O’. A. Farmanov


Mashg’ulotlarning asosiy vositalarini ishlatish uslublari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
2.2. Mashg’ulotlarning asosiy vositalarini ishlatish uslublari 
Har qanday harakatlanish amaliyotini o’rganish jarayonida ma’lum 
darajada poyoniga etgan bosqichlarni ajratsa bo’ladi va qobiliyatining 
shakllanishidagi muayyan davrlariga to’g’ri keladi. Agarda harakat 
o’qitish davomida ozmi-ko’pmi mukammal mahorat darajasiga 
etkazilgan bo’lsa, uning shakllanishi uch bosqichdan iborat bo’ladi. Va 
bu bosqichlar tarbiyaviy masalalar jihatidan ham bir-biridan farq qiladi.
Birinchi bosqichda harakatlanish amaliyoti o’rganiladi. Bunda 
harakatlanish tatikasini umumiy shaklda bajarish qobiliyati shakllanadi. 
Ikkinchi bosqichda o’rganish jarayoni chuqurroq va batafsilroq 
xususiyatga ega bo’ladi. Natijada ushbu bosqichda harakatlanish 
mahorati aniq shaklga keladi va qisman odat tusiga kirib qoladi. 
Uchinchi bosqichda harakatlanish amaliyotinig mustahkamlanishi va 
tobora takomillashishi ta’minlanadi, buning natijasida mustahkam 
mahorat shakllanadi: o’qitilayotgan shaxs shunday sifatlarga ega 
bo’ladiki, bular yordamida ushbu mahoratni harakatlanish amaliyotining 
turli holatlarida maqsadga muvofiq tarzda ishlatish imkoniyati hosil 
bo’ladi. O’z-o’zidan ravshanki, mazkur tushuntirish ta’lim jarayonining 
eng umumiy sxemasidir xolos, aslida esa uning strukturasi 
mashg’ulotlarning 
yo’nalishi, 
o’rganilayotgan 
harakatlarning 
xususiyatlari hamda o’qitilayotgan talabalarning qandayligiga qarab 
belgilanadi. Masalan yoppasiga umumiy jismoniy tayyorgarlik shaklida 
olib boriladigan ta’lim jarayoni asosan birinchi va ikkinchi bosqichlarda 
amalga oshiriladi. Xuddi shu narsa harakatlanish amaliyotlariga 
o’rgatish mobaynida ham kuzatiladi va bunda ushbu alomatlar asosiy 
harakatlanish mashqlariga debocha sifatida qo’llaniladi. Boshqa 
hollarda esa uchinchi bosqich muhimroq ahamiyatga ega bo’lishi 
mumkin va bu narsa sport mashg’ulotlari uchun ayniqsa, xarakterlidir. 
Dastlabki o’rganish bosqichida ko’zlanadigan maqsad bu 
harakatlanish amaliyoti texnikasining asoslarini o’rganish hamda ushbu 
harakatlarni juda bo’lmaganda oddiy shaklda bajarish qobiliyatini 
shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo’lida xususiy 
masalalar quyidagilardan iborat: 


21 
a) harakatlanish amaliyoti va unga ega bo’lish haqidagi tushunchani 
hosil qilish; 
b) harakat texnikasining qismlari faza yoki elementlari o’rganish; 
v) harkatlanish amaliyotinig umumiy ritmikasini shakllantirish; 
g) kerak bo’lmagan harakatlar va ijro texnikasining qo’pol buzilgan 
formalarini bartaraf etish. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə