Mavzu: Voleybolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish reja



Yüklə 113,06 Kb.
səhifə2/12
tarix12.06.2022
ölçüsü113,06 Kb.
#89391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi AF

Ishning maqsad vazifasi-Yosh voleybolchilarga to’pni boshqarish taktikasini o’rgatish samaradorligini ilmiy-pedagogik tajriba asosida o'rganishdan iborat. Yosh voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik jarayonini tashkil qilish va xususan ularning shu dastlabki o’rgatish bosqichida texnik mahoratini shakllantira borish masalalari tanlov tadbirlari hamda, guruhlarni tuzish va mashg’ulotlar tartib-me’yorlarini aniqlab olishni taqazo etadi. Dastlabki o’rgatish bosqichida texnik tayyorgarlikni maqsadga muvofiq tashkil qilish o’rta muhim ahamiyat kashf etadi. Texnik tayyorgarlik ko’rsatgichlarining samarali shakllanishi tayyorlov, yondoshtiruv, maxsus va o’yin mashqlaridan qanchalik to’g’ri foydalanishga bog’liq. Voleybolda texnik tayyorgarlik o’yin davomida amalga oshiriladigan xujum va ximoya texnikasiga oid harakat malakalariga o’rgatish hamda sekin-asta shu malakalarni shakllantira borish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Hujum va himoya texnikasiga o’rgatishda dastavval voleybolchiga xos xolatlar va maydon bo’ylab harakat qilish, so’ng to’p uzatish - qabul qilish, to’p kiritish – uni qabul qilish, zarba berish va to’siq qo’yish malakalariga ahamiyat qaratiladi.
Yosh voleybolchilarni tarbiyalashda texnik tayyorgarlikning mohiyati, mazmuni va xususiyatlari
Texnik tayyorgarlik – bu ko’p yillik ixtisoslashtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, musobaqa taqdirini hal qiluvchi o’yin malakalari texnikasini o’zlashtirish va uni shakllantirishga qaratilgan tayyorgarlik turidir. Dastlabki o’rgatish bosqichida texnik tayyorgarlikni maqsadga muvofiq tashkil qilish o’rta muhim ahamiyat kashf etadi. Texnik tayyorgarlik ko’rsatgichlarining samarali shakllanishi tayyorlov, yondoshtiruv, maxsus va o’yin mashqlaridan qanchalik to’g’ri foydalanishga bog’liq.
Voleybolda texnik tayyorgarlik o’yin davomida amalga oshiriladigan xujum va ximoya texnikasiga oid harakat malakalariga o’rgatish hamda sekin-asta shu malakalarni shakllantira borish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Hujum va himoya texnikasiga o’rgatishda dastavval voleybolchiga xos xolatlar va maydon bo’ylab harakat qilish, so’ng to’p uzatish - qabul qilish, to’p kiritish – uni qabul qilish, zarba berish va to’siq qo’yish malakalariga ahamiyat qaratladi. Holat va harakatlanishlar quyidachilardan iborat: to’pni uzatishdagi holat: hyoklar, tizza, gavda, yelka-qo’llar – barmoqlarning joylashishi. To’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yishdagi xolatlar.
Maydon bo’ylab harakatlanishlar ham turliga bo’lib, har hil yo’nalinlarda ijro etiladi. Masalan, o’nga, chapga, oldinga, orqaga yurish, yugurish, siljish, xatlash, sakrash, sirg’anish va hokozo. Ushbu harakat malakalari avval alohida o’rganiladi, so’ng o’yin malakalariga qo’shib ijro etiladi.
Hozirgi kunga kelib yosh voleybolchilarni tayyorlashda texnik tayyorgarlik jarayonining mohiyati, mazmuni va xususiyatlari talaygina ilmiy - uslubiy adabiyotlardao’z ifodasini topgan va atroflicha yoritilgan (11, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 24).
Yosh voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik jarayonini tashkil qilish va xususan ularning shu dastlabki o’rgatish bosqichida texnik mahoratini shakllantira borish masalalari tanlov tadbirlari hamda, guruhlarni tuzish va mashg’ulotlar tartib-me’yorlarini aniqlab olishni taqazo etadi.
Turli yoshdagi voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik guruhlarini tuzish, ushbu guruhlarni to’ldirish me’yoriy mashg’ulotlar hajmi, soni va soatlarning taqsimlanishi shu sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan ancha yil avval ishlab chiqilgan bo’lib, deyarli katta o’zgarishlarga duchor bo’lmagan (15, 24).
Ana shu masalalar haqidagi ma’lumotlar quyidagi 1 va 2 jadvallarda aks ettirilgan.
1 jadval.

Yüklə 113,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə