Mavzu: Voleybolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish reja


Yiqilib to’pni qabul qilish uchun belgilangan mashqlar



Yüklə 113,06 Kb.
səhifə8/12
tarix12.06.2022
ölçüsü113,06 Kb.
#89391
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi AF

Yiqilib to’pni qabul qilish uchun belgilangan mashqlar.
1.Past holatdan o’rtaga do’mbaloq oshish yoki yonbosh-belda yumalashish.
2.Oldinga bir qadam tashlab past holatni egallash va orqaga yonbosh orasiga yumalanish.
3.O’rtacha holatda katta qadam yonga tashlab orqasiga yumalanish yoki yonbosh orqaga yumalanish.
4.Sekin yugurib kelib past holatni egallash va orqaga yiqilib yumalanish yoki yonbosh orqaga yumalanish.
Orqaga va yonbosh-orqaga yumalashni takomillashtirish mashqlari.
1.Aylana bo’ylab yugurish, o’qituvchini signalidan keyin orqaga yoki yonbosh orqaga yumalash.
2.SHu mashqni faqat yonga katta qadam tashlash bilan bajariladi. Mana shu mashqlarni bajargandan keyin to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonbosh orqaga yumalash.
SHu mashqlarga o’xshash mashqlar.
1. SHug’ullanuvchilar sherik-sherik bo’lishib, bir-biriga qarama-qarshi turishibdi. 1-o’yinchi past holatdan to’pni 2 qo’l bilan yuqoridan qabul qilishga tayyorlanadi, 2-o’yinchi esa to’pni 1-o’yinchiga tashlab beradi, 1-o’yinchi to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilingan keyin orqaga yoki yonboshga yumalaydi.
2. O’yinchilarni dastlabki holati shu 1-o’yinchi o’rtacha holatda turadi, 2-o’yinchi to’pni unga tashlab beradi, 1-o’yinchi esa to’pni yuqoridan 2 qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonboshga dumalaydi.
3. O’yinchilarni dastlabki holatda shu 1-o’yinchi hohlagan balandlikda, xohlagan tomonga, xohlagan tezlikda tashlaydi. SHunga qaramay 1-o’yinchi to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonboshga yumalaydi. Ko’krakka yiqilishni bo’lim-bo’lim bo’yicha o’rgatish kerak. Ko’kraka yiqilishning tahminiy mashqlari:
1. O’yinchilar ko’kragi bilan yotgan holatda, o’qituvchini signal bilan yonga chiqariladi va bel, bo’g’inda, ko’krak qafasida orqaga qarab egiladilar. Oyoqni tizza bo’g’ini ham bukiladi.
2. O’yinchi qo’llar yordamida yerda yotganda 2-bir o’yinchi uni oyog’ini to’pig’dan ushlab ko’taradi. shu holatdan yerda yotgan o’yinchi ko’krakka yiqiladi.
3. Past holatda turgan joyidan o’yinchi oldinga qarab bir qadam tashlaydi va ko’krakka yiqiladi. Ko’krakka yiqilishni o’rgangandan keyin yiqilib to’pni pastda 1 yoki 2 qo’l bilan qabul qilishni o’rganamiz. SHuni o’rganish uchun berilgan mashqlar:
1. SHug’ullanuvchilar sherik-sherik bo’lib bir-biriga qarma-qarshi turishadi. 1-o’yinchi past holatda turadi, 2-o’yinchi esa to’pni biroz yetkazmay 1-o’yinchi tomonga tashlaydi. 1-o’yinchi esa to’pni pastdan qabul qilib ko’krakka yiqiladi.
2. Dastlabki holat shu 1-o’yinchi to’pni 2-o’yinchiga yetkazmay tashlaydi. 2-o’yinchi to’pga qarab katta qadam tashlaydi va to’pni pastdan 1 yoki 2 qo’l bilan qabul qiladi. SHu vaqtni o’zida orqada qolgan oyoq bilan itarilib ko’krakka yiqiladi.
3. O’yinchini biri to’pni yo’nalishini o’zgartirib to’pni tashlaydi. SHerigi esa to’pga yetib kelib, to’pni pastdan 1 yoki 2 qo’l bilan qabul qilib ko’krakka yiqiladi. To’pni ko’krakda qabul qilayotganda sharoitni sun’iy qiyinlashtirish mumkin. To’pni yo’nalishini, balandligini, tezligini o’zgartirish mumkin.
To’pni ko’krak bilan yiqilib qabul qilishdagi xatolar.
1. O’yinchi to’pga yetib kela olmasligi.
2. Orqaga yiqilayotganda yetarlicha tanani gruppirovka qilmaslik.
3. Oldinga yiqilayotganda tanani yetrlicha egilmasligi.
To’pni qabul qilishni takomillashtirishni quyidagi mashqlarda bajarish mumkin.
1. O’yinchi to’pni polga uradi. O’zi shu to’pni pastdan o’zini tepasida, qabul qiladi. Keyin esa yuqoridan o’pni sherigiga uzatadi.
2. O’yinchilar bir-biriga qarama-qarshi bo’lib turishadi. (4-9m).
To’rta perpendekulyar ravishda turishadi. to’pni pastdan qabul qilishda yuza chizig’idan amalga oshirish kerak.
3. 2 ta o’yinchi yuza chizig’iga turadilar. 1-o’yinchi to’pni polga uradi va to’pni ketidan borib to’pni pastda qabul qiladi, o’zini tepasiga 2-o’yinchi esa shu to’pni 2 qo’l bilan yuqoridan 4 yoki 2 zonaga uzatadi.
Pedagogik tajriba 2006 yil 15 sentyabrdan 2007 yil 30 aprelgacha (8 oy) o’tkazildi. Tadqiqot guruhida 6 ta 11 yoshli, 6 ta 12 yoshli nazorat guruhi va 6 ta 11 yoshli, 6 ta 12 yoshli tadqiqot guruhi kuzatildi.
Nazorat guruhida mashg’ulotlar BO’SM lari uchun mo’ljallangan dasturda berilgan o’kuv rejasi asosida olib borildi (1 bobdagi 2 jadvalga qaralsin).
Tajriba guruhidagi bolalar ushbu o’quv rejasida ko’rsatilgan mashg’ulotlar davomida quyidagi maxsus tanlab olingan harakatli o’yinlarni muntazam bajarib bordilar:


  1. Yüklə 113,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə