O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 
 


19 
2.1. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning asosiy vositasi 
sifatida 
Jismoniy mashqlarning samaradorligi eng avval ularning mazmuni 
bilan belgilanadi. Jismoniy mashqlarning mazmuniga kiruvchi 
harakatlanish omillari harakatlar, amaliyotlarning asosiy xossalari 
bo’lib, bunga uni bajarish davomida organizmdagi funksional tizimlarda 
hosil bo’lgan jarayonlar kiradi. Va bunda jismoniy xususiyatlarning 
ro’yobga chiqishi darajasi hamda psixologik jarayonlar namoyon 
bo’ladi. 
Muntazam bajarilib turiladigan jismoniy mashqlar tanada 
moslashuvchi funksional va morfologik o’zgarishlarga sabab bo’ladi. 
Bular esa o’z navbatida jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari 
oshishiga omil bo’lib, kishi salomatligining holatiga ham xissa qo’shadi. 
Muvofiq shartlarda ular muhim sog’lomlashtiruvchi ahamiyatga ega 
bo’lib, maxsus hollarda esa spetsifik ahamiyat kasb etadi. Jismoniy 
mashqlar tarbiyaviy rolni ham bajaradi. Jismoniy mashqlar yordamida 
inson o’z tanasini boshqarish salohiyatiga ham ega bo’lib, o’z jismoniy 
kuchini ishlatishga ham qodir bo’ladi. Bular yordamida hayot uchun 
muhim bulgan harakatlanish omillari shakliy jihatidan o’rganish 
imkoniyati paydo bo’ladi. 
Jismoniy mashqlarning mazmuni ularning shaxsga bo’lgan ta’sirini 
belgilaydi. Bu mashqlar ko’p hollarda shaxsga oid bulgan bir qator 
sifatlarning g’ayrioddiy tarzda namoyon bo’lishiga turtki bo’ladi. O’z 
xissiyatini boshqarish davomida inson o’zida hayot uchun nihoyatda 
qimmatli bo’lgan shaxsiy sifatlarni paydo qiladi, masalan, shijoat, 
qat’iyat, mehnatsevarlik va dadillik. Har qanday jismoniy mashqning 
majmuini odatda insonga ta’sirlanishning butun bir mazmuni bilan 
ajralib turadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki murabbiy uchun kasbiy 
jihatdan shu narsa nihoyatda muhimki, u ishlayotgan mashqni 
pedagogik nuqtai nazardan har tomonlama baholay bilish, uning turli 
jabhalarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarda ishlatish imkoniyatlarini 
chamalab chiqa olish. U yoki bu jismoniy mashqning mazmun 
xususiyatlari uning shaklini belgilab beradi. Jismoniy mashqning 
shaklida uning ichki va tashki tuzilishi namoyon buladi. tuzilma, 
tashkillashtirish uslubi 
Jismoniy mashqning ichki strukturasi turli xil jarayonlarning 
qonuniy munosibligi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar harakatlanish 
amaliyotlarining bajarilishini ta’minlaydi. Jismoniy mashqlarning tashki 


20 
strukturasi esa uning zahiriy shakli bo’lib, bunda harakatlanishning 
makon, vaqt va kuch ishlatish parametrlarining ma’lum bir munosibligi 
bilan xaraterlanadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə