O’. A. Farmanov


Mezosikllarni tayyorlashning xususiyatlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
9.4. Mezosikllarni tayyorlashning xususiyatlari 
 
Ayollar mashg’ulotlarida mezostikllarni sifat jihatidan tuzishda 
ayol organizmi xususiyatlarini, jumladan, ovarial hayz ko’rish stikli 
OMS ni hisobga olish katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, OMS 
tarkibida 5-ta faza mavjud: hayz ko’rish 3-5 kun, hayz ko’rishdan 
so’nggi 7-9 kun, ovulyator 4-kun, ovulyatordan sunggi 7-9 kun va hayz 
ko’rishdan oldingi 3-5 kun. Mashg’ulotlar va musobaqalar bilan bog’liq 
bo’lgan yuklovlar nuqtai nazaridan hayz ko’rishdan oldingi faza eng 
noqulay davr sanaladi. Ushbu davr mobaynida sportchi qizlarda ish 
qobiliyatining susayishi, serjahllik, ruhiy siqilish, yangi materialni 
o’zlashtirishga bo’lgan qobiliyatning pasayishi kuzatiladi. Funksional 
imkoniyatlarning pasayib ketishi hayz ko’rish va ovulyator davriga 
xosdir. Shunday qilib, OMSning 28-kun davom etishi mobaynida 
sportchi qizlar 10-12 kun davomida nisbatan noqulay funksional holatni 
boshdan kechiradilar. Mashg’ulot yuklovlarini rejalashtirish jarayonida 
ushbu omilni hisobga olmoq kerak. 


116 
Mezostikllarni OMS tuzilishini hisobga olgan holda bunyod etish 
sportchi qizlarning yuqoriroq umumiy ish qobiliyatini ta’minlash, ish 
qobiliyatining yuqori darajasi va ma’qul psixik holatda ular 
organizmining optimal holatida asosiy o’quv-mashg’ulot ishlarini 
bajarish uchun zamin yaratishga imkon beradi. Mashg’ulotlarni ushbu 
alpozda tashkillashtirish bo’yicha ko’makchi va asosiy mezostikllar
aksariyat nazorat-tayyorlov mezostikllar, ya’ni rejalashtirilayotgan sport 
natijalariga erishish, tayyorgarlikning turli jabhalarini har tomonlama 
shay holatga kelitirish uchun zarur bo’lgan texnik va taktik hamda 
funksional shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq bo’lgan mezostikllar 
uchun shart bo’lmog’i darkor. 
Musobaqalardan 
oldingi 
va 
ayniqsa, 
musobaqalarga 
oid 
mezostikllarga kelganda esa, ularning tuzilishi va yuklovlar 
dinamikasiga bo’lajak musobaqalarni o’tkazish muddati va ularning 
OMS fazasiga nechog’lik muvofiqligiga qarab jiddiy o’zgarishlar 
kiritilishi mumkin. Tajriba shuni ko’rsatadiki, musobaqalardan oldingi 
va musobaqalarga oid mezostikllarni bunyod etishda mazkur omillarni 
hisobga olgan holda musobaqalar muddati yuklovlarni ko’chirish nuqtai 
nazaridan olib qaraganda eng noqulay OMS fazalariga to’g’ri kelgan 
taqdirda ham sportchi chiqishlarining natijalari anchagina yuqori bo’lib 
chiqadi. Bayon etilgan fikrdan shu g’oya o’z isbotini topadiki
ko’rsatilgan mezostikllarda hajmi va intensivligi yuqori bo’lgan 
mashg’ulotlar yuklovini rejalashtirish, nazorat musobaqalarni o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir va bu musobaqalarda oldinga bo’ladigan asosiy 
o’yinlarni sportchi qizlar funksional holati nisbatan noqulay bo’lgan 
OMS fazalarida ham o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Guruhlarni rastional tarzda tuzish masalasiga mashg’ulotlar 
jarayoniga tegishli muhim tashkiliy muammolardan biri sifatida 
qaraladi. Xususan, ko’pgina murabbiylar turli yoshdagi va tayyorgarlik 
darajasi turlicha bo’lgan o’yinchilardan tashkil topgan guruhlar bilan ish 
olib boradilar. Ishni bu tarzda tashkillashtirish malakali sportchilarga 
ham iqtidorli o’smir va qizlarga ham hech kanday foyda keltirmaydi. 
Kamroq tajribaga ega bo’lganlar yuqori malakali sportchi qizlar bilan 
yonma-yon ishlar ekan, odatda eng yuqori natijalarga tayyorgarlik 
bosqichiga xos bo’lgan shunday uslub va vositalarni qo’llaydilarki, 
bular 
kuchli 
rag’batlantiruvchi 
omil 
bo’lib 
xizmat 
qiladi. 
Mashg’ulotlarda doimiy raqobatning yo’qligi bois yuqori malakali 
sporchi qizlarda mashg’ulotlardan sovib ketish hollari kuzatiladi


117 
natijada ular o’z funksional imkoniyatlarini kerakli darajada safarbar eta 
olmaydilar. 
Hozirgi davrda murabbiylar tarkibida nisbatan tor ixtisoslashuvga 
moyillik tendenstiyasi kuzatilmoqda: ba’zi murabbiylar ta’lim va tanlov 
bilan shug’ullansalar, boshqalari kamolotga erishishning birlamchi 
bosqichida mashg’ulotlar o’tkazish, yana boshqalari esa malakali 
sportchilar bilan ish olib boradilar. Buni faqat shu holatdagina to’g’ri 
deb aytish mumkin, bashartiki bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar o’z 
faoliyatlariga ko’p yillik tayyorgarlik vazifa va talablari nuktai 
nazaridan yondoshsalar hamda yosh sportchilar bilan ish olib borganida 
uzviy masalalarni tezda hal qilish ilinjida yuqori natijalarga erishish 
borasida sportchi qizlar bilan ko’p yillik ish olib borish bilan bog’liq 
bo’lgan asosiy vazifaga ikkinchi darajali masala deb qaramasalar. 
Sportchi qizlar mashg’ulotlariga yuqori darajadagi jo’shqinlik ato etish 
mashg’ulot jarayonini rag’batlantiruvchi zabardast omil bo’lib xizmat 
qiladi. Ushbu yo’nalishda olib boriladigan ish uslublari va shakllari 
turlicha bo’lishi mumkin: mashg’ulot topshiriqlarini bajarishda 
musobaqaviy uslubni qo’llash, mashg’ulot dasturlarining nihoyatda 
xilma-xilligi va ularni muntazam yangilab turish. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə