Mavzu: Qo’l to’pi o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish tartibi Reja



Yüklə 214 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü214 Kb.
#137651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
27 Qo’l to’pi o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish tartibi.



Mavzu: Qo’l to’pi o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish tartibi..


Reja:

Kirish










1. Gandbol oʼyini texnikasiva taktikasi




2.Gandbol oʼyini texnikasini oʼrgatishda harakatli oʼyinlardan foydalanish,Maxsus tayyorgarlik mashqlari




3. Qo’l to’pi o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



















Kirish
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. CHunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning joriy yil 15 fevraldagi Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug'ullanishga jalb etish, jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o'tkazish, Milliy olimpiya qo'mitasi, sport turlari bo'yicha federaciyalar va associaciyalar bilan birgalikda istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.Bugungi kunga kelib sportning" qo'l to'pi" turi respublikamizda bir qancha bolalar va o'smirlar sport maktablari, lisey, kollej va oliy o'quv yurtlarida keng qo'llanilmoqda.
Zamonaviy qo'l to'pi musobaqalarida o'zaro raqobatning keskinlashuvi va o'yin shiddatini nixoyatda o'sib borayotganligi o'quv mashg'ulot jarayoniga yangicha ilmiy nazar bilan yondashishni taqazo etadi. Yuksak maxorat, keng jismoniy va funksional imkoniyatlarga ega, istedodli xamda raqobatbardosh gandbolchilarni tayyorlash muammosi muqobil va samarador pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish zaruratini belgilab bermoqda.



Yüklə 214 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə