Mavzu: Voleybolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish reja



Yüklə 113,06 Kb.
səhifə1/12
tarix12.06.2022
ölçüsü113,06 Kb.
#89391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi AF

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Mavzu: Voleybolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish
REJA:
Kirish
Asosiy qism

1. Yosh voleybolchilarni tarbiyalashda texnik tayyorgarlikning mohiyati, mazmuni va xususiyatlari


2. 5-9 sinf o'quvchilariga to'pni pasdan qabul qilishni takomillashtirish mashqlari
3. 5-9 sinf o'quvchilariga texnik tayyorgarlikni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi voleybol trenerlari nigohida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar:

KIRISH


Katta hayotga tayyorgarlik – muomala madaniyati o’zini tutish, qaerda va qay tartibda yurish – turish, fe’l – atvor, qaysi o’rinlarda gapirish.... bularning barchasi oilada shakllanadi. Bunday tarbiyani olgan yoshlar ijtimoiy hayotda qiynalmaydilar. Odamlar bilan tez til topishib, ishlarini oson bitiradilar va tezda obro’ – e’tibor qozonadilar. Farzandlarni o’zaro munosabatlarga layoqatli qilib tarbiyalash har bir ota – onaning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ota – onaning bir – birlariga bo’lgan munosabatlarini farzandlari ko’rib ulg’ayadi va o’zi ham kelajakda shunday qilishga urinadi. Axir bejizga “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishmagan. Bu aqidagi har birimiz amal qilsak turmushimiz chiroyli o’tadi va biz farzandlar kelajagini ham barpo etgan bo’lamiz.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2012 yil “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi ham bekorga emas. Jamiyatning negizi oila hisoblanar ekan, uning mustahkam va sog’lom bo’lishi zamon talabidir. Oila mustahkamligiga erishish uchun yuqorida sanab o’tilganlarga rioya qilsak yaxshi bo’lardi. Har bir yosh yangi oila qurar ekan, uni mustahkam bo’lishiga erishish uchun kurashmog’i lozim. SHundagina to’la – to’kis oila bo’lishga erisha oladi va farzandlarining kelajagi uchun ham zamin yaratadi. Bu boradi ushbu yilda juda katta ishlar qilinadi degan umiddamiz.
Oila sog’lom bo’lsa, jamiyat mustaxkam, mamlakat qudratli, kelajak ishonchli bo’ladi. Binobarin, yurt taqdiri, uning kuch qudrati, tinch- osoyishtaligi va istiqboli farzadlarimizning qanday tarbiya olishiga bog’liq.
Xalqimiz bolajon, azaldan oila parvar. Ota-bobolarimiz oilani muqaddas bilishgan. Inson tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadfriyatlar va urf –odatlar bolaning zuvalasini pishitadi. Eng asosiysi, farzandlar oila maktabi orqali jamiyat talablarini anglab etadi. Shu bois, sog’lom muxit, sog’lom turmush tarzi yo’lga qo’yilgan oilada tarbiya ko’rgan farzand jamiyatga foyda keltiradi.
Avvalambor, mustahkam oila degan so’zning mazmun-mohiyatini elektorat orasida keng targ’ib qilish, turmush tarzimizga, mentalitetimizga zid bo’lgan aqidalarga qarshi kurashmog’imiz, yoshlarni oila qurishga tayyorlashda xalqimizning ming yillar davomida sayqal topgan an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilaning paydevori mustaxkam bo’lsa, ko’ngil hotirjam bo’ladi. Bunda avvalo, ota-onaning o’rni katta. Oilam mustaxkam bo’lsin, desak, farzandlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalashimiz kerak. O’zimiz yaxshi tarbiya bear olmasak, uni o’g’il- qizimizdan talab qilishga xaqqimiz yo’q, albatta.
Demak, oilam mustaxkam bo’lsin degan odam birovdan ko’mak kutishi emas, avvalo, o’zi harakat qilishi kerak.Farzandlarimiz esli xushli, bilimli, eng muhimi, kasb hunarli bo’lsa, ularning kelajagidan ko’nglimiz to’q bo’ladi. O’zimiz xam qarilikda tinch-xotirjam, shirin xayot kechiramiz.
O’zbek xalqining boy milliy an’analari ham mazmun, ham shakl jihatidan turli-tumandir. Ular orasida ma’naviy va jismoniy barkamollikka chorlovchi an’analarning ham o’z o’rni bor. Ularning ilmiy-pedagogik negizlarini o’rganish, ilg’or tajribalarni tahlil etish vositasida bugungi kunda oqilona foydalanish jismoniy tarbiya darslarini milliy asoslarini boyitishga xizmat qiladi. SHu bois an’analarni ommalashtirib borish.
O’quvchi yoshlar, talabalarni jismoniy tarbiya darslarida kasb-hunarga amaliy jihatdan tayyorlashda milliy an’analardan foydalanishning pedagogik jihatlarini ishlab chiqish quyidagi vazifalarni xal etishni talab etadi.

  1. Milliy an’analarning jismoniy tarbiya darslari (tarixda jismoniy mashqlar)da qo’llanilishini o’rganish va uni ilmiy tahlil etish.

  2. O’quvchi yoshlar va talabalarning milliy an’analar haqidagi tasavvurlarini aniqlash.

  3. Tadqiqot natijalari asosida milliy an’analarni qo’llashga oid pedagogik tizim ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.

Jismoniy tarbiya darslarida nazariy bilimlar berishda Alpomish, Barchinoy, To’maris, Jaloliddin Manguberdi kabi ramziy hamda real qahramonlar timsolida kuchli, chidamli bo’lish kabi jismoniy sifatlarning xususiyatlari ta’kidlanadi. SHuningdek, mard, jasur, el-yurtga sadoqat kabi fazilatlar haqida ham tegishli ma’lumotlar beriladi.
Amaliy mashg’ulotlarda (engil atletika, futbol, basketbol, voleybol, tennis va hokazo) esa sport mahoratiga erishish bilan bir qatorda ularning jismoniy chiniqtirish xususiyatlari, sport orqali Vatanimizning shuhratini olamga yoyishdek eng ulug’vor va o’ta mas’uliyatli tarbiyaviy jarayonlar singdirib borilmoqda.



Yüklə 113,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə