O’. A. Farmanov


Mashg’ulotlarning ichki tuzilishi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

9.5. Mashg’ulotlarning ichki tuzilishi 
 
Mashg’ulotlar jarayoni tuzilishiga quyidagicha tavsif berilishi 
mumkin: sport mashg’ulotlarining turli qirralari o’rtasidagi o’zaro aloqa 
va munosabat (URM va MMT, texnikaviy, psixik va hokazo); 
mashg’ulot va musobaqa yuklovlari parametrlari nisbati (bajariladigan 
ishning hajmi va intensivligi, umumiy ish hajmida musobaqaviy yuklov 
hajmi va hokazo); mashg’ulot jarayonining tarkibiy qismlari o’rtasida 
tadrijiylik va o’zaro aloqa (mashg’ulot darslari, mikro- va mezostikllar, 
davrlar, bosqichlar va hokazo). 
Mashg’ulot jarayonida ichki tuzilmaning uch darajasi mavjuddir: 
mikrotuzilma, ya’ni alohida mashg’ulot darslari va mikrostikllar 
tuzilmasi; mezotuzilma, ya’ni o’rta stikllar va maqsadga yo’naltirilgan 
mikrostikllar silsilasini o’z ichiga olgan mashg’ulot bosqichlari 
tuzilmasi; mikrotuzilma, ya’ni mashg’ulotlarning katta stikllari 
tuzilmasi. Ushbu tasavvurlarga muvofiq sport mashg’ulotlarini rejalash 
muammosi 
oqibatda 
mashg’ulot 
jarayonidagi 
xilma-xil 
uzviy 
tuzilmalarni rastional tarzda barpo etish, tayyorgarlikning turli 
tomonlari 
o’rtasida 
optimal 
o’zaro 
nisbat, 
mashg’ulotlardagi 


118 
rag’batlantira oladigan yuklovlar sportchilar organizmida ro’y 
berayotgan uzviy va funksional o’zgarishlarga hamda ulardan 
foydalanish shartlari o’rtasidagi mutanosiblikni bunyod etishga olib 
keladi (bunda eng avvalo ish va hordiqdagi optimal tartib, to’laqonli va 
boshqariladigan qayta tiklanish va ovqatlanish ko’zda tutiladi). 
Har qanday mashg’ulotlar darsi boshlanishida o’yinchilarda ish 
qobiliyatining sekin-asta oshishi, ya’ni ishga kirishish davri kuzatiladi. 
Ushbu davr har qanday muskul faoliyatiga xos bo’lib, biologik 
qrnuniyat darajasiga egadir. Ishga kirishish davrida harakatlarning 
kerakli stereotipi ishga tushadi: koordinatsiya yangilanadi, ish birligiga 
ketadigan quvvat miqdori kamayadi, ya’ni uning foydali harakat 
koeffisienti ortadi, vegetativ funksiyalarni boshqarish yaxshilanadi, shu 
bilan birga alohida tizimlar faollashuv jarayoni bir vaqtning o’zida 
ketmaydi. Mashg’ulot darsining asosiy qismida uning eng muhim 
muammosi hal etiladi. Bajarilayotgan ish eng xilma-xil bo’lishi, 
shuningdek, MMT va psixologik tayyorgarlikning turli qirralarini 
oshirishni 
optimal 
texnikani 
takomillashtirish 
va 
hokazolarni 
ta’minlashi mumkin. Bu qismning davomliligi unda ishlatiladigan 
mashqlarning xarakteri va uslubiyati hamda mashg’ulot yuklovining 
miqdoriga bog’liqdir. Mashqlarni tanlash, ularning soni mashg’ulot 
yo’nalishi va uning og’irligini belgilab beradi.Sportchi organizmiga 
mashg’ulot amaliyotlarining ta’sir darajasini belgilab beruvchi asosiy 
omil bo’lib yuklov miqdori namoyon buladi. Yuklov mikdori qanchalik 
ko’p bo’lsa, sportchining toliqishi va uning ish ta’minotida intensiv 
tarzda qatnashuvchi funksional tizimlaridagi siljish ham shunchalik 
ko’p bo’ladi. Og’irlik miqdori tiklanish jarayonlarida ham o’z aksini 
topadi: kam miqdordagi yuklovlardan so’ng ushbu jarayonlar bir necha 
o’n daqiqa yoki soatlar mobaynida davom etadi, katta mikdordagi 
yuklovlar ta’siridan so’ng uzoq davom etadigan davrni talab qilishi va 
bu davr bir necha sutkani qamrab olishi mumkin.Mashg’ulotlar 
jarayonida ishlatiladigan mashqlar yo’nalishi turli xil maxsus 
tayyorgarlik va musobaqaviy mashqlarni tanlash va ularni qo’llash bilan 
belgilanadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə