch sekund” qoidasi mavjud edi. Man shu 
punktning joriy etilishi bilan o’yin ancha dinamik xarakter kasb etadi. 
Bunga yana qoidalarning to’pni to’xtamasdan doira chizig’idan 
to’g’ridan-to’g’ri to’pni halqaga tushirilgan hollarda (o’yinni har safar 
markazdan boshlamasdan) o’yinni to’xtatmasdan to’pni o’yinga 
kiritishga ruxsat beradigan boshqa bir punkt ham o’yin dinamikasini 
oshirdi. Ilgari bir o’yinchi tomonidan shaxsan yo’l qo’yish mumkin 
bo’lgan xatolarning soni 4 xato bilan chegaralanib quyildi, jarima 
to’pini tashlash huquqi aziyat chekkan o’yinchining o’ziga beriladigan 
bo’ldi. O’sha qoidalar bo’yicha basketbol halqasining aniq o’lchovlari 
ham belgilab qo’yildi (diametri 45 sm, to’pning og’irligi 600-650 gr) 
hamda barcha basketbol maydonchalari uchun yagona o’lchovlar 26 x 
14 m tarzida belgilab qo’yildi.
1939 yilning qish davri mobaynida ko’rgazmali hakamlik o’yinlari 
o’tkazildi. Ulug’ Vatan urushi boshlanishi bilan O’zbekiston jismoniy 
tarbiya tashkilotlari o’z ishlarini urush davri talablari asosida qayta 
tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, harbiy 
o’quv punktlari tuzildi. 
1943 yilga kelib jismoniy tarbiya - ommaviy ishlar, shu jumladan, 
basketbol ham asta-sekin tiklana boshlaydi. Shu yili basketbol bo’yicha 
shahar birinchiliklari bo’lib o’tadi. Shahar birinchiligidan keyin 
Respublika birinchiligi uchun musobaqalar tashkil etilib unda “Dinamo” 
(Toshkent) jamoasining o’yinchilari ayollar o’rtasida chempion 
bo’ladilar. Markaziy armiya klubi (Toshkent) jamoasi erkaklar o’rtasida 
chempion bo’ladi. 
1944 yili avgust oyida Tbilisida basketbol bo’yicha XI mamlakat 


12 
birinchiligi o’yinlarining bayrog’i ko’tarildi. Bu yerda DKA 
O’zbekiston ayollar jamoasi ishtirok etadi. Lekin u muvaffaqiyatli chiqa 
olmaydi va to’qqizinchi o’rinni egallaydi. 
1945 yilda Respublika spartakiadasi o’tkaziladi. U tamom 
bo’lganidan keyin O’zbekiston jamoalari Frunze shahrida o’tkazilgan 
O’rta Osiyo va Qozog’iston spartakiadasida ishtirok etadilar. Unda 
O’zbekiston sportchilari basketbol bo’yicha va sportning boshqa turlari 
bo’yicha birinchi o’rinni egallab g’olib chiqadilar. 
1946 yilda O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport ishlari komiteti 
Toshkent shahrida sport bo’yicha birinchi instruktorlar maktabini 
ochadi. 
1947 yilda o’yin qoidalariga o’zgarishlar kiritiladi. Protokollarga 12 
kishini kiritishga ruxsat beriladi. Musobaqalarning shiddat bilan 
o’tkazilishi har bir o’yinga ikkitadan hakam tayinlash zaruriyatini 
tug’diradi. 
1947 yilda Butun mamlakat paradi o’tkazilganidan keyin 
O’zbekiston basketbol bo’yicha birinchiligi uyushtirildi. Unda 8 ta 
erkaklar jamoasi uch guruhdagi Butunmamlakat musobaqalarida 
ishtirok etib, V o’rinni egallaydi. 
1948 yilda aprel oyining oxirlarida O’rta Osiyo rstpublikalari 
poytaxtlaridan uchrashuvlari tashkil etildi. Bunda O’zbekiston ayollar 
jamoasi barcha tengdoshlaridan g’olib chiqib I-o’rinni egallaydi. 
Erkaklar jamoasi esa faqat Olma-ota shahar jamoasiga yutkazib II-
o’rinni oladi. 
1949 yil yoz davrida O’zbekiston terma jamoalari mamlakat 
birinchiligi uchun o’tkazilgan o’yinlarda qatnashdilar. Unda erkaklar 
XVIII o’rinni, ayollar esa XX o’rinni oldilar. 
1950 yilda Frunze shahrida basketbol bo’yicha O’rta Osiyo 
rstpublikalarining III an’anaviy musobaqalari o’tkaziladi. Unda o’zbek 
basketbolchilari g’olib chiqadilar. 
1951 yilda o’smirlar o’rtasida O’rta Osiyo chempionati birinchi 
marta o’tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar I o’rinni egallaydilar. 
Respublikamiizning terma jamoasi Xarkov shahrida o’tkazilgan 
Mamlakat terma jamoalari o’rtasida o’tkazilgan o’yinlarda qatnashib, 
VII o’rinni egallaydi. O’sha kezlarda matbuotda tez-tez metodik 
mazmundagi maqolalar paydo bo’la boshlaydi.
1958 yilning birinchi yanvardan boshlab basketbol bo’yicha yangi 
qoidalar, yangi sport klassifikatsiyasi amal qila boshlaydi. Yangi sport 
klassifikastiyasidagi yosh talablari sport natijalarini oshirishga ijobiy 


13 
ta’sir ko’rsatadi. Huddi shu yili o’smirlar jamoalari o’rtasida, O’rta 
Osiyo va Qozog’iston Respublikalari poytaxt terma jamoalari o’rtasida 
an’anaviy musobaqalar bo’lib o’tadi. Shuningdek, musobaqa o’tkazish 
soxasida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi: endi musobaqalar ikki yosh 
guruhlari bo’yicha o’tkaziladigan bo’ladi. Shu bilan bizning yigit-
qizlarimiz Dnepropetroovsk shahrida bo’lib o’tgan Butunmamlakat 
musobaqalarida ishtirok etadilar. Hamda qizlar IX o’rinni, yigitlar XI 
o’rinni egallaydilar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, o’sha kezlarda 
ko’pchilik jamoalarning tarkibi yosh o’yinchilar hisobiga kengaytirildi 
va yangilandi, ko’pchilik jamoalarning texnik tayyorgarlik darajasi 
yuksaldi. Chunonchi, erkaklar jamoalarining o’yinchilari Toshkent 
shahridagi eng yaxshi basketbolchilarning o’yin taktikasini mohirlik 
bilan qo’llab boshladilar. “Tez yorib o’tish” usuli bo’yicha o’ynab 
raqibning yo’lini to’sish metodlari qo’llanib raqib o’chiti yonida 
markaziy 
o’yinchini 
chalg’itish 
kombinatsiyalari 
qo’llanilib 
o’ynalganida o’yinchini shaxsiy himoyalash yo’llaridan ham tez-tez 
foydalaniladigan bo’ldi. 
1955 yil - bu sobiq mamlakat xalqlari Spartakiadasiga tayyorgarlik 
yili bo’ldi. Bir yili ichida 10 ta sport masteri, 348 ta razryadchi 
sportchilar tayyorlandi. Huddi shu yili Jismoniy tarbiya instituti tashkil 
etildi. Shu yili yana Toshkent shahar Oliy o’quv yurtlari birinchiligi 
uchun musobaqalar o’tkazildi. Uning g’oliblari Butunmamlakat 
talabalar o’yinida ishtirok etadilar. 
1956 yilning avgust oyida Moskvada sobiq mamlakat xalqlarning 
Spartakiadasi ochildi, unda o’zbek basketbolchilari V o’rinni 
egalladilar. 
1958 yilda basketbol bo’yicha XXI va O’zbekiston o’rtasida 
birinchi marta halqaro uchrashuv o’tkazildi. Unda mehmonlar g’olib 
chiqdilar. 
1959 yilda X O’zekiston spratakiadasi bo’lib o’tdi. Spartakiada 
tamom bo’lganidan keyin Respublika terma jamoasi Moskva, 
Leningrad, Tallin, Riga shaharlarida safarda bo’ldi. Bu shaharlarda 
o’zining jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun terma 
jamoamiz mamlakatning eng kuchli jamoalari bilan bo’lgan 
uchrashuvlarda katta tajriba to’pladi. 
1964 yildan boshlab o’zbek basketbolchilari “A” klassi bo’yicha 
oliy liga jamoalari bilan baravor mamlakat chempionatida ishtirok etib 
g’olib jamoalar jadvalida 10-12 o’rinni egalladi. 
1970 
yildan 
1990 
yilgacha 
bo’lgan 
davrda 
o’zbek 


14 
basketbolchilarining “Universitet” erkaklar jamoasi “SKIF” xotin-qizlar 
jamoasi Butunmamlakat turnirlarida, mamlakat chempionatlarida, 
“Burevestnik” O’zbekiston sharafini himoya qiladi. O’yinchilarimiz 
orasidan ko’pgina mashhur basketbolchilar etishib chiqdi. R.Salimova, 
A.Jarmuxamedov, E.Tornikidu shular jumlasidan bo’lib, ular mamlakat 
terma jamoasining a’zolari edilar. 
1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’ldi. Halqaro 
maydonda o’zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir 
qiyinchiliklar vujudga keldi. 
1992 yil yanvarida O’zbekiston Milliy Olimpiya Komiteti qayta 
tashkil etiladi, huddi shu yili O’zbekiston Halqaro Olimpia Qo’mitasi 
(XOQ) ga a’zo bo’lib kiradi. O’zbekiston basketbolchilari shundan 
keyin tez-tez qatnasha boshlaydilar. Masalan, 1996 yilda bizning xotin-
qizlar jamoamiz Pokistonda o’tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, II 
o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoamiz 1995 yilda Seul shahrida 
o’tkazilgan XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o’rinni 
egallaydi. 
1996 yilda AQShda Armiya klublari o’rtasida musobaqalar 
o’tkaziladi. Bu erda bizning miliy jamoamiz SSKA (MHSK) VII o’rinni 
egalladi. 
1997 yilda Malayziyada erkaklar jamoalari o’rtasida Halqaro turnir 
o’tkazildi. Bu erda o’zbek basketbolchilari uch g’alabaga erishib, yarim 
final o’yinlarida Rossiya jamoasiga yutkazib quydilar va umumiy 
hisobda III o’rinni egalladilar. O’zbekiston Respublikasini o’z 
mustaqilligiga erishgandan so’ng 3 ta halqaro toifadagi 12 ta milliy 
toifadagi hakamlar tayyorlandi. Har yili erkaklar va ayollar jamoalari 
o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika Kubogi va birinchiligi 
o’tkaziladi. “MHSK” jamoasi 16 karra Respublika birinchiligida g’alaba 
qozonib shohsupaning yuqorisiga ko’tarilgan. 1991-1995 yillar 
oralig’ida ayollar jamoalari o’rtasida “SKIF” jamoasi Respublika 
birinchiligida g’olib bo’lgan bo’lsa, 1996 yildan hozirgi kungacha 
Navoiyning “Nika” jamoasi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. 
Har yili g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoa o’yinchilaridan 20 dar ortiq 
o’yinchiga sport ustasi unvoni berilib kelinmoqda. 
Mamlakatimiz terma jamoasi Osiyo birinchiliklari saralash 
musobaqalariga muntazam qatnashib kelmoqda. Hozirgi kunda terma 
jasoa tarkibida tajribali o’yinchilar bilan birgalikda juda ko’p yosh 
basketbolchilar ham ko’zga ko’rinmoqda. Ulardan bir qatori O’zDJTU 
talabalari hisoblanishadi. 


15 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə