O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
Tayanch so’zlar: 
Jеyms Nеysmit, FIBA, NBA, Olimpiya o’yinlari, O’rta Osiyo 
o’yinlari, “A” toifa, mustaqqillik, XOQ, MOQ, Netbol, MIK. 
 
O’z-o’zini nazorat qilish savollari: 
1.Baskеtbolning dastlabki nomlanishi. 
2.Hozirgi zamon baskеtbol o’yini qachon va qayеrda paydo
bo’lgan? 
3.Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari. 
4.FIBAning tashkil topishi. 
5.Baskеtbolning rivojlanish bosqichlari. 
 
Adabiyotlar:
 
1.Qasimov A.Sh., Rasulеv O.T, Ismatullaеv X.A. Baskеtbol. O’quv
qo’llanma. Toshkеnt,1986-y. 
2.Rasulov O.T. Baskеtbol. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.
Toshkеnt,1998y. 
3.Rasulеv O.T, Sokolova, N.D, Ismatullaеv X.A. Baskеtbol. Ixtisos
qursi bo’yicha dastur, Toshkеnt, 1993. 
4.Sokolova N.D. G’aniyеva F.V. Ismatullayеv X.A. Baskеtbol.
Ma’ruzalar to’plami, Toshkеt, 2001. 
5.V.P.Kovalеv. Sportivno`е igro. Moskva, 1988. 
 
Chet el adabiyotlali: 
1.Active schools. Kori ki te Kura. Games sport New Zealand 2012
year, 
2.A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
3.Harko Brown. Traditional Maori Games. - Copyright © 2006 year 
4.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 
 


17 
II-BOB MASHG’ULOTNING ASOSIY 
VOSITALARINI KLASSIFIKATSIYASI, TASNIFI VA 
ULARNI QO’LLASH USLUBI 
 
Jismoniy mashqlar insonning harakatlanish amaliyotlari bo’lib, 
bular jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish maqsadida bajariladi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq 
tashkillashtirilgan 
odamning 
harakatlanish 
faoliyatidir. 
Ushbu 
tushunchaning ma’nosi quyidagidan iborat. Inson amalga oshiradigan 
harakatlar xilma-xildir: mehnat harakatlari, maishiy harakatlar va h.k. 
Harakatlarning yig’indisi yaxlit bir harakatga majassamlashadi, natijada 
bu harakatlarda insonning tashqi dunyoga bo’lgan munosabati, uning 
ehtiyojlari va xissiyotlari o’z aksini topadi. 
Hozirgi davrda qo’llaniladigan jismoniy mashqlarning soni 
nihoyatda ko’p bo’lib, ularning ko’pchiligi bir-biridan ham shaklan
ham mazmunan keskin farqlanadi. Ushbu xilma-xillikda to’g’ri yo’lni 
topib olish va u yoki bu mashqni ishlatishda eng avval ularning 
mazmun-mohiyati borasida aniq tasavvurga ega bo’lmoq kerak. 
Jismoniy mashqlarning mazmunini uning tarkibiga kiruvchi 
harakatlar va mashq davomida inson organizmida kechadigan asosiy 
jarayonlar tashkil qiladi va bu omillar mashq qiluvchiga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Bu jarayonlar ham murakkab, ham xilma-xildir. Ularni turli 
xil nuqtai nazardan, ya’ni psixologik, fiziologik va boshqa yo’sindan 
mushohada etish mumkin. 
Fiziologik nuqtai nazardan olib qaraganimizda jismoniy mashqlar 
davrida organizm sekin holatga nisbatan funksional faoliyatning yuqori 
pog’onaga ko’tarishi bilan xarakterlanadi. Organizmdagi ushbu 
o’zgarish nihoyatda katta bo’lishi ham mumkin. Bu esa o’z navbatida 
mashqlarning xususiyatiga bog’liqdir. 
Jismoniy mashqlarning mazmun-mohiyati pedagogik nuqtai 
nazardan qaralganda, bunda alohida fiziologik, bioximik yoki 
boshqauzviy o’zgarishlar unchalik muhim emas, balki ular natijasida 
insoniy qobiliyatlarni muayyan maqsad tomon rivojlantirish va buni 
muayyan mahorat va bilimlarni shakllantirish bilan birgalikda olib 
borish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida moddiy va psixologik 
hodisalarning haqqoniy birligidan kelib chiqqan va dialektika 
pozitsiyalaridan qurilgan taqdirdagina ularning mazmun-mohiyatini 
to’g’ri talqin etish imkoniyati vujudga keladi. 


18 
U yoki bu jismoniy mashqning ma’no jihatida xususiyatlar uning 
shaklini belgilab beradi. Jismoniy mashqning shakli uning ichki va 
tashqi tuzilishi ya’ni uning shakllanishi jismoniy tarbiyalanishini 
belgilab beradi. Jismoniy mashqning ichki tuzilishi shu bilan 
xarakterliki, bunda organizmdagi harakatlanish jarayonlari muayyan 
mashq davomida bir-birlari bilan qanday bog’langan, ularning nisbati 
qanday, ularning birgalikda harakatlanish va o’zaro munosibligi bilan 
belgilanadi. Masalan, yugurish davomida kuzatiladigan asab va 
muskullar o’zaro harakatlari, motor va vegetativ harakatlanishlar, 
shuningdek, turli energetik aerobik va anaerobik jarayonlarning 
munosibligi, masalan, shtanga ko’tarish davomida ko’rsatkichlardan 
bo’lishi mumkin. Jismoniy mashqning tashqi tuzilishi uning ko’zga 
ko’rinadigan shakllaridan biri va bu narsa makon, zamon va dinamik 
harakatlarning o’zaro nisbati bilan xarakterlanadi. 
Jismoniy mashqning shakli va mazmuni organik tarzda bir-biri 
bilan bog’langan bo’lib, bunda mazmun belgilovchi va harakatchanroq 
unsur bo’lib shakliga nisbatan muhimroq ahamiyatga egadir. 
Demak, u yoki bu jismoniy mashqda muvaffaqiyatga erishish 
uchun eng avvalo uning mazmuniy tomonini kerakli tarzda 
o’zgartirmoq kerak, hamda kuch, tezlik va boshqa qobiliyatlarni 
tarbiyalash asosida organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish 
uchun shart-sharoit yaratish kerak. Bularning paydo bo’lishidan ko’p 
miqdorda mazmun elementlarining o’zgarishiga ham bog’liqdir, shu 
bilan birga mashqning shakli ham o’zgarib boradi. Shakl ham o’z 
navbatida mazmunga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jismoniy mashqlarning 
shakli to’liq bo’lmasa, buning natijasi o’laroq ichki imkoniyatlarni 
maksimal tarzda ifoda etish yo’lida to’siq paydo bo’ladi va aksincha, 
shakl mukammal bulsa, buning oqibatida jismoniy qobiliyatlardan 
effektiv tarzda foydalanish imkoniyati tug’uladi. Jismoniy mashqlarning 
shakli mustaqil ahamiyatga ega bo’ladi. Shu narsa ham ifodasini 
topadiki, mazmunan turlicha bo’lgan mashqlar umumiy xususiyatga ega 
bo’ladi. Masalan: bir maromda bajariladigan yugurish. 
Jismoniy mashqlar bu harakatlanish amaliyoti va ularning majmui 
bo’lib, jismoniy tarbiya masalalarini xal etishga qaratilgan, hamda uning 
qonuniyatlariga binoan shakllangan va tashkillashtirilgan bo’ladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə