Mavzu: Voleybolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish reja



Yüklə 113,06 Kb.
səhifə11/12
tarix12.06.2022
ölçüsü113,06 Kb.
#89391
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi AF

Xulosalar
Mavzu doirasida qayd etilgan ilmiy-uslubiy ma’lumotlar. Suhbat va kuzatuvlar natijalari quyidagi xulosa va fikr mulohazalarni qayd etish imkonini beradi:

  1. Voleybol to’garagini tashkil qilish va yosh voleybolchilarni tayyorlash o’ziga xos xususiyatga egadir. Jumladan, ushbu sport turi bo’yicha kelajakda yaxshi natijalarga erishish uchun bolalarning jismoniy tayyorgarligiga alohida ahamiyat qaratishni taqozo etadi. Yaxshi rivojlangan tezkorlik-kuch, sakrash sifatlarga ega bo’lmagan bolalar voleybolda yuqori mahorat ko’rsata olmaydilar. Shu bilan bir qatorda tezkorlik-kuch sifatini faqat an’anaviy-standart mashqlar yordamida rivojlantirish kam samarali bo’ladi. Mutaxasis-olimlarning fikriga ko’ra, jismoniy sifatlarni muayyan sport turi xususiyatiga moslab rivojlantirish maxus moslashtirilgan harakatli o’yinlar yordamida yanada unumliroq amalga oshishi mumkin ekan.

  2. Pedagogik tadqiqotda ishtirok etgan 10-12 yoshli voleybolchilarda tezkorlik-kuch sifatining rivojlantirish darajasi talabga javob bermasligi qayd etildi. SHu bilan bir qatorda tadqiqot davomida qo’llanilgan 2 xil variantdagi trenirovka mashg’ulotlari turli samaradorlikka ega ekanligi ma’lum bo’ldi. Jumladan, tarkibiga maxsus moslashtirilgan harakatli o’yinlar kiritilgan trenirovka jarayoni tezkorlik-kuch sifatini tez sur’at davomida rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu natija 30 m ga yugurish va maxsus yugurish testlari ko’rsatgichlari bilan isbotlandi.

  3. Voleybol o’ynida eng katta ahamiyatga molik bo’lgan maxsus tezkorlik-kuch sifati (4x6 m ga mokkisimon yugurish) pedagogik tadqiqotdan oldin yaxshi rivojlanmaganligi tekshiruvda ishtirok etgan ikki guruhda ham juda past ekanligi kuzatildi. Lekin, maxsus harakatli o’yinlar va mokkisimon yugurishga o’xshash mashqlar ishtirokidagi mashg’ulotlar tajriba guruhida maxsus tezkorlik-kuch sifatini samarali rivojlantirishga olib keldi.

  4. Yuqoriga qayd etilgan xulosalar yosh voleybolchilarning mashg’ulotlarida maxsus moslashtirilgan harakatli o’yinlardan muntazam foydalanish zaruriyatini o’rtaga tashlaydi.


Yüklə 113,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə