Mundarija kirish. I bob o`yinning tavsifi va mohiyati va jahonda basketbolning rivojlanish



Yüklə 42,01 Kb.
səhifə1/8
tarix29.05.2023
ölçüsü42,01 Kb.
#114028
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport

MUNDARIJA




Kirish.


I BOB O`yinning tavsifi va mohiyati va jahonda basketbolning rivojlanish.
1.1Basketbolning rivojlanish bosqichlari
1.2O`zbekistonda basketbolning rivojlanishi
II BOB Sport maktablariga qabul qilishda dastlabki tanlovni o‘tkazish Uslubiyati.
2.1 Sport tanlovi ko‘p yillik pedagogik jarayon
2.2 Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Bitiruv ishining dolzarbligi. O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan oxirgi yillarda bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi: jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlari imzolandi. Unda, ohirgi yillarda basketbol bo‘yicha Milliy chempionatlar obro‘si va darajasini oshirish bo‘yicha ishlar etarlicha olib borilmayotganligi, yuqori malakali va sport zahiralari tayyorgarligini tashkil etish va mazmuniga etarli darajada ahamiyat berilmayotganligi bayon etilgan. O‘quv-mashg‘ulot jarayoni hamda viloyatlarda bolalar-o‘smirlar jamolalari orasida musobaqalarni past darajada tashkil etish, alohida hududlarda jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari ishining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi bilan bog‘liqdir. Bunday kamchiliklar belgilangan, davlat darajasidagi yuqorida bayon etilgan xujjatlar, futbol rivoji uchun imkoniyat yaratmoqda.
Yosh sportchilarni sportning basketbol sport turiga tanlash va mo‘ljallash uslubiyatiga bag‘ishlangan sport amaliyoti tajribalari va tadqiqotlar, yangi, ancha samarali uslubiy yo‘llarni topishni talab qiladi.
Ma’lumki, sport iqtidori tashhisi hali o‘z takomillashuvidan juda uzoqdadir. Ayni vaqtda, sport kurashlarida raqobatni oshib borish tendensiyalarini tavsiflovchi, sportni rivojlanitirish zamoniviy bosqichlari, ilm-fan oldiga kelgusida sportchilarni tanlash va ularning tayyorgarligini baholash uslubiyatlari samaradorligini oshirish zaruriyati to‘g‘risidagi savollarni keskin qo‘ymoqda.
Zamonaviy talablar darajasidagi yuqori sport natijalariga erishish, basketbol bilan shug‘ullanish istagidagi har bir bola uchun oson emas. O‘zbekistonning etakchi basketbolchilarining biografiyasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular sport
yo‘lining avvalida o‘z tengdoshlaridan aniq sifat hususiyatlari bilan ajralib turganlar: yaxshi jismoniy rivojlanish, ancha takomillashgan koordinatsiya harakatlar, fikrlash tezligi va jasurlik. Bunday sifatlar saqlanib qolgan va futbolchining kelgusi sport takomillashuv faoliyatida maqsadga intilish, mehnatsevarlik, qat’iyat va matonatni muntazam tarbiyalash bilan uyg‘unlashib yuqori natijalarga erisxilariga zamin yaratgan.
Yangidan to sport ustasi darajasigacha etakchi basketbolchilarning bosib o‘tgan yo‘llari 6 – 9 yil. Zamonaviy basketbol atletik o‘yin hsoblanadi. O‘yin harakatlarining yuqori tempi, vaziyatlarning tez o‘zgarishi, to‘p uchun kurashda bevosita raqib bilan muloqot, taktik vazifalarni echishdagi chegaralangan vaqt, hayajon va uning boshqa hususiyatlari basketbolchining harakat, funksional va ruhiy holatiga katta talab qo‘yadi.
Shuning uchun basketbol bilan shug‘ullanish uchun bolalarni tanlash mumammolarini, bolaning harakat, funksional va ruhiy faoliyatining turli tomonlarini, ularning sport mahoratini shakllantirish jarayonidagi mustaqil rivojlanish hususiyatlarini to‘liq o‘rganmasdan hal qilib bo‘lmaydi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, tanlash – bu bir lahzalik sinov emas, balki tadqiqotning pedagogik, psixologik, tibbiy-biologik uslubiyatlarini qo‘llash bilan basketbolchilarni sport takomillashuvini turli bosqichlarda amalga oshirish tadbirlarini ko‘p qirraliligini nazarda tutuvchi qat’iy o‘ylangan ko‘p bosqichli tizimdir.
Pedagogik uslubiyatlar yosh basketbolchilarning sport mahorati hususiyatlarini aniqlash, kuch, tezkorlik, chidamkorlik, epchillik kabi sifatlarni rivojlanishida harakatli o’yinlarni qo’llash darajasi va ularning o‘zaro aloqasini o‘rganishga imkon beradi.
Tibbiy-biologik uslubiyatlar, bolalarning funksional hususiyatlari va tizimlarini o‘rganish, ularning oliy asab tizimi faoliyatining individual hususiyatlarini aniqlash, morfologik ko‘rsatkichlarni tavsiflash va baholash uchun juda muhim.
Psixologik uslubiyatlar, basketbolchilarning tezkor (taktik) fikrlash
hususiyatlarini, o‘yinchilarning jamoadagi psixologik moslashuvi, ularning emotsional barqarorligini aniqlashga yordam beradi.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili va pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi paytda tanlovning ikki uslubi qo‘llanladi:
Birinchi – murabbiy yangilarni bir-biri bilan uchrashuv o‘tkazadigan ikki jamoaga bo‘ladi. O‘yin mobaynida, u bolalar harakatini kuzatib, ular orasidan eng aqlli, tez fikrlovchi, epchil va faol bolani ajratib oladi. Shundan so‘ng, tabiiy saralash va o‘quv guruhini to‘ldirish bilan tayyorgarlikning boshlang‘ich bosqichi boshlanadi.
Ikkinchi – o‘yin harakatlarini ekspert baholashga qo‘shimcha testlar qo‘llaniladi: turi bo‘laklarga yugurish, sakrash mashqlari, sodda texnik usullar: - aniqlik va uzoqlikki to‘pga zarbalar, to‘p uzatishlar, to‘pni olib yurish va ha.k. Ko‘pgina bunday testlarning bashoratli axborotlli past bo‘lishi aniqlangan, chunki yangilar – bu umuman harakat tajribalari turlicha bo‘lgan bolalardir. Shunday qilib, tanlov vaqtida bolanining o‘z hayotidagi o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari baholanadi. Negizida bolalarning futbolga nisbatan istiqbollari haqida bashorat qiluvchi, imkoniyatlarini baholash kerak.
Shuning uchun, tanlov quyidagi aniq talablarga mos kelishi lozim:

  • ular bashorat axborotlilikka ega bo‘lishlari kerak;

  • ishonchli bo‘lishlari;

  • o‘lchovlarning standartlashtirilgan tizimiga ega bo‘lishlari;

  • undagi natijalar baholash tizimiga ega bo‘lishlari;

  • qo‘llanilishi oson va sodda bo‘lishi kerak

Albatta so‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yuqori ko‘rsatkichlarga erishilishiga katta e’tibor berilmoqda. Shaharlarda, qishloq joylarida sport inshootlari barpo etilmoqda, turli turdagi musobaqalar o‘tkazilmoqda. Kundan kunga sport bilan shug‘ullanuvchilar soni ortib bormoqda. Lekin ushbu sport inshootlarida olib boriladigan mashg’ulotlarning sifati quvonarli darajada emas. Shuningdek mashg’ulotlar samaradorligini oshirishda harakatli o’yinlardan foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilmagan. Bu esa o’z vaqtida ishning
dolzarbligini belgilab beradi.

Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə