Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari



Yüklə 20,15 Kb.
səhifə1/4
tarix28.09.2023
ölçüsü20,15 Kb.
#124454
  1   2   3   4
Jismoniy tarbiya darslarida o


Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari.

Maktab o„quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida kuch qobiliyatlarini rivojlantirish bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari kam yoritilgan bo„lib faqat yosh sportchilarni yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi bo„yicha ishlarga e‟tibor qaratilgan. Jismoniy tarbiya darslarida kuch kuch qobiliyatlarini rivojlantirish bo„yicha ishlar yetarli darajada emas. Ta‟lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarining sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash muhim hisoblanadi. Ishning maqsadi. Umum ta‟lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida o„quvchilarni aylanma mashq uslubiyaidan foydalanib kuch qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: 1. Maktabda jismoniy tarbiya darslarida o„quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini o„rganish va tahlil qilish. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 489 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 2. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o„quvchilarning aylanma mashq uslubiyatidan foydalanib kuch qobiliyatlarini kompleks mashqlar orqali rivojlantirish. Tadqiqot uslublari: maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarning nazariy tahlili, anketa so„rovi, pedagogik kuzatuvlar, pedagogik tajriba, matematik statistika uslublari foydalanildi. F.A.Kerimov, M.N.Umarovlarning (2005), fikriga ko„ra sportdagi yuklamalar ta‟siridagi o„zgarishlar inson skeletida, mushaklarida, ichki organlarida va umumiy morfologik maqomida yuzaga keladi. Shuning uchun shug„ul-lanuvchilarning morfologik xususiyatlarini, shuningdek, yo„naltirilgan mashg„ulot yuklamalari ta‟sirida ularning dinamikasini o„rganish hamda hisobga olish zarurati muhim ahamiyatga ega. jismoniy tarbiya ta‟limi sifatini oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi maktabning o„quvchilar sog„lig„ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar malaka va ko„nikmalarini shakllantirish, o„z-o„zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o„stirish faoliyatida asosiy bo„g„in hisoblanadi. Mashg„ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang„ich sinf o„quvchilari uchun 8-10 soat, 5-11-sinf o„quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta‟minlab berishi kerak. A.Abdullaev, Sh.Xonkeldievlarning (2005), fikricha belgilangan hajm o„quvchilarning ko„rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog„lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o„quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o„rnatiladi.




Yüklə 20,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə