O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

11.2.
 
Kuch vositalariga tayyorgarlik 
 
1.Og’irlashtiruvchi mashqlar (qum to’ldirilgan koptok, gantellar, 
toshlar, shtanga, engil atletika snaryadlari, og’ir belbog’lar, og’ir 
kamzullar, manjetlar). 
2.O’z 
og’irligi 
va 
sherigining 
og’irligini 
enguvchi 
mashqlar.Izometrik yo’nalishdagi gimnastik va akrobatik mashqlar. 
3.Maxsus qurilma va trenajerlar (amortizastiyalanuvchi rezina, 
“Gerkules”, “Mini Djim”) dan foydalanib bajariladigan mashqlar. 
Kuch 
vositalariga 
tayyorgarlikda 
basketbolda 
asosan 
qo’llaniladigan usullari: 
1.
Qayta zo’r berish usuli (ikki-uch, ba’zida undan ham ko’p 
mashqlar seriyasini bajarish). 
2.
Maksimal zo’r berish usuli (1-2 marta qaytarishdan ko’p 
bo’lmagan imkoniyat beruvchi mashqlarni qo’llash). 


144 
3.
Izometrik zo’r berish usuli (mushak kuchlanishining maksimal 
paytini engib o’tuvchimashqlar). 
Basketbolchilarni atletik tayyorlashda quyidagi asosiy uslubiy 
takliflarni eslab qolish lozim: 
-jismoniy tayyorgarlikda 3-5 yo’nalishlarni qo’llash maqsadga 
muvofiq; 
-boshlang’ich yo’nalish (“moslashish”) nomaksimal imkoniyatning 
60 foiz og’irlikda bajarish lozim; 
-keyingi yo’nalish maksimal yoki submaksimal usulda (80 foiz); 
-oxirgi yo’nalish maksimumning 60 foizi bo’lishi lozim 
(mashqlarni bajarish tezligini belgilagan holda). 
Tezlik bo’yicha tayyorgarlik vositalari va usullarini aytib o’tishdan 
avval tezlikning jismoniy sifatini ochib beruvchi tushunchani aytib 
o’tish lozim. 
Sportchining tezlik imkoniyatlarini bir-biridan alohida uchta 
ko’rinishga bo’lish qabul qilingan: ta’sirlanish tezligi, yakka 
harakatning tezligi, butuno’yin faoliyatidagi har xil harakatlarda 
ko’rinadigan tezlik. Ko’p yillik tajribaviy yo’nalishlar shundan dalolat 
beradiki, oliy malakali basketbolchilarda harakatga ta’sir etuvchi tezlik 
individual eng maqbul va amaldagi mashqlarda erishiladi.. mashq 
qilayotganlarga ta’sir etuvchi yakka harakatlar tezligi sensetivlikdan 
anchagina ko’p. Shundan kelib chiqadiki, bu harakatlarni bajarishni 
takomillashtirishdagi zahira o’yin davomidagi harakatlar tizimiga 
kiritilgan. Shu bois, chopish tezligini, sakrash va maxsus o’yin 
harakatlarini bajarishni takomillashtirish vositalari to’g’risida aytib 
o’tish lozim. Sportga tayyorgarlik ko’rish usulining asosiysi oralikdir. 
Shuning uchun basketbolda uni qo’llash universal xarakterda bo’lgani 
sababli u boshqa qismda ko’rib chiqiladi. 
Biz tomondan taklif etilayotgan tnxnik tayyorgarlik (harakatlarning 
aniqligi)ning takomillashtirish usuli tezlik tayyorgarligidagi o’ziga xos 
kontrast usuldir. Bu holatda uni bajarilishi sharoitining (tepalikka va 
tepalikdan chopishni qo’shib olib borish, to’siqlar osha sakrash va 
chopish) keskin ravishda ajralib turuvchi aniq mashqlarda ko’rinib 
turadi. 
Maxsus mashqlar ko’pgina hollarda mashqlar sharoitini musobaqa 
faoliyatlariga yaqinlashtirib o’tkazilgan o’yinlar usulida qo’llaniladi. 
Tezlik tayyorgarlikning asosiy uslubiy fazilati shundaki, uni 
qo’llash charchash va bir xillik (monoton) omillari vositalarining 
yo’qligidadir. Basketbolchi xayajonlanish darajasining qulayligi bilan 


145 
va tezlik mashqlarini bajarishga hohish bilan xarakterlanadigan “ruhiy 
birdamlik” holatida bo’lishi lozim. 
Bir 
necha 
marta 
bajarilgan 
steroetip 
ixtisoslashtirilgan 
xarakterlantiruvchi ish “o’ta barqarorlik”ka olib keladi, ma’lum 
harakatlantiruvchi tuzilmani va tezkorlik-kuch sifatlarni keltirib 
chiqaradi. 
Noan’anaviy tezkorlik-kuchga tayyorgarlik ko’rish vositasi bilan 
bir qatorda basketbolda funksional tayyorgarlik “srednegorya” 
sharoitida “balandlik o’yini” asosida original funksional usul ishlab 
chiqilgan. Usul asosida balandliklarni zinama zina o’zgarishi, mashq 
qilish faoliyati davomida o’tilib boradi. 
Srednegorya turini o’rgatishda dengiz past-balandlik darajasi 
balandligini o’zgarishini zinama-zina yo’li, har xil yo’nalishi, hajmi va 
mashq qilishning tezligini,mashqqilish jarayonini samaradorligini 
oshirish, shunda shaxsiy ko’nikma muddatlari qisqarishi zarbdor mashq 
qilishdan foydalanish, bularning jami sportchilarni harakatlantiruvchi va 
psixologik imkoniyatini amalga oshiradi, shuningdek, ixtisoslashtirilgan 
mashqlarni 
texnik 
taktika 
mahoratini 
takomillashtirishda 
samaradorligini oshiradi. 
“Balandlik o’yini” usulini mashq qilish jarayonini o’tkazish va 
tashkil etish o’z ichiga parallel tarzda tezkorlik-kuch va texnik-taktikaga 
tayyorlashni qo’shadi. Va musobaqa faoliyati muddatini uzaytirish 
samaradorligini beradi. 
An’anaviy va noan’ananaviy vositalar va atletikaga tayyorlash 
usullarini kompleks qo’llash sezilarli ijobiy natijalar beradi, shunda 
basketbolchilarning tayyorgarlik darajasi ish bilan birga atletika 
tayyorgarligi uchun mashq qilish vaqtini qisqartiradi. 
Malakali basketbolchilarni tayyorlash tuzilmasida texnikaviy 
tayyorlash “aloqa bog’lovchi bo’g’in” sifatida bo’ladi, buni aytib o’tish 
joizdir. Malakali basketbolchilarni mashq qilish nazariyasi va 
amaliyotida texnik tayyorgarlikning to’rtta etakchi usuli tuzilgan. 
Usulni murakkablashtirish o’z ichiga xarakterli bo’shliqni 
qisqartirish sharoitida ishini bajarilishi va harakatlantiruvchi masalalar 
vaqtiini amalga oshiradi. Boshlang’ich va so’nggi vaziyatni, texnika ish 
pallasini murakkablashtirish, texnika usulining umumiy tuzilmasida 
tezlik darajasi va tartibining alohida pallasini o’zgarishi, alohida 
pallalarning tezligini oshishi hamda usullar barchasida aks etadi. 


146 
Asosiy texnik usulni takomillashtirishda-sakrab otishda quyidagi 
o’yin vaziyatlari xili ajraladi-bular himoyachini qarshilik ko’rsatish 
darajasi bilan aniqlanadi. 
1.
Himoyachi hujumchidan deyarli uzoqda turadi, irg’ishni 
bajarishda odatdagi xarakterli to’siq yo’q, - ya’ni irg’ish “ideal” 
sharoitda bajariladi. 
2.
Himoyachi hujumchiga tezlik bilan yaqinlashadi, irg’ishni 
bajaruvchi bilan aloqasi o’tkir xavfi paydo bo’lmoqda yokt koptokni 
bekitmoqchi, shunda hujumchi odatdagiday koptokni tezroq tashlashi 
maqsadga muvofiqdir. 
3.
Baland bo’yli “sakrovchi” himoyachi hujumchiga homiylik 
qilmokda yaqin masofada, o’zini sheriklari saqlagan holda o’yin sharoiti 
paydo bo’ldi, shunda hujumchi koptokni traektoriya bilindligida 
tanlashga majbur. 
4.
Ximoyachini qarshiligi zaiflashganini poylab hujumchi irg’ishni 
masofadan bajaradi, deyarli maksimal uzoqlikdan. 
Texnika tayyorgarlikni ushbu usullari tezlikni harakatlantirishni 
takomillashtirish bilin birga kontrast usuli qo’llaniladi. 
Ushbu usulning fiziologik asosi muskullarning sezuvchanligi va 
analizator tartibi vazifasini kontrast o’zgarish yo’li bilan bo’shliq 
vaqtinchalik va og’irlik parametrlari harakat boshqaruv ob’ektini o’z 
ichiga oladi, (aylana, koptok). Ushbu usul qo’llanilganda aylana 
diametrini kichraygani aynan ifoda etiladi, koptokni kattaligi va 
og’irligi o’zgaradi, ko’rish nazoratidan sun’iy ravishda chegaralanadi. 
Kontrast usulining birdan-bir qo’shimcha samarasi, harakatlarni 
aniqligini takomillashtirishdan tashqari, tezkorlik-kuch differenstial 
aniqlikda ko’tarilishi negizi natijasida bo’ladi. 
Ma’lum bo’lgan usullarda ta’sir ko’rsatuvchi imkon boricha 
ishlashusuli malakali basketbolchilarni tayyorlashda tashkil etilgan. Uni 
amaliyotda qo’llash, ko’nikish mexanizmlari ko’pincha xarakterga va 
mashq qilish vositalarini tezlik bilan qo’llashga asoslangan. Mashq 
qilishni samarasi sportchini tayyorgarlik darajasi o’sishi, ushbu vosita 
orqali erishilgan bo’lishiga qaramasdan. 
Texnik mashqlarni bir necha bor bajarilganda xuddi shunday 
yuqori-stabil 
harakatlantiruvchi 
dasturlar 
kuzatilishi 
mumkin, 
basketbolchilarni atletik tayyorgarligi singari (“tezlik to’sik”) texnika 
tayyorgarligida “bo’shashganlik”ga qarshi o’xshash to’siqqa “imkon 
boricha” texnik harakatni bajarish hisobiga erishiladi. 


147 
Sportchilarni texnika mahorati usulini takomillashtirish borasida 
to’xtalsak, shuni ta’kidlash lozimki, usullarni zahirasini kengligiga 
qaramasdan, murabbiylar ixtiyorida mavjud bo’lgan, ularning 
ko’pchiligi hajmi bo’yicha jismoniy va psixologik vazifalarni talab 
qiladi, bu esa o’z navbatida nafaqat mashq qilish ishini uzaytirishni, 
balki texnik tayyorgarlikda noan’anaviy vositalarni izlashga imkon 
beradi. 
Zamonaviy basketbolda “texnik-taktik mahorat” umumiy 
tushunchani joriy qilish vosita va usullardan foydalanish ko’zda tutiladi, 
amalda keng darajada texnika hamda taktik tayyorgarlik ko’rish 
masalalarini hal etadi. 
Modellashgan uslab asosini va modellashgan usullarda o’yin 
faoliyatida konkret jamoa yoki o’yinchiga suyanadi. 
Aniq raqibning o’yini modellashtiriladi, buning uchun mashq 
matchlarida vaqtinchalik bo’g’inlar tuziladi yoki maxsustayyorgarlik 
ko’rgan sparring-sheriklar taklif etiladi, ular konkret matchlarda kelgusi 
sherigining eng qulay bo’lgan taktik rejasi asosida harakat qiladilar. 
Murabbiy, kelgusi raqibning tez-tez qo’llaydigan uslublari to’g’risidagi 
oldindan razvedka bo’yicha taktik tartib va turiga ega bo’lib, o’zining 
o’yinchilari uchun hujum va himoya qismi rejasini konkret ishlab 
chiqadi. 
Yaqinlashib kelayotgan kelgusi musobaqalarda basketbolchilarga 
tanlangan usullarni texnik sharoitda sinab ko’rish uchun murabbiy uning 
uyg’unlik va tezligini hisobga olib zahira tarkibiga kelgusi raqibning 
yoqtirgan taktik rejasida hisobga olishni topshiradi. Sheriklarining 
qarshilik harakati jadalligi u taklif etgan taktik sxema doirasida 
maksimal bo’lishi kerak. Bunda, sportchini ijodiy mustaqilligini 
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun unga ma’lum taktik topshiriq taklif 
etib, texnik usul va o’zaro usullarni ko’rsatiladi. Shu bilan bir vaqtda 
sportchiga chetdan aytib turmasdan o’zi hal eta olishi masalasi 
qo’yiladi. 
Boshqa yo’nalishga o’tkazish usuli taktik usulni almashishidan 
foydalanish va oldindan belgilangan signallar qabuliga asoslanadi. Bu 
erda sportchilarga sekin-asta signal qabul qilishni murakkablashtirib 
borish, tovushdan ko’rishga o’tish, bittadan tartib signallarga, to’g’ri 
tanlash va hisobga olishni talab qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, 
sekin-asta mashq qilishning borishida aralashmaslik uchun, murabbiy 
oldindan shunday holatni belgilashi mumkinki, zudlik bilan taktik 
harakatni o’zgartirish signali musobaqa paytida kelib chiqadigan 


148 
ma’lum hollarda, mashq qilishda masalan, tarkib qoida bo’yicha, raqib 
savatiga har bir jarima irg’ishidan keyin, butun maydon bo’yicha zudlik 
bilan shaxsiy homiylikka o’tadilar, o’zining savatiga jarima irg’ishidan 
so’ng esa-yana maydonini himoyasiga o’tadi va hokazo. 
Musobaqalardagi vaziyat kutilmaganda o’zgaradi yoki raqib birdan 
yangi taktik tartib qo’llasa, sportchilarni qarshi usulga tezkorlik bilan 
o’tishga katta qiyinchiliklar tug’diradi. Va maxsus tayyorgarlikni talab 
qiladi. 
Musobaqa oldidan tayyorgarlik ko’rish davrida qisqa vaqt ichida 
turli xildagi taktik tartibga ega bulgan raqiblar bilan bir qator nazorat 
o’yinlar o’tkazish tavsiya etiladi. 
Ajratilgan vaqt sharoitida bir-biridan keskin farq qiluvchi raqiblar 
harakati sportchilarni tezkorlik bilan ijodiy boshqa yo’lga o’tishiga 
majbur etadi. 
Basketbolchilarni 
tayyorlashda 
o’yin 
topshiriqlarini 
murakkablashtirish usuli tushuntirish usulidan ustun keladigan ta’sirni 
o’tkazishi konkret tartibi bo’ladi. Bu aynan o’yin topshiriqlarini 
murakkablashtirishni ko’zda tutadi. Shunda sportchilarni limitni 
ko’payishi sharoitida poerativ masalalarni hal etish zarurati oldiga 
qo’yadi. Bular: vaqt limiti, bo’shliq limiti, raqibningn qarshiligi, konkret 
harakatning tezlik natijasi bahosi, mashqqilish sharoitining konkret 
o’yin vaziyati (masalasi) qarorining o’zgarishi. 
Taktik masalalarni shaxsiy hal etish talabi o’sganligini hisobga olib, 
taktik 
tayyorgarlikning 
shaxsiy 
elementlarini 
har 
tomonlama 
takomillashtirib borish lozim. Usullarni o’rganishning birinchi 
bosqichida umumiy tushuncha va ma’lum taktik harakatni o’rgatish 
zarur. “Kattiq” kanallar va “bloklar” masalalari hal etilishini 
shakllantiruvchi ikkinchi bosqichda esa, bu erda basketbolchini shaxsiy 
va tipik xususiyatlarini hisobga olish zarur. “Blok” uchun hal etish 
chog’ida tezkorlik bilan fikr yurituvchi yaxshi qobiliyatga ega bulgan 
sportchi to’g’ri keladi, hal etilgan “blok”ni amalga oshirish uchun 
yaxshi muvofiqlashtiruvchi sensomotor sportchi zarur. Uchinchi 
bosqichda ushbu kanallarni kengaytirshga tegishli (bir xil bo’lgan taktik 
sxemani izlash). Shunda, bir tomondan basketbolchini shaxsiy fazilatini, 
ikkinchi tomondan o’yinning xarakteriga, ushbu jamoaga xos ravishda, 
to’rtinchi bosqichda, mazkur o’yining tartibida taktik vositalarning 
torayishi qaytadi, lekin endi butunlay yangi darajada. Ayniqsa, bu taktik 
vaziyatdan “chiqish” xilini izlab topishgp tegishli. Yangi taktik usullarni 
barcha bosqichlari o’rganilgandan so’ng, o’yinchilarda improvizastiyani 


149 
rivojlantirish qabul qilingan taktik usul ramkasida va ulardagi psixik 
maxsus qobiliyati doirasida takomillashtirishga alohida e’tiborni 
qaratish lozim. 
Mashq qilish jarayonida shunday uslubiy yondoshishga alohida 
e’tibor berish lozimki, unda sportchilar o’zining har bir taktik usulini 
anglashga asoslanishi kerak. Buning uchun usulni takomillashtirish 
jarayonida uni to’xtatish maqsadga muvofiq bo’lib, unda xar bir 
o’yinchi nainki, o’zining shaxsiy harakatiga balki ularni keyingi 
rivojlanishini oldindan ayta bila olsin. Ushbu usul kombinastiyaning 
davomida o’yinlar vazifasini boshkayo’lga qo’yish va harakatni 
davomiyligini yangi o’yin turini boyitishi mumkin. 
Zamonaviy futbolning asoiy g’oyalaridan biri “aloqani” va qattiq 
qarshilikni ko’payishi, bu hakamlar tomondan rag’batlantiriladi, 
shuningdek o’yinning psixik jiddiyligi oshganda, ularni “tenglashtirish” 
sinfi, jamoani o’yini yuqori daraja natijalariga xosdir. 
Amaliyotda barpo etilgan taktik va psixologik qarshilikka zarur 
bo’lgan sharoitni yaratish borasida bir necha misollar keltiramiz. 
1).Uyin mashqlarini ortishini o’sishi va hajmini ko’payishi, 
basketbolchilar nazorat texnik va taktik masalalarni faol qarshilik 
ko’rsatish davomida echadilar. 
2).Bir necha martaoraliqdagi mashq o’yinida marraga etib kelish 
paytida, murabbiy o’yinchilarga to’satdan, o’yin tomom bo’lishiga oz 
vaqt qolganini xabar qilganda, jamoa hisobni minimal yuqori ushlab 
turishda qator taktik masalalarni hal etishi kerak. 
3).Mashq o’yinlarini turli gandikap raqiblar bilan o’tkazganda, 
jamoa raqib tomondan forani kattaligini bilmay turib, erishilgan yuqori 
hisobdan qat’iy nazar o’yin oxirigacha faol harakat qilishga majbur 
bo’ladi. 
4).Irg’ish paytida tomoshabinlarning soxta shovqini (yoki aksi to’la 
jimjitlik bo’lsa) irg’ish paytidagi tomoshabinlarni to’sig’i, shunda 
o’yinchi hech qanday sharoitga qaramasdan, irg’ishni diqqatlik bilan 
bajarishi shart. 
5).“Bir kishi hamma uchun” degan qoidani kiritib, bitta o’yinchiga 
bir qator jarima yoki mashq oxirida irg’ish uchun beriladigan takliflar 
kiritilganda u aniq bajarsa, shunda butun jamoa shu zahotiyoq dushga 
borishi mumkin, lekin o’yinchi xato otsa, shunda jamoadagilarning 
barchasi “jazoni tortib” zal buylab bir necha bor sapchishlarni amalga 
oshiradilar, so’ng boshka o’yinchi shu shartlar bilan yuqorida aytib 
o’tilganlarni bajaradi, shunda sapchishlar keyingi xato otishda qisqaradi. 


150 
Taktik tayyorgarlikni takomillashtirishdagi zahira izlanishda har bir 
konkret o’yinchining individual xususiyatlaridan kelib chiqib maksimal 
ishlatishga asoslanadi. Bu erda echilmagan masalalar hali ko’p. 
Amaliyotdan bir misol, bir paytda qabul qilingan umumiy uslub 
bo’yicha 
markaz 
o’yinchilaridan 
birini 
taktik 
xususiyatlarini 
takomillashtirishga talaygina kuch ishlatilgan. Boshida sportchini 
orqada qolishini “taktik xususiyatlari” yo’qligidan degan fikr bildirilda. 
Faqtgina chuqur psixologik-pedagogik tekshirish aniqlashga imkon 
berdi. Ushbu sportchi lperativ masalalarni tez vaaniq hal etadi, lekin 
axborotni qabul qilish tezligi etarli emas, e’tibori tor doirali ekanligi 
bilan ajralib turadi. 
Taktik tayyorgarlik paytida akstentlar almashganda sportchini 
mahoratini yaxshilishga imkon beradi. Sportchilarni har tomonlama 
o’rganilganda, har bir kuchli tomondan maksimal to’liq foydalanish va 
qoloq bo’g’inlar bilan to’ldirish – malakali basketbolchilarni taktik 
tayyorlashni takomillashtirishni yagona optimal yo’lidir. 
Dam olish va ish vaqti nisbatiga bog’liq bo’lgan ish yuklatilishining 
asosiy o’zgaruvchanligi turlari ma’lum: o’zgarishsiz dam olish paytida 
ish vaqti mashqdan-mashqqa ortibboradi, ish vaqti doimo, dam olish 
vaqti qisqaradi, ish vaqti oshib boradi, dam olish vaqtini qisqargani 
hisobiga va hokazo. 
O’yin harakatini faoliyati xarakteri shartlari, basketbolda oralik 
uslubini amalga oshirish o’ziga xos xususiyatga ega. Maxsus 
mashqlarni bajarishda basketbolchilar oraliq mashqiga uchta asosiy usul 
taqdim etiladi. 
“Yumshoq” oraliq mashq nisbatan deyarli uzoq ishni 10 
daqiqagacha diapozonida, 10 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish 
oralig’i bilan. Odatda, aylanaga irg’ishni aniqligini takomillashtirish 
mashqlari qo’llaniladi. Ushbu usul quyidagicha konkret amalga 
oshiriladi. 
Basketbolchi juftlikda ishlaganda ma’lum nishonga tegish 
topshirig’ini, ma’lum aylanalar soni ketma-ket bajarishi lozim. Boshqa 
aylanagao’tishda dam olish 10 soniyani tashkil etadi, lekin topshiriqning 
ma’lum qismini bajarganda (5 ta aylana)-1 daqiqagacha, topshiriqning 
ikkinchi qismida dam olish oralig’i qisqaradi. Bunday ish odatda o’rta 
jadal tartibda 10 soniyada 22-24 marta tomir urishida amalga oshiriladi. 
“Qattiq” oraliq mashq qilishda 1-2 daqiqalik ishni almashtirib 
maksimal jadallik bilan bir xil oraliq dam olishni o’z ichiga oladi. 
Kompleks takomillashtirish texnikasini maksimal tezlik bilan bajarilishi 


151 
mashqi turida amalga oshiriladi. Keyingi seriya mashqlarida ma’lum 
tiklashga zid fonida bajariladi. (tomir urishining tezligi birinchi urish 
seriyasida 10 soniyada 25-26 urish, oxirgi seriyadan oldin 26-28, undan 
so’ng 29-31). 
Mashq qilishning bunday usuli maxsus tayyorgarlik ko’rish 
bosqichida va MS urishda tayyorgarlikning barcha bosqichida 
qo’llaniladi. 
“Forcheking” usulidagi oraliq mashq. Maksimal jadallikda ”bir xil 
bo’lmagan” vaznda mashqlar bajariladi. Basketbolda mashq o’yinlari, 
raqibni faol qarshilik harakatlanishi va psixik potenstialligiga nisbatan 
qisqa oraliq vaqtda takrorlanmasdan bajariladi. Qoidalarda ko’zda 
tutilganidek hujum uchun 30 soniya limit, bunday mashqni bajarish 25-
27 soniya. Tomir urishining individual xarakterga ega. Mashq 
qilishganlik va ilgarigi ish faktori bilan shartlashadi. Bu kabi mashqlar 
musobaqa oldidan bo’ladigan bosqichga xarakterlidir. 
Oxirgi paytda basketbolchilarni tayyorlashda aylanma mashq qilish 
an’anaviy uslub bo’lib qoldi. Bu holatda aylanma mashq qilish-bu 
mashg’ulotlarni ma’lum uslubiy tashkiliy usuli, uning asosiga mashq 
qilishning takoro-o’zgaruvchan uslubi qo’yilgan. 
Aylanmamashq qilish kompleks mashq qilishning o’tkazilishidan 
iborat bo’lib, “stanstiya” navbatini davom ettiruvchi tartibida bajariladi. 
Malakali futbolchildarni tayyorlashda, odatda, nafaqat jismoniy 
mashqlardan 
foydalaniladi, 
balki 
texnik 
tayyorgarlikdan 
ham 
foydalaniladi, shu bilan birga alohida mashg’ulotlar u yoki bu 
tayyorgarlik ko’rinishida o’tadi. Aniq paytdagi bog’liqlikka ta’sir 
ko’rsatishi, shu bilan ajralib turadiki, bog’liqlik mashq qilishni 
taqqoslaganda, toza holatdagi ta’siri bir yo’la qat’iy emas, balki ketma-
ketligi o’rinlidir. Aylanma mashq qilishni qo’llash shuni ko’rsatdiki, 
malakali basketbolchilarni tayyorlashda dam olish va takrorlash sonini 
(ish vaqtini emas) qat’iy qoidalar bilan belgilash zarur, bu holda 
adaptastiya 
zahirasi 
ishlatishiga 
sharoit 
yaratiladi, 
ya’ni 
basketbolchilarni qobiliyati mashq qilishning ta’sirida yangisiga, 
jismoniy va texnika tayyorgarligida yanada yuqori darajali bo’ladi. 
Mashqlar majmui va aylanma mashqlarni jismoniy tayyorgarlik 
akstenti vositasi maxsus mashqda basketbolda, shuningdek boshqa sport 
turida yordamchi mashqlar qo’llaniladi. Ish bilan bandlik reglamenti 
mashq qilish majmuiga, asosiy komponent takomillashtirilishi 
ishchanligiga mashq qilishning davomiyligiga, ularni jadalligiga, 


152 
takrorlash soniga, qat’iy ketma-ketligiga va ish bilan bandligiga ma’lum 
oralikda dam olishida alohida stanstiyalar kabi aylanmalarga asoslanadi. 
Integral 
tayyorgarlikning 
mahoratini 
ta’riflanishini 
muvofiqlashtiruvchi vamusobaqa faoliyatida amalga oshiruvchi har 
tomonlama texnika, jismoniy, taktik, psixik va birlashtiruvchi 
tayyorgarlik sifatida xizmat qiladi va ehtimol sportchini muhim 
musobaqalarga tayyorgarligini yanada ahamiyatli tomonlaridan biridir. 
Sport mashg’ulotlarining muhim muammolaridan biri, bu mashq 
qilish jarayonida analitik va sintez yondoshishni birga olib borishdadir. 
Birinchisi 
alohida 
sifatlarini 
yoki 
tayyorgarlik 
tomonlarini 
takomillashtirish maqsadini ko’zlaydi, ikkinchisi esa-musobaqalar 
faoliyatida barcha tomonlarning tayyorgarligini jipslashgan majmuini 
namoyon bo’lishini ta’minlaydi. 
Buning natijasida mashg’ulotlarning bir qismi, sintezni turli xildagi 
sifati bajariladi va musobaqa mashqlarini bir butun mahoratini hisobga 
olib, uning ajralmas qismini tashkil etadi. 
Integral tayyorgarlik ko’rish deganda, birlashishga yo’naltirilgan, 
muvofiqlashtirish va amalga oshirish sharoitidagi mashq qilish va 
musobaqa faoliyatini har tomonlama tayyorgarligini, sifat va mahoratini 
tor yo’nalishli vositani ta’minlovchi vosita jarayoni deb tushunish 
lozim. 
To’liq va har tomonlama integral tayyorgarlik ko’rish uchun 
shaxsiy, guruhli va jamoali texnik-taktik faoliyatni takomillashtirish 
lozim va vazifalar doirasida barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, butun 
o’yin davomida umumiy yuqori darajada mahoratini ta’minlash 
maqsadida maksimal faolligi davrini zaiflashganligiga nisbatan boshqa 
yo’lga o’tishidir. Integral tayyorgarlikning samaradorligini turli xildagi 
uslubiy 
usullar, 
soddalashtiruvchi 
yoki 
musobaqa 
faoliyatini 
jadallashtirib ko’tarish mumkin. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə