O’. A. Farmanov


X-BOB. BASKETBOLCHILARNI MA’NAVIY - IRODAVIY VA



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

X-BOB. BASKETBOLCHILARNI MA’NAVIY - IRODAVIY VA 
PSIXOLOGIK TAYYОRGARLIGI 
 
Sportchida irodaviy xislatlarni tarbiyalashda usullar va vositalar 
katta ahamiyatga ega. Asosiy tarbiyaviy usul – tushuntirish, ishontirish 
usulidir. 
Ishontirish (uqtirish) – suhbat, izohlash, nasihat berish tarzida 
amalga oshiriladi. Uqtirish qoida yoki belgilangan tartibni buzgan 
sportchini ko’ndirish yoki yalinib rozi qilish darajasiga borib etmasligi 
kerak. Bu erda qat’iy talab o’rinli bo’ladi. Nafaqat so’z bilan, balki 
yaqqol namuna yordamida ham ishontirish mumkin. 
Irodaviy xislatlarni tarbiyalashda o’rnak muhim ahamiyat kasb 
etadi. Murabbiyning shaxsiy ibrati sportchini tarbiyalashdagi muhim 
usul hisoblanadi. Murabbiy o’z o’quvchilari bilan muloqotning 
dastlabki 
va 
oxirgi 
daqiqalarigacha 
ularga 
ta’sir 
o’tkazadi. 
Murabbiyning fikrlari, harakatlari, butun faoliyati va hayoti sportchilar 
ongida o’chmas taassurot qoldiradi. Tarbiyaviy jarayonda ko’proq 
ijobiy ibrat namunalarini qo’llash lozim, biroq nojoiz hulq-atvor 
holatlarini ham e’tiborsiz qoldirish kerak emas. Shu bois, murabbiy 
darhol o’quvchilar bilan mazkur holatni tahlil qilishi lozim. Yetuk 
sportchilar ahloq borasida yosh sportchilar uchun ibrat bo’lishi kerak, 
chunki yoshlar o’zi yoqtirgan sportchilarga taqlid qilishga o’rganishadi. 
Sportchini tayyorlashda mashq qilish jarayoni va musobaqa 
vaziyatlarini sportchi tomonidan mustaqil tarzda hal etilishi asosiy 
o’rinlardan birini egallashi lozim. O’quvchilaridan aynan o’zining 
ko’rsatmalariga rioya qilishni talab etuvchi murabbiylar xato qilishadi, 
chunki bu hol jamoa o’yinchilarini mustaqil tarzda harakatlanishga,o’z 
kuchiga ishonishiga halaqit beradi va past natijalarga olib keladi. 
Sportchi jang maydonida mustaqil tarzda va ishonch bilan qaror 
qabul qila olishi kerak. Mustaqil harakatlana olish bosqichi mashq qilish 
mashg’ulotlarida, uyda bajariladigan qo’shimcha mashqlar yordamida 
shakllanadi. Tarbiyaviy jarayonda majburlash usuli ham qo’llaniladi. 
Sportchiga turli choralar yordamida ta’sir etish mumkin. (murabbiy 
tanbehidan boshlab mashg’ulotlardan chetlashtirishgacha). Terma jamoa 
tarkibidan chiqarish vamusobaqada ishtirok etishdan chetlanish-sportchi 
uchun jiddiy jazo hisoblanadi. Albatta, bunday choralar sportchi jiddiy 
xatolarga yo’l qo’ygandagina qo’llanishi lozim. Rag’batlantirish ham 
tarbiyaviy usul hisoblanadi. Agar o’quvchi maqtovga loyiq bo’lsa, uni 
rag’batlantirish, maqtash kerak. Bu ayniqsa, yosh sportchilar uchun 


121 
muhimdir; biroq me’yordan ortiq maqtovlarga yo’l quymaslik kerak, 
chunki bu hol sportchi tomonidan man-manlikka olib kelishi mumkin. 
Har bir tarbiyaviy usul takror tarzda qo’llaniladi. Faqat takroriy 
ta’sirot ko’nikma, odatni shakllanishiga; ahloqiy-irodaviy xislatlarni 
tarbiyalashga yordam beradi. 
Barkamol navqiron insonni tarbiyalash, uning dunyokarashini 
shakllantirish -sport o’yinlaridagi, xususan, basketboldagi o’quv-mashq 
qilish jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi. U ma’naviy-irodaviy va 
psixologik tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi va quyidagi 
vazifalardan iborat bo’ladi: 
1.
Shaxsni shakllantirish. 
2.
Kuchli iroda va intiluvchanlikka asoslangan sporchi xarakterini 
tarbiyalash. 
3.
Texnik-taktikaviy faoliyat negizini tashkil etuvchi va uning 
bellashuv jarayonidagi samaradorligini ta’minlovchi maxsus texnik 
xislatlarni rivojlantirish. 
4.
His-tuyg’ularni nazorat qilish va hulq-atvor harakatlarini 
mustaqil ravishda boshqarish qobiliyatlarini tarbiyalash. 
Psixologik (ruhiy) tayyorgarlik o’ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Eng avvalo, bu uzluksizlik va turg’unlikdir. Sportchi bilan murabbiy 
o’rtasidagi har bir muloqot - tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Yana bir 
xususiyati, ruhiy tayyorgarlik deyarli maxsus vositalarga ega emas va 
bevosita jismoniy mashqlar jarayonida amalga oshiriladi. Bu esa 
maxsus bilim va qobiliyatlarni talab etadi. Har bir murabbiy ularni 
mukammal darajada bilishi lozim. 
Irodaviy tayyorgarlik sportda g’alabaga erishishning muhim va 
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. G’oyaviy va ahloqiy kuchlar 
sportchini g’alaba sari intiluvchanligini ta’minlaydi, ularni sabotli 
bo’lishiga yordam beradi. 
Irodani tarbiyalashda har bir sportchini individual xususiyatlarini 
hisobga olish kerak. 
Iroda kuchi bir qator irodaviy xislatlar: intizomlik, sabot va 
qat’iylik; jasorat va jur’at, matonat va dadillik bilan tavsiflanadi. 
Intizomlilikni tarbiyalash mashg’ulotning dastlabki daqiqasidan 
boshlanishi kerak. Murabbiyni aniq jamoasi; mashg’ulotlarni uz vaqtida 
boshlanishi, qatnovlar jarayonida muntazam belgilash-guruh intizomi 
asoslaridir. Bunda gigienik targ’ibot chora-tadbirlari, jumladan 
chekmaslik va alkogol ichimliklarini iste’mol qilmaslik ham ijobiy 
natijalarga olib keladi. 


122 
Sabot va qat’iylikni tarbiyalash sportchini tayyorlashdagi muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. Yosh sportchilar sport seksiyasiga turli 
kiziqishlar ishtiyoqida kelishadi: tez yugurishni; yana biri jismonan 
barkamol bo’lishni istaydi. Murabbiy yosh sportchini maqsadini bilishi 
kerak. Sabot va qat’iylikni tarbiyalashda nafaqat maqsad sari intilish, 
balki unga erishishga ishonish ham lozim. 
Qat’iylik va mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun jismoniy 
mashqlarni o’tkazishning bellashuv usulini keng ko’lamda qo’llash 
lozim; 
Sabot, qat’iylik va mehnatsevarlikni tarbiyalash, qiyinchiliklarni 
engish uchun sportchi mustahkam irodaga ega bo’lishi, mushkul 
sharoitlarda o’tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish 
uchun qiyin sharoitlarda mashq qilishi kerak. 
Bundan tashqari, ichki qiyinchiliklar ham mavjuddir. Kuchli 
mushaklar va baquvvat tanaga ega bo’lishni o’zi kifoya qilmaydi. 
Yuzaga kelayotgan toliqishga qaramay, mashqlarni davom ettirish 
uchun metin iroda bo’lishi kerak. Bu esa o’z kuchiga ishonch hissini 
rivojlantirishga yordam beradi. 
O’z kuchiga oshonch sportchiga musobaqada yuksak natijalarga 
erishishga, raqib ustidan g’alaba qozonishga yordam beradi. Bunga 
erishish uchun shunday metin irodani tarbiyalash zarurki, toki hech bir 
kuchli raqib ham, o’yingohdagi yuz minglab tomoshabinlar ham, 
qo’rquv hissi yoki yomon ob-havo sharoiti yohud boshqa sabablar ham 
uni enga olishmasin. 
Qo’rquv hissi va qat’iyatsizlik sportchi erishadigan natijalarga 
salbiy ta’sir etadi. Shu bois sportchilarni bo’lajak musobaqaga ma’naviy 
jihatdan tayyorlash yuqorida ko’rsatilgan xislatlarni oldini oluvchi 
muhim vosita hisoblanadi. Sportchi o’z raqibi haqidagi ma’lumotlarga 
ega bo’lishi hamda uni ismi-sharifi, fotosuratlar, kinogrammalar 
bo’yicha tanishi kerak. Qat’iyat, o’z kuchiga ishonch hissini tarbiyalash 
uchun sportchi musobaqa sharoitida yaqinlashtirilgan sharoitda mashq 
qilishi lozim. 
Mashq 
qilish 
mashg’ulotlarida 
musobaqadagidan 
yanada 
mushkulroq bo’lgan sharoitni yaratishdan qo’rqmaslik kerak. Misol 
tariqasida, basketbol bo’yicha sobiq ittifoq terma jamoasini keltirish 
mumkin. Bu haqda terma jamoa murabbiysi A.Ya.Gomelskiy shunday 
deydi: “Aynan basketbol mashqlarini bajarishda biz doimo irodaviy 
tayyorgarlik muammosini hal etamiz. Bizning uslubiyatimiz mohiyati 
shundaki, 
mashg’ulot 
yuklamalari 
musobaqa 
yuklamalaridan 


123 
mushkullik jihatidan ustun turadi, ish hajmi kamaymagan holda uning 
jadalligi 
oshirib 
boriladi. 
Mazkur 
uslubiyat 
sportchilarda 
qiyinchiliklarni engish qobiliyatini tarbiyalaydi. 
Tayyorlov mashqlarida kutilmagan qiyinchiliklarni yuzaga keltirish 
usuli o’yinchilarda qo’shimcha irodaviy hislatlarni ruyobga chiqarishga 
yordam beradi. Masalan, o’yinchiga o’yingoh yo’lakchasi bo’ylab, 
juftliklarda o’zaro to’p uzatgan holda 1500m.ga yugurish vazifasi 
beriladi. Distansiyani tugatgach, o’yinchilar hordiq chiqarish uchun 
odatdagi tanaffusga shaylanadilar. 
Lekin shu damda, murabbiy yana bir bor aylana bo’ylab yugurishga 
jamoa beradi. Yoki masalan, sport zalida o’yinchilar 5-6 daqiqa ichida 
tez yorib o’tish mashqlarini yuqori jadallikda bajarishar ekan, 
navbatdagi tanaffusni kutishadi. Biroq hordiq chiqarish o’rniga, ularga 
yangi topshiriq beriladi-shartli raqib qarshiligida to’p bilan qalqon 
ostiga o’tish. 
Albatta, bunday mashqlar sportchi imkoniyatlariga muvofiq tarzda 
tanlanishi kerak; aks holda qo’shimcha kutilmagan qiyinchiliklar salbiy 
natijalarga olib keladi. 
Shuningdek, raqib halqasiga birinchi bo’lib to’p otgan jamoa 
g’alaba qozonadigan tayyorgarligi o’yinlarini ham o’tkazishi mumkin. 
Quyidagi mashq ijobiy samara beradi: jamoa 3-4 ta o’yinchidan iborat 
bo’lgan 3ta guruhga bo’linadi. Ular o’rtasida davomiyligi 5-10 m 
o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkaziladi. Birinchi uchrashuvda g’alabaga 
erishgan jamoa o’yinni 3-jamoa bilan davom ettiradi va h.k. Galaba 
qozongan jamoa maydonchada o’yinni davom ettiradi. Jamoa ichida 
bo’lajak musobaqalar formulasi bo’yicha musobaqalarni tez-tez o’tkazib 
turish kerak. 
Masalan, jarima to’pini otish bo’yicha musobaqa o’tkazish tavsiya 
etiladi. Mazkur bellashuvning asosiy qoidasi dastlabki muvaffaqiyatsiz 
to’p otishdan so’ng o’yinchi musobaqani davom ettirishdan 
chetlashtiriladi. 
Bunday 
musobaqa 
basketbolchining 
texnikaviy 
xislatlarini rivojlantirib, o’yinda qo’pollikka yo’l qo’yilishiga qarshi 
tarbiyaviy vosita vazifasini o’taydi. Jarima to’pini otish o’yin 
natijalarida ahamiyatli o’rin egallagani bois, shu ko’nikmasini 
takomillashtirish lozim. 
Ko’p hollarda, basketbolda o’yin natijasini bitta ochko hal qiladi. 
Bu ochko jarima to’pini otish orqali qo’lga kiritilishi mumkin va 
o’yinchidan kuchli ruhiy urinishni talab etadi. 


124 
Musobaqa vaqtida jarima to’pini otish natijalari quyidagilarga 
bog’liq: 
1.
Jarima to’pini otish muvaffaqiyatli bajarilishida basketbolchini 
jismoniy tayyorgarlik holati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jismonan 
tayyor sportchi keng yo’nalishdagi texnikaviy imkoniyatlarga ega 
bo’ladi. 
2.
Jarima to’pini engishda musobaqalar miqyosi, ahamiyati, ularni 
o’tkazish tizimi katta rol o’ynaydi. Musobaqa miqyosi qanchalik to’g’ri 
bo’lsa, va jamoa oldida turgan vazifalar qanchalik salmoqli bo’lsa, 
jamoa a’zolarining javobgarlik hissi va psixologik zo’riqishi shunchalik 
katta bo’ladi. 
O’yinchilarning emostional holati (ayniqsa, ularning sport tajribasi 
kichik bo’lganda) jarima to’pini otish natijalariga salbiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. 
3. O’yin natijalari ham jarima to’pini otishga ma’lum darajada ta’sir 
etadi. Agar o’yin boshidan boshlab, jamoa raqib ustidan ustun kelsa, 
o’yin sur’atini susaytirmasa jamoa to’pini otish engillashadi. 
4.Jarima to’pini otish o’yin boshlanishida yoki oxirida bajarilishi 
ham muhim ahamiyatga ega. O’yin boshlanishida ham jarima to’pini 
otish sabablari quyidagicha: 
a) o’yindan oldingi badan qizdirish vaqtida jarima to’pini otishga 
kam e’tibor beriladi. 
b) ko’pchilik o’yinchilarning start oldi holati ularning harakatlariga 
ayniqsa, o’yin boshlanishida salbiy ta’sir etadi; 
-
alohida 
hollarda, 
jarima 
to’pini 
muvaffaqqiyatli 
otish 
o’yinchilarning o’zaro va murabbiy bilan bo’lgan muloqotiga bog’liq 
bo’ladi. 
-
raqibning tayyorgarlik darajasi ham jarima to’pini otishiga ta’sir 
etadi. 
-
jarima to’pini otishda mazkur jamoa bilan o’tkazilgan oldingi 
uchrashuv natijasi ham tasir ko’rsatadi. 
-
tomoshabinlarning o’yinga munosabati (shovqin, hayqiriqlar va 
h.k.) ham jarima to’pini otayotgan basketbolchiga kuchli ta’sir etadi. 
-
musobaqani o’tkazilish jarayoni joyi (zalda, ochiq havoda) 
maydondagi to’p, halqalar, to’r, qalqon sifati jarima to’pini otishda 
salmoqli ahamiyat kasb etadi. 
-
jarima to’pini otish natijalari oldingi musobaqa natijalari va 
o’yindagi psixologik tayyorgarlik saviyasini to’g’ri tahlil etishga ham 
bog’liqdir. 


125 
Jarima to’pini otish borasidagi sust harakatlar o’yinchining 
mahoratsizligi bilan tushuntiriladi. Bu muammoni hal etishda asosiy 
vosita-mashq qilish hisoblanadi. Sportchini o’z kuchiga bo’lgan ishonch 
hissi katta ahamiyatga ega. Biroq haddan tashkari o’z kuchiga ishonish, 
manmanlik, mashq qilish tartibining buzilishiga va musobaqada jiddiy 
xatolarga olib keladi. G’alabaga intilish sabot, qat’iyat, o’z kuchiga 
ishonch kabi ma’naviy xislatlarga tayanadi. Shu bois ma’naviy va 
irodaviy xislatlarni tarbiyalash ko’p darajada g’alabaga bulgan intilishni 
belgilab beradi. 
Sportchi musobaqa davomida jangovor ruxda harakat qilishi va 
g’alabaga intilishi kerak. Sharoit qiyinchiliklari va kuchli raqobat uning 
irodasini bukolmasligi lozim. Raqib qanchalik kuchli bo’lsa, bellashuv 
shunchalik qiziqarli va g’alaba qimmatli bo’ladi. Sportchilarda o’z 
kuchiga ishonch hissini uyg’otish kerak (yetuk sportchilar, sport ustalari 
tajribasidan misollar keltirish orqali). 
Sportchilar bolalik chog’laridanoq ishtirok etuvchi ko’plab 
musobaqalar g’alabaga intilishni tarbiyalashda maktab vazifasini 
o’taydi. Jamoaviy musobaqalarda jamoaning sport sha’ni uchun kurash 
ma’naviy xislatlarga bog’liq holda amalga oshadi. Bunda sportchi 
birinchi navbatda musobaqada o’zi ishtirok etuvchi jamoa haqida 
o’ylaydi. Haqiqiy sportchi uchun jamoa va shaxsiy sport sha’ni katta 
ahamiyatga ega, u toliqish hissini engib, zafar sari intiladi. 
Tayyorgarlik mashg’ulotlari va musobaqalarda sportchi irodasi 
shakllanadi. Mashg’ulot sharoiti, vazifalari, musobaqa sharoitiga va 
boshqa sabablarga bog’liq holda ba’zi hislatlar faol, ba’zilari esa sust 
rivojlanadi. 
Sportchining barcha irodaviy hislatlarini rivojlantirib, uni kuchli 
irodaga ega bo’lgan shaxsga aylantirish-murabbiyning vazifasi 
hisoblanadi. Ko’p yillar davomida uzluksiz ravishda sabot bilan mashq 
qilish orqali yuksak ko’rsatkichlarga erishish mumkin. 
Har qanday sportchi yoki jamoani tayyorlash rejasida texnik-
taktikaviy harakatlarni mashq qilishga eng ko’p vaqt ajratiladi. 
Ko’p karra tayyorgarlik mashg’ulotlari davomida irodaviy 
hislatlarni takomillashtirishda sportchi namoyon bo’luvchi ayrim 
hislatlarni shaxsiy harakterning turg’un xususiyatlariga aylantira olishi 
kerak. Tayyorgarlik mashg’ulotlari irodaviy xislatlarni rivojlanishiga 
yordam berishi uchun, sabot bilan ko’p mehnat qilish; qiyinchiliklar va 
qiyin sharoitlardan qo’rqmaslik; avval bitta so’ngra ikkita hujumchi 


126 
yoki himoyachiga qarshi harakatlanish kerak. Natijada, himoyachi yoki 
hujumchining mahorati, o’z kuchiga ishonch hissi oshadi. 
A.Gomelskiy shunday yozadi: “Rigadagi SKA jamoamizga Gunder 
Maytina kelganida, uning xarakteri yumshoq edi, raqibnig arzimagan 
qo’polligi uning asabini izdan chiqarar edi, u hakamlarga g’amgin qarar, 
jamoadoshlaridan hamdardlik kutar, o’yindan butkul chiqib ketardi. 
Shunda butun jamoa bu kamchiliklarni bartaraf etish borasida ishladi, 
jamoa bilan birgalikda biz kasallik tashhisini aniqladik va “davolash” 
muolajasini boshladik. Tayyorgarlik mashg’ulotlarida Gunderga qarshi 
Omertu Xoxktu va Iveru Vertisu o’yin olib bordilar. Ular o’z raqiblari 
bilan juda ham “muloyim” munosabatda bo’lishmadi. O’yinga men 
hakamlik qilar edim. Gunder menga zorlanib qarar edi. Men esa go’yo 
Xoxktuning qo’pol harakatlarini ko’rmagandek o’zimni tutardim. Bu 
hol har bir mashg’ulotda, toki Gunder hujum qilishni o’rganmagunicha 
davom etdi. Shu tariqa u mahoratli va jasur o’yinchiga aylandi”. 
Toliqish holatidagi sportchidan yangi urinishlar, diqqat bilan 
harakat 
qilish 
talab 
etiladigan 
mashqlar-irodaviy 
xislatlarni 
rivojlanishiga yordam beradi. 
G’alaba uchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlarni tarbiyalashning 
juda yaxshi usullaridan biri-bellashuv usuli hisoblanadi. Ba’zida 
tayyorgarlik mashg’ulotlarini tomoshabinlar, hakamlar, mehmonlar 
huzurida yoki maxsus tarzda tashkil etilgan shovqin fonida o’tkazish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu hol sportchini hayajonini engib, bor 
kuchini to’plab, mashqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishga undaydi. 
Hamda uni musobaqa vaqtida bo’ladigan vaziyatga ko’niktiradi. 
Sportchi musobaqada hovliqmasdan dadil va o’z kuchiga ishongan 
holda ishtirok etishi uchun tayyorgarlik mashg’ulotini bir qismini sport 
bellashuvi sharoitiga maksimal yaqinlashitirilgan sharoitlarda o’tkazish 
kerak. Agar imkon bo’lsa, sportchilar musobaqa vaziyatini oldindan 
o’rganishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. Sportchi musobaqada o’z 
irodasini muayyan maqsadga yanada ko’proq qaratishi uchun, u 
raqibning kuchli va sust tomonlarini bilishi kerak va shunga bog’liq 
holda u bilan bo’ladigan sport bellashuviga oldindan, tayyorgarlik 
mashg’ulotlarida tayyorlanishi kerak. Musobaqaga tayyorgarlik ko’rish 
maqsadida, kuchli raqiblar bilan tayyorgarlik uchrashuvlarini o’tkazish 
joiz bo’ladi. Bu esa sportchiga o’zining kuchli va ayniqsa, sust 
tomonlarini aniqlash imkonini beradi. 
Tayyorgarlik mashg’ulotlari davomida turli raqiblar bilan 
uchrashish lozim. Chunki, har bir raqib muayyan taktikaviy usullarga, 


127 
o’ziga xos jismoniy, intellektual va irodaviy xislatlar hamda muayyan 
sport nufuziga, mahalliy va xalqaro uchrashuvlarda qatnashish 
tajribasiga egadir. 
A.Puni yozishicha, sport yutuqlarini yaxshilashga bo’lgan umumiy 
intilish tayyorgarlik mashg’uloti jarayonida yuzaga keladi va 
rivojlanadi. Har bir o’yinchi va jamoa psixologik tayyorgarlikning 
bosqichlar bo’yicha tuzilgan maxsus rejasiga ega bo’lishi lozim. Bunda, 
texnik-taktikaviy tayyorgarlik rejasi katta o’zgarishlarga uchramaydi, 
ruhiy xislatlarning namoyon bo’lishi esa o’zgaruvchan bo’ladi. 
Ma’naviy-irodaviy 
tayyorgarlik 
murabbiydan 
katta 
psixologik 
mahoratni talab etadi. Murabbiy-sportchi musobaqadagi jangovor 
holatda amalga oshirishi mumkin bo’lgan hatti-harakatlarni oldindan 
ko’ra bilishi kerak. 
Murabbiy jamoaning har bir o’yinchisini bilishi kerak, bu jamoani 
psixologik tayyorgarligi uchun juda muhimdir. Shuning uchun, sportchi 
mashaqqatlarni 
engib 
o’tib, 
qo’yilgan 
maqsadga 
erishadigan 
musobaqalar irodaviy xislatlar uchun oliy sinov vazifasini o’taydi. 
Qolgan o’zaro teng sharoitlarda kuchli irodaga ega bo’lgan sportchi 
g’alabaga erishadi. Musobaqada barcha jismoniy-ma’naviy kuchlarni 
yaqqol namoyon bo’lishini talab etadi. Shuni yodda tutish kerakki, har 
bir sport turi o’ziga xos qiyinchilikka ega bo’lib, u “o’lik nuqta” deb 
ataladi. Sportchi “o’lik nuqta”ni yuzaga kelishi mumkinligi haqida 
hamda uni bartaraf etish yo’llarini bilishi kerak. Qiyinchiliklar 
musobaqani o’tkazilish sharoitlari tufayli kelib chiqishi mumkin. Yetuk 
sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish amaliyoti ba’zi sharoitlarni 
sanab o’tish imkonini beradi: 
1.
Onglilik. 
2.
Intizomlilik. 
3.
Qobiliyat va ko’nikmalar hajmi, saviyasi. 
4.
Sportchini jamoada tutgan o’rni. 
Irodani shakllantirishda sport bellashuvi natijalarini sarhisobi, o’z 
harakatlarini baholash qatta ahamiyatga ega. 
Sportchi natijalariga kasallik va qat’iyatsizlik salbiy ta’sir etadi, 
chunki ular o’z kuchiga va uchrashuvni muvaffaqiyatli yakunlashiga 
ishonch hissini yo’qotishiga olib keladi. 
Irodaviy hislatlarni namoyon bo’lishi uchun muhim usullardan biri-
ixlos qilishdir. Sportchi qo’yilgan maqsadga erishish maqsadida o’z 
irodasiga ta’sir etishi mumkin. Musobaqa-ma’naviy-irodaviy hislatlarni 
tekshirishning asosiy usulidir. Jarov yozadi: “Sport bellashuvi irodaviy 


128 
xislatlarni chiniqtirishning eng yaxshi usulidir. Yaxshi natijani 
ko’rsatib, g’alabaga erishish uchun raqiblarning har biri g’alabaga 
intiladi”. 
Murabbiyni o’z jamoasining ichki ma’naviy hayoti qiziqtiradi. 
Inoq, uyushqoq jamoa mashg’ulotda va musobaqalarda muvaffaqiyatga 
oson erishadi. 
Murabbiy jamoaning ichki hayotiga ta’sir etishni ko’plab usullariga 
ega. Bunda eng muhimi uning o’z jamoasiga, klubiga sodiqligidir. 
O’yinchilar murabbiy jamoa uchun o’z vaqti va kuchini ayamasligini 
ko’rishganida, ularda unga nisbatan hurmat hissi paydo bo’ladi, uning 
har bir so’ziga ishonishadi, murabbiyning har bir talabi va ko’rsatmasi 
jamoa foydasiga xizmat qilishini bilishadi. 
Lug’atlarda murabbiylar haqida shunday deyilgan. Enstiklopedik 
lug’at: ”Murabbiy-sportchilarni tarbiyalovchi ularni musobaqalarga va 
rekord natijalarini qo’lga kiritishiga tayyorlovchi rahbardir”. 
Dal lug’ati: ”Biror sport turida sportchilarni mashq qilishini 
boshqaruvchi mutaxassis”. 
Oxirgi 
paytlarda 
jamoalarga 
murabbiylarning 
maxsus 
yordamchilari bo’lmish psixologlar jalb etilmoqda. Ba’zida mutaxassis-
psixolog maslahati muayyan samara berishi mumkin. Biroq, agar 
murabbiyning o’zi psixolog bo’lmasa, hech bir yordamchi unga katta 
madad berolmaydi. Maydonda o’yin olib borishga o’rgangan 
o’yinchilar, gohida zahira kursisini egallashadi. Bu o’yinchilar -o’yinda 
ishtirok etish mazkur “qiynoqlar kursisi”da o’tirganga nisbatan ancha 
oson ekanligini iqror bo’lishadi. 
Jamoa o’yinchilariga muntazam ravishda psixologik ta’sir 
ko’rsatish ko’p jihatdan, murabbiyning qo’yilgan maqsadiga erishish 
qobiliyati bilan belgilanadi. 
Murabbiy nafaqat sportchi salomatligini mustahkamlab, yuksak 
sport natijalariga tayyorlashi, balki uni ahloq jihatidan tarbiyalashi ham 
kerakdir. Sportchini zamona ruhida tarbiyalash uchun murabbiy har bir 
o’yinchini fe’l-atvorini aniq bilishi lozim. Murabbiy jamoa uchun 
javobgar shaxsdir. U o’z shogirdlari uchun ma’naviy ustoz bo’lishi 
kerak. 
Murabbiy har tomonlama rivojlangan bo’lishi, o’zida barcha kasb 
xislatlarini mujassam etishi lozim. U yosh sportchilar uchun har jihatdan 
o’rnak bo’ladi. Shu bois, u sofdillik, adolatparvarlik, oliyjanoblik, 
vatanparvarlik kabi xislatlar sohibi bo’lishi va sportchilarni hurmat 
qilishi darkor. Murabbiy o’yinchiga nisbatan haqoratlovchi, tahqirlovchi 


129 
choralarni qo’llashi mumkin emas. Murabbiy bilan sportchilar 
o’rtasidagi o’zaro hurmat va ishonch- mahoratga erishish uchun zaruriy 
shart hisoblanadi. 
O’quv-sport terma musobaqalaridagi tayyorgarlik mashg’ulotlarida 
murabbiy o’quvchilarga vatanparvarlik namunalarini namoyon etishi 
lozim. 
Jamoaning ahamiyati shundaki, sportchini musobaqada ishtirok 
etishga o’rgatish birgaligida amalga oshiriladi, sportchini shaxsiy 
manfaati butun jamoa manfaatiga bo’ysunadi. Shu bilan birga jamoa har 
bir o’yinchining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Jamoada 
sportchilar o’rtasidagi do’stona munosabatlar, intizomlilik, kamtarlik 
kabi xislatlar shakllanadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə