O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481



 
 
 
O’.A.Farmanov 
 
 
 
 
 
SPORT VA HARAKATLI 
O’YINLAR O’QITISH
METODIKASI 
(BASKETBOL) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“BUXORO” 
NASHRIYOTI, 2019 y. 



 
ANNOTATSIYA 
Ushbu o’quv qo’llanma oily o’quv yurtlarining jisvoniy madaniyat 
yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib. O’quv qo’llanmada basketbol 
sport o’yinining rivojlanishi, texnikasini o’rgatish metodikasi va mustahkamlash 
uchun maxsus mashqlar majmuasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
АННОТАЦИЯ 
Это учебное пособие предназначено для студентов высших учебных 
заведений по направлению физической культуры В этом пособии 
приведены специальное упражнения по технике развития игры баскетбола
по обучению и закреплению их методики. 
ANNOTATION 
This course book is designed for students of Physical Education department 
of the universities and institutes. It is intended to develop the methodology of 
teaching physical training and it offers comprehensive, meaningful overview of 
theoretical and practical material of physical training, its history and development 



Kirish 
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab jismoniy 
tarbiya va sportga bo’lgan e’tibor kuchaydi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qator farmonlari, hukumat qarorlari hamda “Sportdagi 
har bir natija-millatning sog’lomligini, qudratini, buyukligini namoyon 
etuvchi eng yaxshi mezondir” degan da’vat aholi o’rtasida jismoniy 
tarbiya va sportga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. 
BuxDU 
Jismoniy 
madaniyat 
fakultetida 
yuqori 
malakali 
mutaxassislarni tayyorlash o’quv rejasiga binoan bir necha pedagogik 
ixtisosliklar bo’yicha amalga oshiriladi. Jumladan, maktabgacha tarbiya 
muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha murabbiy o’rta maktab va 
bilim yurtlarida, litsey, institut, universitet, akademiyalarda jismoniy 
tarbiya bo’yicha o’qituvchi, armiya, ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab 
chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va 
kasbga mos jismoniy tayyorgarlik bo’yicha yo’riqchi, turar joylarda, 
muolaja, maishiy madaniyat, dam olish va boshqa shunga o’xshash 
dargohlarda sog’lomlashtirish jismoniy tarbiya bo’yicha tashkilotchi 
degan ixtisosliklar institutning o’quv rejasidan joy olgan. 
Boshqa sport turlari qatorida basketbol ham “Umid nihollari”, 
“Barkamol avlod”, “Universiada” kabi musobaqalar dasturiga kiritilishi 
basketbol bilan shug’ullanuvchilar sonini oshishiga olib keldi. 
Ushbu o’quv qo’llanmada basketbol sport o’yinining jahonda va 
O’zbekistonda rivojlanish tarixi, o’yin texnikasi va taktikasi 
asoslarining tasnif va tavsiflari ochib berilgan. O’yin qoidasi va 
musobaqalarni tashkil qilish, o’tkazish xususiyatlari va basketbolga 
dastlabki o’rgatishda zamonaviy uslublardan foydalanish keng 
yoritilgan. 
Basketbol sport turi barcha ta’lim muassasalarining “Jismoniy 
tarbiya va sport” fani dasturiga kiritilgan bo’lib, asosiy bo’lim sifatida 
o’qitiladi. Ushbu o’quv qo’llanma talabalarda jismoniy tarbiya va sport 
sohasiga oid kasbiy pedagogik bilim, malaka va ko’nikmalarni 
o’zlashtirish imkonini beradi. Bo’lajak kadrlarni ta’lim muassasalari, 
BO’SMlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida zarur bo’lgan 
kasbiy ilmiy-pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantiradi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə