O’. A. Farmanov


Basketbolchi ayollarni tayyorlash uslubiyati



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

9.2. Basketbolchi ayollarni tayyorlash uslubiyati 
 
Hozirgi davrdagi basketbolda ijrochilik mahorati atletizm va tezlik 
texnikasi hamda ushbu omillarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
asoslangan. Shundan kelib chiqqan holda basketbolchi qizlarni 
tayyorlash metodologiyasidagi tayanch nuqtasi sifatida quyidagilarni 
qayd etish maqsadga muvofiqdir: har tomonlama intensivlash, ko’p 
yillik atletik tayyorgarlik, uzluksiz o’yin tayyorgarliklari, bosqichma-
bosqich individuallash. 
Intensivlashish-hozirgi davrdagi basketbolda umumiy va etakchi 
tendenstiyadir. Ushbu tendensiya o’yin davomida harakatlarning 
zichligini oshirishda, ya’ni ma’lum vaqt davomida ularning sonini 
oshishida, texnik va taktik usullarini umumiy tarzda va ularning alohida 
qismlarini bajarishda namoyon bo’ladi. Shundan e’tiboran mashg’ulot 
og’irliklari musobaqalar davomida tushadigan og’irliklarga muvofiq 
bo’lishi xususidagi asosiy pedagogik qoidaga rioya qilish borasidagi 
masala ko’ndalang bo’ladi. 
Murabbiylar orasida hozirda ham “ayollar basketbolida 
intensivlashtirishga imkoniyat bormi?” degan savol tez-tez qo’yiladi. 
Birinchidan, ontogenez xususida mashg’ulotlardagi intensivlikni 
oqilona va izchil tarzda oshirish haqida gap ketadi. Ikkinchidan, 
basketbolchi qizlarni tayyorlashda intensivlash yo’li tanlanmas ekan, 
funksional tayyorgarlik bobida ular o’yin faoliyatining hozirgi qoida-
qonunlarini qabul qilishga qodir bo’lmaydilar. 
Basketbolchi qizlarni tayyorlashni intensivlash bilan bog’liq 
bo’lgan 
metodologik 
yo’l-yo’riqlarini 
aniq 
amalga 
oshirish 
tayyorgarlikning zamonaviy, ilg’or uslublarini, birinchi navbatda 
interval bilan bog’liq bo’lgan uslubni qo’llashga asoslangan bo’lishi 
shart. Bunda shu narsani hisobga olish kerakki, interval usulini qo’llash 
mobaynida ko’proq o’zgaruvchan element bo’lib dam olish vaqti xizmat 
qiladi. 
Aylanma qo’shma amaliyot uslubi va kompleks mashg’ulotlar 
uslubini kengroq yoyish maqsadga muvofiqdir. Birinchi holda aylanma 
uslub bo’yicha ishni tashkil qilish asosida tayyorgarlikning jismoniy, 
texnikaviy va taktik jihatlaridan iborat bir necha qirralari rivojlanadi 


110 
yoki takomillashadi. Kompleks mashg’ulotlar davomida atletik hamda 
texnik va taktik tayyorgarlik ustida navbatma-navbat ish olib boriladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jismoniy, yoki zamonaviy til bilan 
aytganda, atletik tayyorgarlik davomida interval uslub ustunlikka ega 
bo’lsa, texnik va taktik tayyorgarlikda asosiy e’tibor texnikaviy 
usullarni bajarishning vaqt doiralarini qiskartirishga qaratilmog’i 
kerak.To’p irg’itishni tezotarlikni oshirishga mashg’ulotlar yordamida 
ta’sir o’tkazishning ikki turi mavjuddir: tahliliy turda alohida fazalarga 
urg’u berilsa, integral turda umumiy jihatdan to’p irg’itishga e’tibor 
qaratiladi. Taktik tayyorgarlik davomida u yoki bu taktik sxemani 
amalga 
oshirishda 
zamonga 
va 
makonga 
bog’liq 
bo’lgan 
xarakteristikani 
o’zgartirishga 
diqqat 
qaratiladi. 
Mashg’ulotlar 
jarayonini tashkillashtirishda intensivlashtirish qisman uch marotaba 
mashg’ulotlarga o’tishda namoyon bo’ladi, bunda har bir mashg’ulot 
hajmi ma’lum miqdorda kamaytiriladi yoz mavsumidagi tayyorgarliklar 
ko’zda tutiladi. Alohida turlar bo’yicha hajmi quyidagicha taqsimlanadi: 
atletik tayyorgarlik-35%, tezlik texnikasi-27%, taktika-18%, o’yin 
tayyorgarligi-20% tayyorgarlikning bosh mikrostikli mobaynida 
umumiy tarzda 65-ta mashg’ulot o’tkazili, bulardan 15-tasi kichik 
intensivlikda, 18 tasi o’rta intensivlikda, 12-tasi yuqori intensivlikda va 
20-tasi chekka nuqtaga yaqin intensivlikda bo’ladi. Foizlardan ushbu 
nisbat quyidagi ko’rinishga ega: kichik intensivlik-23%, o’rtanchasi-
27%, yuqorigisi-20% va eng chekka nuqtaga yaqini-30% xizmat 
ko’rsatgan murabbiy Lunichkin, Moskva, 1991 yil. 
Keyingi uslubiy yunalish atletik tayyorgarlikdan iboratdir. Bolalik 
yoshda u majmuiy xarakterga ega bo’lib barcha jismoniy fazilatlarga 
intensiv ta’sir ko’rsatadi. Atletik tayyorgarlikning vositalari bo’lib 
serharakat o’yinlar, estafetalar va boshqa turli-tuman to’siqlar xizmat 
qiladi. O’rta yoshda atletik tayyorgarlik darajalangan xarakterga ega 
bo’ladi, ya’ni alohida jismoniy sifatlarga, xususan muskullarning 
rivojlanishidan ortda qolgan qismlariga ta’sir o’tkaziladi. Xuddi shu 
davrda kuchga oid maxsus mashqlar texnikasini egallash ro’y beradi. 
Bunda shtanganing engillashtirilgan grifi, engillashtirilgan sport 
toshlari, o’rta vaznli gantellar ishlatiladi. Katta yoshda atletik 
tayyorgarlik maxsus xarakterga ega bo’lib, ta’bir joiz bo’lsa, o’yin 
atletizmiga alohida urg’u beriladi. Kuchga oid sifatlar basketbolda 
ishlatish uchun xarakterli bo’lgan yo’nalishda kamol topadi va 
rivojlanadi kuchning o’zigina emas, balki “tezkor” kuch. Katta yoshda 
atletizm bo’yicha mashg’ulotlar turi quyidagilardir: xolis kuchga oid 


111 
tayyorgarlik, kompleks tarzdagi mashg’ulotlar davomidagi tutash 
tayyorgarliklar. Qizlar atletik tayyorgarligida akrobatika, gantellar 
yordamida mashqlar, trenajyorlarda, xususan “Gerkules”trenajyorida 
bajariladigan turli xil mashqlarga alohida o’rin beriladi. 
Uslubiy yo’nalish, ya’ni o’yinga xos uzluksiz tayyorgarlikka shu 
boisdan ham urg’u beriladiki, hozirgi davrda ayollar jamoalarida 
murabbiylik ishini amalga oshirganda haddan tashqari “dasturga 
berilish” kuzatiladi. Buning natijasi o’laroq o’yin faoliyati davomida 
minimal ijod erkinligi va o’ziga xoslikning etishmasligi seziladi. Buning 
ustiga ko’p hollarda musobaqaviy faoliyat sharoitida mavjud bo’lgan 
texnikaviy va taktik imkoniyatlarni amalga oshira olmaslik kuzatiladi. 
Uzluksiz o’yin tayyorgarligi o’yinga xos musobaqaviy uslubni keng 
qo’llash, texnik va taktik mashqlarni bajarish davomida muhit va 
sharoitlarning o’zgarishi, yaxlit mashqlar va tutash tayyorgarlikni 
muntazam qo’llash asosida amalga oshirilmog’i darkor. O’yinga 
tayyorgarlik davomida sportchi yoshi va konkret bosqichlarni hisobga 
olgan holda 1x1, 2x2 va 3x3 xilidagi mashqlarni keng ko’lamda 
qo’llashni afzal ko’rish maqsadga muvofiqdir. 
Individuallashish xususida so’z yuritganda shu narsani alohida 
ta’kidlamoq lozimki, ushbu omil hech kimda shubha uyg’otmasa-da, 
biroq uni amaliyotga tatbiq etish qiyinchiliklar bilan bog’liqdir, negaki 
uslubiyatga oid adabiyotda ushbu mavzu xususida umumiy iboralar 
bilangina cheklangan. Bu holda o’yinchining “kuchli” tomonlari 
rivojlantirib, uning zaif tomonlari va tayyorgarlik jarayonidagi uning 
tarkibiy qismlarini yo’qotish va aksariyat hollarda to’ldirish ko’zda 
tutiladi. 
Bosqichma-bosqich 
individuallashtirishning 
uch 
pog’onasini 
ajratishni taklif etamiz: 
1. O’yinning umumiy texnik va taktik asoslarini o’zlashtirganda 
ta’lim jarayonini individuallashtirish. 
2. Zaif tomonlarni olg’a surishga urg’u bergan holda guruh sathida 
individuallashtirish ya’ni o’yindagi vazifalarga qarab ixtisoslashish. 
3. Chuqur individuallashtirish - kuchli tomonlarni zo’r berib 
rivojlantirish. Uchinchi bosqichda individuallashtirish o’z yuksak 
ifodasiga ega bo’lganday bo’ladi. 
Amaliyotga tatbiq etishda aynan uchinchi bosqichning eng 
murakkab ekanligi kuzatiladi. Sportchi ushbu bosqichda aksar hollarda 
masterlar jamoasining dubl guruhida tayyorgarlikdan o’tadi. Bunday 
tayyorgarlik jamoaviy xarakterga ega bo’lib, murabbiy ko’p hollarda 


112 
o’yinchilarning ko’p qirralari xususida aniq tasavvurga ega bo’lmaydi. 
Shu boisdan ham ishning ikki shaklini qayd etish lozim: 
1. “Murabbiy-o’yinchi” shaklidagi individual ish. 
2. Istiqbolli basketbolchi qizlarni tayyorlashning o’ziga xos shakli. 
Masalan 5-6 ta umumiy mashqlar “murabbiy-o’yinchi” shaklidagi 
individual ish bilan uyg’unlikda olib boriladi. Tayyorgarlikning bu 
xildagi shaklini amaliyotga tatbiq etish jarayonida uning istiqbolli 
ekanligi ma’lum bo’ldi, garchi keyingi tadqiqotlarni talab qiluvchi 
ma’lum jarayonlar ham mavjud bo’lsa-da. 
Basketbolchi qizlarni tayyorlash uslubiyatining birlashtiruvchi 
unsuri - bu rejalashtirishdir. Amaliyotda sportchining formasiga xos 
holat to’lqinsimon tarzda o’zgarib turishi xususidagi nazariyaning 
etakchi qoidasi inkor etiladi. Dasturga binoan yil-o’n ikki oy davomida 
og’irlik bir maromda saqlanib boradi, faqatgina tayyorgarlik turlarining 
foiz shaklidagi nisbati biroz o’zgarib turadi. Ayollar jamoalarida 
ma’lum ish jarayonlariga urg’u berish barobarida tayyorgarlik vositalari 
va uslublarini aniq joy-joyiga qo’yish yillik rejalashtirishga asos qilib 
olinishi hamda barcha omillar hajm va intensivlikning aniq meyori bilan 
uyg’unlashtirilishi kerak. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə