Mavzu: Ta’limda innovatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi. Innovatsion ta’limda texnologik jarayonlarning bosqichlari reja kirish



Yüklə 41,11 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü41,11 Kb.
#133731
  1   2   3   4   5   6   7
Ta’limda innovatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi.Innovatsion ta’limda texnologik jarayonlarning bosqichlari


MAVZU: Ta’limda innovatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi.Innovatsion ta’limda texnologik jarayonlarning bosqichlari
REJA
Kirish
I.BOB. Zamonaviy texnologiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi.
1.1 Pedagog-tarbiyachi faoliyatiga kreativ yondashuv.
1.2 Tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TEXNOLOGIYALARI
1. Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularni tashkil etish, boshqarishning nazariy aspektlari.
2. Loyiha ta’lim texnologiyalarining didaktik mohiyati.

Kirish
Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur. Barcha sohalarda bo’lgani kabi Ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma‟lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Asosiy farqlar Novatsiya Innovatsiya 1) amaldagi nazariya doirasida qo’llaniladi; 2) ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi; 3) metodlar yangilanadi; 4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi 1) tizimli, yaxlit va davomli bo’ladi; 2) ma‟lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi; 3) sub‟ektlarning faoliyati to’la yangilanadi; 4) yangi texnologiyalar yaratiladi; 5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi; 6) amaliyotning o’zi ham yangilanadi Ta’lim innovatsionlari quyidagi o’zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlasыy): - pedagogik tizimning tamomila o’zgarishi; - o’quv jarayonining o’zgarishi; - pedagogik nazariyaning o’zgarishi; - tarbiyachifaoliyatining o’zgarishi; - o’quvchi (o’quvchi) faoliyatining yangilanishi; - pedagogik texnologiyaning o’zgarishi; - Ta’lim mazmunining yangilanishi; - o’qitish shakl, metod va vositalarining o’zgarishi; - Ta’lim tizimi boshqaruvning o’zgarishi; - Ta’lim maqsadi va natijalarning o’zgarishi. Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an‟anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g’oyalarning mavjud g’oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat. 44 Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati: - yangilikni qo’llashga tayyorgarligi; - pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; - novatorlik darajasi; - kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; - ijodkorligi bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma‟lum maqsadga yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. V.Slasteninning fikriga ko’ra innovatsion yondashuv: - ijodiy faollik; - faoliyatga yangilik (o’zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik; - yangicha fikrlash; - yuksak muomala madaniyatiga ega bo’lishni ifodalaydi. M.Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo’ladi: - ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; - pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; - mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; - tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; - o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish; - hamkasblar bilan hamkorlik; - fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik; - ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir: 1. Muammoni tahlil asosida aniqlash. 2. Mo’ljallanayotgan Ta’lim tizimini loyihalash. 3. O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O’zgarishlarni amalga oshirish. Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalariga ega bo’lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko’nikma, malakalarini o’zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo’lishlari talab etiladi. O’z mohiyatiga ko’ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalarining o’zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo’lib, u bir necha bosqichda kechadi.



Yüklə 41,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə