Kompyuter oʻyinlari-manqurtlik vositasi



Yüklə 4,87 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü4,87 Kb.
#162670
Kompyuter o yinlari-manqurtlik vositasi


Kompyuter oʻyinlari-manqurtlik vositasi

Kompyuter oʻyinlari-manqurtlik vositasi
Islom dinimiz talimotlarida ham bu kabi amallar qattiq qoralangan: ”Axir, (qilgan) yomon ishi o’ziga chiroyli ko’rsatilib, uni go’zal (ish) deb o’ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo’larmidi )?!. Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo’ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey Muhammad!) Ularga hasratlar chekib joninggiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh ularning qilayotgan sir sinoatlarini biluvchidir.” (Fotir, 8 )
Shayton vasvasasiga uchragan ayrim yoshlarning virtual o’yinlariga xatti-harakatlari o’zlariga ziynatli ko’rinadi. O’yinlar quliga aylangan bola o’z-o’zidan ajablanib, qilgan ishi ko’zini quvontirib, borgan sari haddidan oshaveradi
Kompuyuter o’yinlari yoshlarning vaqtini o’g’irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni o’qib, ilm hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o’yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notanish shaxslar bilan qimmatli vaqtini tanishishga sarflayotgani tashvishli holat. Chunki internet va kompyuter o’yinlari asriga aylangan o’smirlar hayotdan, ilm olish, kasb o’rganishdan va ma’naviy qadriyatlardan tamoman uzilib, butunlay manqurtlashib boradi.
Hozir kompyuter o’yinlari orqali o’smir yoshlarga salbiy ta’sir qilib, ular ongiga o’z buzg’unchi g’oyalarini singdirish yoki ularni to’g’ri yo’ldan ozdirishga urinadigan yashirin kuchlar juda ko’p. Kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketgan o’smirlar o’zlari bilmagan holda yashirin kuchlarning qo’g’irchog’iga aylanadi
Kompyuterga mute bo’lgan yoshlarning fikri-xayoli, butun vaqti, hatto uyqusi ham bemani o’yinlar bilan band bo’ladi. Oxir-oqibat bunday manqurt yoshlar tengdoshlari, yaqinlari va hatto ota-onasiga ham qo’l ko’tarishgacha agar mubolag’a bo’lmasa qurol o’qtalishgacha borib yetadi. Bu esa jamiyatda ilimsizlik, johillikning tomir yoyishiga alal oqibat yurt parokanda bo’lishiga olib keladi.
Yoshlarning bunday g’oyalarga aldanmasligi, zalolat botqog’iga botmasligini taminlash niyatida zarur tavsiyalarni bayon qilamiz. Maqsadimiz yoshlarni internetga in qurib, o’zlarining vayronkor g’oyalarini virus kabi butun dunyoga tarqatayotgan jinoyatchilarning asl basharasidan ogoh etishdir
Sog’lom aql egalari internet qulayliklaridan o’z bilimlarini oshirish yo’lida oqilona foydalanadi. Lekin bazi yoshlar esa ushbu tarmoqdagi yovuzlikka, ma’naviy tanazzulga sabab bo’ladigan saytlarda “sayir qilib”, o’zlari va atrofdagilarning ongini zaharlayotganlari aniq. Internet bozorida har kim o’ziga kerakli narsani oladi, deb tarbiyani o’z holiga tashlab qo’yish yaramaydi
Xalqimizda “ogoh bo’lgan abgor bo’lmas!’’ degan naql bor. “O’rgimchak to’rida aqidaparastlikni targ’ib qiluvchi saytlar tobora ko’payib bormoqda. Bunday tahlikali zamonda yoshlarga faqat ‘’uz’’ domenidagi saytlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Zero, ehtiyotsizlik bilan ko’r-ko’rona olingan ma’lumotlar kishini adashtirib qo’yishi aniq. Diniy ehtiyojini etiqod va mazhabga yot veb-saytlardan qondirayotgan kishilar boshqa manbalar orqali boshqalar, yani g’animlar qo’lida tarbiyalanoyatganini unutmasin!
Inson bolasi zoye qilgan vaqti, ya`ni umrini nimaga sarflagani xususida olamlar Parvardigori oldida javob berishini bilsin. Muoz ibn Jabal r.adan rivoyat qilinadi: Payg’ambar s.a.v aytdilar: “Banda qiyomat kuni to’rt narsadan so’ralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi.
Kompuyter o’yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho’ng’ishni islom dini qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning iymon-e’tiqodi zaiflashib, shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo’yicha ish qiladi. Oqibatda o’zi ham halok bo’ladi. Bu borada bir qancha hayotiy misollar keltirishimiz mumkin shuning uchun yoshlarning iymone’tiqodi, irodasi mustahkam bo’lsa, turli bemani ishlarga chalg’imaydiO'smirlar uchun kompyuterga qaramlik bo'yicha tavsiyalar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Yüklə 4,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə