O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

Chet el adabiyotlali: 
1.Active schools. Kori ki te Kura. Games sport New Zealand 2012
year, 
2.A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
3.Harko Brown. Traditional Maori Games. - Copyright © 2006 year 
4.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 
 
 
 
 


28 
III-BOB BASKETBOLDA SPORT MASHG’ULOTLARINING 
ASOSLARI 
Sport mashg’uloti ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Buni 
ta’minlash uchun, sport mashg’uloti tizimsini asosiy hollarini yaxshi 
bilish, qat’iy rioya qilishi kerak. Sport mashg’uloti tizimsi deganda biz 
quyidagilarni: vazifalar, prinstiplar vositalar, metodlarni va hokazolarni 
nazarda tutib, sportchilarni tarbiyalash va qonuniy ravishda jismoniy 
rivojlanishi bir butun jarayon deb faraz qilamiz. Bu ilmiy asoslangan va 
amaliy tekshirilgan sitemadir. Uning samaradorligi juda ham aniqdir. 
Trenirovka - bu inglizcha so’z bo’lib, aynan quyidagi ma’noni 
anglatadi. Mashq qilish va dressirovka qilish ma’nosi demakdir. 
Hozirgi paytda ham ba’zi bir murabbiylar sport mashg’ulotini 
jismoniy mashqlarni qaytarish deb tushunadilar. Lekin bu katta xatodir. 
Sport mashg’uloti jismoniy tarbiyaning formasidan bo’lib, ancha keng 
va ko’p qirrali jarayondir.
 
Sport mashg’ulot jarayoni 5 ta o’zaro uzviy bog’liq qismlardan 
iborat: 
1.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik. 
2.
Psixologik tayyorgarlik. 
3.
Texnik tayyorgarlik. 
4.
Taktik tayyorgarlik. 
5.
Nazariy tayyorgarlik. 
Bu hamma tayyorgarlik turlarini natijasida sport tayyorgarligi yana 
shakllanadi. Sportchining qanday mashg’ulot qilganligi darajasining 
asosiy ko’rsatkichi sport natijasi xisoblanadi. Biroq musobaqa 
natijalariga qarab, umumiy mashg’ulot qilinganlik darajasi haqida, 
sportchining ba’zi bir tayyorgarligi haqida ozroq fikr yuritish mumkin. 
Hozirgi vaqtda hamma kuchli sportchilar yillik mashg’ulot jarayonida 
tayyorgarlik darajasini ba’zi bir tomonlari qay darajadaligini aniqlash 
uchun, umumiy jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik buyicha 
nazorat mashqlar (normativlar) topshiradilar. Mashg’ulot qilinganlik 
darajasi holatini sport formasi deb atalish qabul qilingan. Bunday sport 
formasi mashg’ulot musobaqa davrining boshlarida erishilgan va uni 
oxirigacha saqlanib qolishi kerak. 
Mashg’ulotni to’g’ri uyushtirganda mashg’ulotga bo’lgan chekinish 
yildan yilga o’sishi lozim. O’tish davrida mashg’ulot vaqtini kamayishi 
va uni bo’lmasligi sababli mashg’ulotga bo’lgan chekinish biroz 
kamayadi. 
Hozirgi 
davrga 
kelib, 
o’yin 
harakatlarining 


29 
faollashmaganligi, texnik usullar yanada ko’payganligi tayyorgarlik 
darjasiga bo’lgan talabni oshiradi. Hozirgi kunlarda o’yin mazmunini
tayyorlov tizimlarini funksional faoliyatini takomillashtirish va har xil 
malakalarni yaxshi o’zlashtirish ayniqsa zarur. 
O’yinchilar har turdagi harakatlar kompleksini bajarishligi ular 
maxsus tayyorgarlikni mukammal egallashligini talab etadi. Buning 
ichiga shaxsiy sifat va malakalardan tashqari o’zaro jamoa bo’lib 
harakat qilishni maxsus malakalari va qobiliyatlari kiradi. Har bir 
o’yinchining umumiy o’yin tayyorgarligidan tashqari jamoada zarur 
bo’lgan funksiyalarni bajarish uchun kerak bo’lgan bilim, sifat va 
malakalarni o’zlashtirishi lozim bo’ladi. 
Bolalar va o’smirlar sport mashg’uloti agar, organizmda anatomo-
fiziologik o’zgarish ijobiy bo’lganini va sog’lomlashtirishga ta’sir 
qilishi hamda jismoniy o’sishi va sport natijalari yuqori bo’lishga moil 
bo’lganda to’g’ri deb hisoblanadi. 
Yosh sportchilarni tayyorlash tizimsining strukturasi quyidagilarni: 
dastlabki tayyorgarlik (7-10 yosh), maxsus boshlang’ich tayyorgarligi 1 
yillik ta’limotga mo’ljallangan (10-11yoshlar uchun o’quv mashg’ulot 
guruhi), basketbol bo’yicha yo’naltirilgan tayyorgarlik (ikki va uch 
yilga muljallangan mashg’ulot guruhi) va sport takomillashtirish 
guruhlarini o’z ichiga oladi. Tizimlar o’rtasidagi o’zaro aloqa har bir 
tayyorgarlik bosqichlarini bevosita o’zaro bog’liqligini ta’minlaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə