O’. A. Farmanov


Asta-sekinlik yoki izchillik prinsipi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

Asta-sekinlik yoki izchillik prinsipi.
Sportchining muvaffaqiyatida 
juda muhim, hattoki hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fiziologiyadan 
ma’lumki, organlarning o’zgarishi va organizm tizimlarini o’zgarishi, 
ularni funksiyalarni yaxshilanishi, uzoq muddat ichida asta-sekin davom 
etgan mashg’ulotning ta’sirida bo’ladi. Biroq asta-sekinlik sportchining 
kuchi va imkoniyatiga mos kelishi lozim. Uni mashg’ulotga bo’lgan 
chiniqishini yaxshilana borishiga, sport natijalari, sport mahoratini bir 
necha yilda o’sishga olib keladi. O’rgatish metodikasi pedagogikaning 
asosiy qoidalariga (oddiydan murakkabga) asoslanadi. 
Ko’rgazmalilik prinsipi 
kinogramma, o’quv kinosuratlari va 
hokazolar o’rgatishni sezilarli darajada tezlashtiradi, mukammal 
texnikani o’zlashtirishga yordam beradi. O’rganishda sportchilarni 
texnikasini va murabbiyni ko’rsatayotgan harakatlarini katta diqqat
e’tibor bilan kuzatish kerak. 
O’ziga xoslilik prinsipi 
(erisha oladiganlilik) - sportchining 
mashg’ulotini tuzish va o’tkazishni, uning o’ziga xos xususiyatlarini 
(jinsi, yoshi, tayyorgarligi, sog’liqning qay darajadaligi, ma’lum 
sifatlarini rivojlanganlik darajasini) hisobga olishni talab qiladi. 
Sportchini tarbiyalashda o’ziga xos yondoshish, texnika va taktikani 
o’rgatishda, katta samara beradi. Har bir sportchining funksional 
imkoniyatlarini oshirish maqsadida, mashg’ulot yuklamasini aniqlashda 
ularga shaxsiy yondoshish juda muhimdir. Sportchining o’ziga xoslilik 


31 
imkoniyatini o’rganish avvalombor aniq mashqlar orqali olib boriladi. 
Bu mashqlarning doim qo’llanishi va musobaqaga qatnashish natijasi 
sportchining tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaydi, 
hamda shunga muvofiq mashg’ulotga o’zgartirishlar kiritiladi. Yuqorida 
keltirilgan prinsiplar mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan asosiy hollar 
hisoblanadi, bu asosiy prinsiplar o’zaro bog’liq va o’zaro kelishilgandir. 
Tarbiyaning ko’p qirraliligiga asta-sekinliksiz, asta-sekinliksizga esa 
qaytarishliksiz erishish mumkin emas. Erisha oladiganlik (o’ziga 
xoslilik)ni va hokazolarni hisobga olmasdan muvaffaqiyatga erishish 
mumkin emas. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə