Mundarija kirish. I bob o`yinning tavsifi va mohiyati va jahonda basketbolning rivojlanish


Basketbol sport seksiyasiga tanlov o‘tkazish



Yüklə 42,01 Kb.
səhifə5/8
tarix29.05.2023
ölçüsü42,01 Kb.
#114028
1   2   3   4   5   6   7   8
Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport

Basketbol sport seksiyasiga tanlov o‘tkazish


Basketbol – o‘z mohiyati, mazmuni va rom qiluvchi turli o‘yin malakalari va kombinatsiyalari bilan millionlab kishilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Zamonaviy basketbol o‘ta tezkor va katta g‘ayrat talab qiluvchi sport o‘yinlari turiga mansubdir. YUqori texnik-taktik mahoratga sazovor bo‘lish uchun birinchi navbatda basketbolchining jismoniy sifatlari yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Mazkur sifatlarni o‘yin fikrlovi birgaligida boshqarilishi musobaqa g‘alabasini ta’minlaydi. ”Bugungi” basketbolchini bo‘yi o‘rtacha 195 smga teng bo‘lib, u harakatchan, o‘tkir zehnli, tez fikrlovchi, o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlariga munosib harakat bilan javob qaytarishi va mazkur qobiliyatlarni uzoq vaqt davom etadigan musobaqa o‘yinlarida saqlab turishlari lozim. Muntazam
davom etib turadigan bunday o‘yin (musobaqa) me’yorlariga bardosh bera olishlik basketbolchidan yuqori ruhiy va biojismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. SHundan imkoniyatlarga ega bo‘lgan mahoratli basketbolchilarni etishtirish birinchi navbatda istiqbolli bolalarni qidirib topish, ularni to‘g‘ri tanlash va ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida saralov tadbirini maqsadga muvofiq amalga oshirishni taqazo etadi.
O‘rta umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarini basketbolsiz tasavvur qilish qiyin.
Ko‘pgina olim va mutaxassislar (3, 4, 8, 12, 13, 14, 17) o‘z tadqiqotlari va tajribalariga suyanib basketbolni shunday ta’riflaydilarki, ushbu sport turi o‘zining o‘ta o‘zgaruvchan vaziyat o‘yini ekanligi, tarkibiga hayotiy zarur malakalarni kiritishi (yurish, to‘xtash, sirpanish, chopish, sakrash va hokazo), tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishi, katta-yu kichikni o‘ziga rom qiluvchi harakat malakalari va taktik kombinatsiyalari bilan o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi va eng ommabop o‘yin sifatida bolalar e’tiborini qozongan.
O‘quv muassasalarida dars shaklida yoki darsdan tashqari mustaqil o‘tkaziladigan basketbol mashg‘ulotlari o‘zining sog‘lomlashtirish funksiyasi jihatidan global ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shug‘ullanuvchilarning nerv, qon-tomir, nafas olish, mushaklar hamda boshqa tizim organlarini takomillashtiradi (18, 20, 21).
Basketbol bilan muntazam shug‘ullanish natijasida ko‘rish, eshitish, vestibulyar va boshqa analizatorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ular faoliyatini shakllantiradi. Basketbolda qo‘llaniladigan mashqlar va ushbu o‘yinning o‘zi harakat apparatiga ta’sir etib, mushak tolalarini rivojlantiradi, natijada ularning tonusi ortadi, jismoniy sifatlar taraqqiy etadi. SHu bilan bir qatorda basketbol bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan mashqlarda bolalarning yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlari e’tiborga olinishi shart (10, 11, 15, 21).
O‘g‘il bolalarda 7-8 yoshda ayrim mushak guruhlar kuchini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
8-9 yoshda tezkorlik va umumiy chidamkorlik, muvozanat saqlash funksiyasi, 9-10 yoshdan boshlab chaqqonlik, maxsus chidamkorlik, kuch va tezkorlik sifatlarini taraqqiy ettirish mumkin.
Mustaqil o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi:

  • o‘rgatishning birinchi yilida tezkorlik mashqlarining hajmi chidamkorlik mashqlaridan kam bo‘lmaligi lozim;

  • umumiy jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik mashqlar bilan uyg‘un ravishda qo‘llanilib borilishi darkor;

Bunda albatta o‘g‘il va qiz bola, ayol va erkaklar o‘rtasidagi funksional farqlar e’tiborga olinishi zarur.
“Tanlov” deb muayyan faoliyatda yuqori natijalarga erishishga qobiliyatli kishilarni aniqlovchi jarayonga aytiladi.
Basketbolga oid “sport tanlovi” bu keljakda sport takomillashuvi, jumladan musobaqalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan katta nagruzkalarga bardosh bera oladigan va aynan shu jarayonlarda yuqori natijalarga erishiladigan istiqbolli bolalarni izlab topishga imkon yaratidagan usul, uslub va test-mashqlar majmuasini qo‘llash jarayonidir.
Sport tanlovi ko‘p yillik sport tayyorgarligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sport malakalalarini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichidan eng yuqori bosqichigacha, ya’ni milliy terma jamoalari faoliyatida ham amalga oshiriladi. “Tanlov” tushunchasi o‘z ichiga “munosiblik”, ya’ni bir sohaga (ma’lum faoliyatiga) insonni munosib yoki munosib emasligi masalasini kiritadi. Bu degan so‘z inson nafaqat o‘z imkoniyatlari (qaddi-qomati, jismoniy sifatlari, ruhiy xislatlari va hokazo) bilan muayyan faoliyatga (kasbga, ishga, sportga va hokazo) mos kelishi kerak, balki aynan shu faoliyat mazkur inson mijoziga munosib bo‘lishi maqsadga muvofiqdir (emotsiya, aktivatsiya, motivatsiya masalalari).
“Tanlov” atamasi o‘z tarkibiga yana sport oid “chamalov” tushunchasini kiritadi.
Chamalash – bog‘chalarda, maktablarda va sport maktablarining
boshlang‘ich guruhlarida amalga oshirilishi mumkin. To‘g‘ri chamalash murabbiyning iste’dodiga, uni bilim va tajribasiga bog‘liq (nasl-genetika, evolyusiya, turmush tarzi masalalari).



Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə