O’. A. Farmanov


Ayollar organizmining fiziologik xususiyatlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
9.1. Ayollar organizmining fiziologik xususiyatlari 
 
Ayollar va erkaklar organizmi o’rtasidagi tafovut gavda tuzilishi, 
harakatlanish xossalarining rivojlanishi, alohida organ va tizimlarning 
ish bajarishi, hamda muskullarga tushadigan og’irliklarga moslashishda 
o’z aksini topadi. Ayollarning bo’yi, vazni, elka kengligi kamroq, tos 
suyagi kengrok, qo’l va oyoq uzunligi kaltaroq bo’ladi. Ayollarda, 
shuningdek, jism markazi pastroq joylashgan bo’ladi, buning natijasida 
ular oyoqlarga suyangan holda muvozanatni saqlab mashqlar bajarishi 
mumkin. 
Tana tuzilishidagi tafovutlar bolalik davridanoq paydo bo’ladi. 7-8 
yoshgacha o’g’il va qiz bolalar o’sishi taxminan bir me’yorda kechadi, 
ammo keyingi yillar mobaynida qizlarning o’sishi tezlashadi va 12 
yoshga etganda ular o’g’il bolalarni quvib o’tadilar, 15 yoshga to’lgach 
esa buning aksi kuzatiladi. Qizlarning tez o’sishi ularning erta jinsiy 
etilishi bilan bog’liqdir. Jinsiy tafovutlar umurtqa pog’onasining 
tuzilishida ham o’z aksini topadi: ayollardagi ushbu a’zo erkaklardagiga 
nisbatan kaltaroq, biroq bo’yin va bel qismlar uzunroq bo’ladi, shu bois 
ham umurtqa pog’onasi harakatchanroq bo’ladi. Ayni holat bog’lovchi 
apparatning g’oyat egiluvchanligiga bois bo’lib xizmat kiladi. Ayollarda 
paylar massasi nisbatan kam bo’ladi, ya’ni tana umumiy vaznining 30-
35 foizini, yog’ to’qimasi esa 28-30 foizni tashkil etadi. Mashg’ulotlar 


107 
natijasi o’laroq ayollarda pay massasi ortib boradi, biroq bunday o’sish 
erkaklar uchun xos bo’lgan me’yorga etmaydi. Ayollarda paylar kuchi 
erkaklarga nisbatan 10-30 foiz kam bo’ladi. Ayollarda qayta egiluvchi 
paylarkuchi erkaklardagiga nisbatan kam bo’ladi. Garchi pay kuchini 
bir kilogramm vaznga nisbatan olganda o’rtadagi farq kamaysa-da, 
ammo ustunlik erkaklarda qoladi. 
Ayollarda harakatlarni uyg’unlashtirish yaxshi rivojlangan bo’lib, 
o’z-o’zini ifoda etish, nafislik, ritmni seza bilish va o’ta egiluvchanlik 
ularga xosdir. Sportchi qizlar harakatlar texnikasini muvaffaqiyatli 
egallash barobarida murakkab hamohanglikni ham o’zlashtiradilar. 
Ayollarda yurak vazni urish tezligi baland va qon bosimi nisbatan past 
yuradi. Muntazam mashg’ulotlar natijasi o’laroq yurak urishi tezligidagi 
tafovutlar ancha kamayadi. Ayollarda qonning zarbiy va daqiqaviy 
hajmi kam bo’lib, o’pkaning umumiy hajmi, JEL, fuksional qoldiq 
hajm, nafas chiqazishdagi zahiraviy hajm, nafas olish hajmi singari 
ko’rsatkichlar ham nisbatan past yuradi. Ayollardagi eng yuqori o’pka 
ventilyastiyasi erkaklarga nisbatan 25-30 foiz kam bo’ladi, ushbu farq 
1-kilogramm vaznga nisbatan olib qaraganda 60 foizni tashkil qiladi. 
Ayollarda nafas olish tezligi birmuncha yuqori bo’lib, uning teranligi, 
nafas olishning bir daqiqalik hajmi va kislorod iste’mol qilish miqdori 
kamroq bo’ladi. Erkaklar bilan bir xil ish bajarilganda ayollarda yurak 
urishining ortiqroq tezlashuvi va o’pka ventilyastiyasining oshishi 
kuzatiladi. O’rta masofalarga yugurish chog’ida nafas olishning erkaklar 
bilan baravar dakiqaviy hajmi, nafas olishning tezligi va chuqurligining 
kam manfaatli nisbati hisobiga erishiladi. Ayollarda erkaklardan farqli 
o’laroq qonning zarbiy va daqiqaviy hajmi kamroq oshadi: erkaklarda 
qonning maksimal hajmi 37-litrga etsa, ayollarda bu ko’rsatkich 25-
litrga tengdir. 
Ayol 
organizmining 
aerobik 
va 
anaerobik 
imkoniyatlari 
erkaklardagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Sportchi ayollarda MPK 
ko’rsatkichi erkak sportchilarga qaraganda 25-30 foiz kam, ya’ni 3,5-
4,5 litrga teng bo’lib, erkak sportchilarda bu ko’rsatkich 5-6 litrga teng 
keladi. Ammo bir kilogramm vaznga nisbatan ushbu tafovut yo’qoladi. 
O’g’il bolalarda MPKning maksimal ko’payishi 13-14 yoshda, qiz 
bolalarda 12-13 yoshda ko’payishi kuzatiladi ya’ni bu ko’rsatkich jinsiy 
etilish davriga to’g’ri keladi. 10-yoshdan 17-yoshgacha bo’lgan sportchi 
qizlarda MPK 230-350 ml og’irligida bo’ladi. Ushbu ko’rsatkichlar 
ularning o’g’il tengqurlariga nisbatan ancha kamdir. 


108 
Ko’p yillik sport mashg’ulotlari erkaklarda ayollarga nisbatan 
aerobik imkoniyatlarning ko’proq rivojlanishiga olib keladi. Xususan 
o’spirinlardagi MPKning absolyut ko’rsatkichi 10-yashar sportchilarga 
qaraganda 200-foiz ziyod bo’lsa, qizlarda ushbu ko’rsatkich atigi 89 
foizga tengdir. 
Kislorod taqchilligi sharoitida ishlash qobiliyati ayollarda kamroq 
bo’ladi. Ularda erkaklarga nisbatan MKD ko’rsatkichi kamroq bo’ladi. 
Xususan, mashg’ulotlardan o’tgan sportchi ayollarda kislorod taqchilligi 
10-12 litrga teng bo’lsa, erkak sportchilarda ushbu ko’rsatkich 15-
litrdan ziyoddir. Ayollar organizmidagi aerobik va anaerobik 
imkoniyatlar taqchilligiga yarasha ularda jismoniy ish qobiliyati 
erkaklardagi ish qobiliyatining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Kam 
og’irlik tushganda ayollarda erkaklarga nisbatan ish qobiliyatining 
uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Kam og’irlik tushganda ayollarda 
erkaklarga nisbatan ko’proq ish tejamiga erishiladi. Erkaklarda foydali 
harakat koeffisientining eng ko’p miqdori veloergometrga og’irlik 
tushganda namoyon bo’ladi va bu og’irlik erkaklarda 12-kgm/s, 
ayollarda esa 7,8-kgm/s ni tashkil qiladi. Uzoq davr mobaynida harakat 
qilish uchun ayollarda muskul kuchi va qobiliyat nisbatan kam bo’lishi 
ham kuch ishlatish va statistik tirishish mobaynida ayollardagi jismoniy 
ish qobiliyatini chegaralab qo’yadi va bu holat ayol organizmiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. 
Miyadagi qon aylanishining o’zgarishidan tushadigan og’irligining 
intensivligi va davomliligi bilan uzviy ravishda bog’liqdir. O’lchangan 
og’irlik jarayonida OMK CHSS va AD ning oshib borishi fonida 
ko’payadi. Bu vaziyatda bosh miyaning katta kalibrdagi qon tomirlari 
tonusi ortib, kichik kalibrdagi qon tomirlari tonusi pasayishi kuzatiladi. 
18-20 yashar qizlar va 35-40 yashar ayollarda bu xildagi o’zgarishlar 
aksar hollarda katta kalibrli qon tomirlari tonusi ortib borishi, 13-14 
yoshli o’smirlarda esa ushbu tonusning pasayishi kuzatiladi. Og’irlik 
tushgan holda 13-14 yashar o’smirlar va 35-40 yashar ayollarda kichik 
kalibrdagi qon tomirlari tonusi ortadi, 8-9 yashar bolalar va 18-20 
yashar qizlarda esa turli yo’nalishlarga qarab o’zgaradi. Miya qon 
tomirlari tonusining yuqorida zikr etilgan dinamikasi markaziy 
gemodinamika ko’rsatkichlari oshib borishi va turli yo’nalishdagi qon 
tomirlari solishtirma qarshiligi fonida namoyon bo’ladi hamda miya qon 
aylanishining o’z-o’zini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar aksi 
bo’lib xizmat qiladi. Mahalliy o’rtacha og’irlik tushgan holda barcha 
yosh guruhlarda markaziy gemodinamika parametrlarining turli 


109 
yo’nalishda xos va aniq o’zgarishlari ularni yurak-tomir tizimsining 
funksional holatiga baho berish uchun testlar sifatida ishlatish imkonini 
beradi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə