O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


154 
XII-BOB. SPORT FAOLIYATINI MODELLASHTIRISH 
 
Hozirgi paytda, basketbolda, ko’pgina o’rta darajadagi ustalar 
orasida “Yulduzlar” ya’ni, yuqori kvalifikatsiyali ustalar juda kam 
tarbiyalanayapti. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tayyorgarlik uslublari 
mazmuni sport mahoratining o’sishi yuzasidan sifat tomonga emas, son 
tomonga o’zgarmoqda. 
Adabiyotda yangi o’rganayotganlar, razrayadlilar uchun zarur 
bo’lgan 
tayyorlashning 
ma’lum 
qonuniyatlari 
ajratiladi. 
Shu 
qonuniyatlardan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya usullari tavsiya qilinadi. 
Lekin shu bilan birga ilmiy-uslubiy adabiyotda ham, amaliyotda ham 
oliy malakali sportchilar mahoratlarini, ularni taraqqiy qildirish 
uslublarini o’rganish, rivojlantirish imkonini beruvchi tekshirish va 
tadqiqod ishlari juda kam kuzatiladi. Shunday xulosaga kelish 
mumkinki, oliy tabaqali sportchilar malakasini oshirish oddiy tabaqali 
sporchilar malakasini oshirish uchun qo’llaniladigan mashg’ulot 
uslublaridan farq qiluvchi o’ziga xos mashg’ulot uslublarini talab kiladi. 
Yangi o’rganayotganlar uchun aniq ilmiy asoslangan ta’lim uslublari 
bo’lgani kabi, oliy tabaqa basketbolchilarini tayyorlash uchun ham 
maxsus tayyorlov uslublari bo’lishi kerak. Ilm-fanning zamonaviy 
rivojlanishida “asosiy” va “amaliy” degan tushunchalarni qayta ko’rib 
chiqish joizdir. Agar ilgari faqat tabiiy va aniq fanlar asosiy deb 
hisoblangan bo’lsa, hozir bilimning har bir soxasini asosiy va amaliy 
nuqtai nazardan ta’riflash mumkin. “Sport mashg’uloti asoslari”dek 
asosiy fan uchun basketbolda mashg’ulot asoslari kabi amaliy 
shahobcha ham xarakterli. Bu erda biz umumdan xususiyga, ya’ni 
alohida olingan sport turiga o’tishni kuzatamiz. Ko’p tarmoqli tizimni 
tartibga solishning maxsus usullaridan biri boshqaruvdir. Bu demak 
tizimni normal rivojlanishi va taraqqiy qilinishini ta’minlovchi ko’rinish 
jihatdan turli tuman tarmoqlar aloqasi yo’llari. Masalan: Basketbolchilar 
mashg’uloti vositalari va mashg’ulot darjasi ko’rsatkichlari orasidagi 
aloqani aniqlash basketbolchilarni ma’lum davrdagi tayyorgarligini 
boshqarish vositasidir. Tizimli yondoshishni ifodalashni amaliy aniqlash 
uchun tizimli tahlil apparatining ayrim elementlarini ajratib ko’rsatish 
zarur, ya’ni: 
-amaldagi elementlar: mashg’ulot mashg’ulotlari mikrostikl, 
bosqich, OFP, SFP omillari, taktik, texnik o’yin tayyorgarligi; 


155 
-basketbolchilarning 
tayyorgarlilik 
ko’rsatkichlari, 
jismoniy 
tayyorgarlilik darajasi, texnik tayyorgarliligi, ruhiy taraqqiyot darjasi, 
o’yin faoliyati foydaliligi; 
-alohida mashg’ulot mashg’ulotlari elemenlari bilan mikrostikl va 
bosqichlar orasidagi aloqa; o’yin faoliyati foydaliligi ko’rsatkichi 
bo’lmish maxsus test natijalari ko’rinishidagi va tayyorgarlilik vositalari 
orasidagi aloqa; 
-tuzum (tizim): mashg’ulotlar mazmunini aniqlovchi o’zaro 
aloqador elementlar majmui; 
-tuzilishi (struktura): jadvaliy va grafik tasvirdagi barcha aloqalar. 
-kirishlar: mashq qildiruvchi ta’sir; 
-chiqishlar: basketbolchining tayyorgarlik ko’rsatkichlari. 
Berilgan ifodalar basketbolda sport mahoratini shakllanishi asosiy 
qonuniyatlarining tahlili vaqtida qo’llaniladi; tayyorgarlikning konkret 
uslub va vositalari tahlili vaqtida; “kirish” va “chiqish”larning 
xususiyatlarini hisobga olish va rejalashtirish vaqtida ham qo’llaniladi. 
Sportchining ko’pgina olimpiya turlari kabi basketbol uchun ham 
sportchilarning jismoniy va texnik darajasini ma’lum maqsadga 
muvofik darajagacha ko’tarish xarakterlidir. Keyinchalik esa sport 
takomillashtirish rezervlari ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra bir-
biridan ortda qolayotgan taktik va ruhiy tizimlarni rivojlantirishga 
qaratiladi. 
Basketbolda malakali basketbolchilarni tayyorlash bir tizim-tuzum 
deb qaralsa, basketbolchining atletik, texnik, taktik, psixologik kabi 
tayyorgarligi mana shu tizimning xususiyligi, turlari (podtizim) deb 
qaraladi (shahobcha). 
Bu shaxobchalarning sifatiy tuzulishiga muvofiq yondoshilsa, 
quyidagi o’zaro aloqador elementlar ko’zga tashlanadi: sport yutuqlari 
taxmini (prognoz) kuchli sportchilar ta’rifnomalarini tartibga solishda, 
samarali, sport mashg’ulotlari uslublari ustozlar bilim va mahoratini 
oshirish, moddiy texnik ta’minot. Bu elementlar orasida alohida 
qiziqishni “Sport mashg’uloti uslubi” deb nomlangan shohobcha tashkil 
qiladi. Uning tuzilishi esa boshqa elementlarni ahvolini mumkin qadar 
aniqlaydi. 
Shuni 
ta’kidlab 
o’tish 
zarurki, 
basketbolchilarning 
musobaqalashishi faoliyatini oshirishda ahamiyatga ega bo’lgan 
komponentlarning darajasini tartibga solinganligi e’tiborga molikdir. 
Shuning uchun mashg’ulot jarayoni vazifalarini hal qilishda ikkita zarur 
jihatni ko’rib chiqish zarur. Bu, birinchidan, mashg’ulot daraja 
miqdorini boshqarish; ikkinchidan, mashg’ulot vositalari boshqaruvi 


156 
(ya’ni, 
vositalar 
yunalishini 
to’g’ri 
tanlay 
bilish; 
sportchi 
tayyorgarchiligi turli darajasida). Tayyorgarchilik tizimsini rivojlantirish 
uchun mashg’ulotlarning yangi va “eski” prinsiplarini muvofiqlashtirib 
ola bilish muhimdir. 
Asosiy prinsip sifatida tayyorgarlik jarayonini kuchaytirish 
prinsipini ajratib ko’rsatish zarur. Keyingi yillarda mashg’ulot ishlarini 
qat’iy aniqlangan kuchaytirish orqaligina texnik va jismoniy 
tayyorgarlikda maxsusus shlar mumkinligi aniqlangan. 
Malakali basketbolchilar mashg’ulot aoliyatini tahlil qilish shuni 
ko’rsatayaptiki, ular har doim ham zamonaviy talablarga javob beruvchi 
mashqlarni bajarmayaptilar. Ko’pincha bir xil, kishini charchatuvchi 
mashq turlari qo’llanilyapti. Bu esa zamonaviy basketbolchiga xos 
bo’lgan: harakat tezligini tez o’zgartira olish, nisbatan qisqa muddatli 
xotirjam harakatlar, umumiy keskinlik, tez bo’shatishlik xislatlarini 
tarbiyalay 
olmaydi. 
Mashg’ulotlarning 
nomunosibligini 
keltirib 
chiqaradi. Mashg’ulot azni umumiyligini oshirishda mashg’ulot 
turlarini, ayniqsa, uning kuchini oshirish, sport mahoratini oshirishda 
ancha foydali bo’lishi qayd etiladi. 
Dinamik adaptastiya prinsipi esa sportchini organizmi adaptastiya 
faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi og’ir strategik shart-sharoitlarni inkor 
etadi. Sport taraqqiyoti jarayonida sporchilar organizmidagi funkstonal 
tuzum, texnik malakalri uzoq davom etuvchi vaqtincha ta’sirga beriladi, 
natijada ayrim funksional tizimlarning normadan ortiq moslashuvi 
vujudga keladi. Bu holat esa oliy tabaqa sportchilar tayyorgarligida 
yangi vosita va uslublar qidirish zarurligini ko’rsatadi. 
Hozirgi vaqtda malakali sportchilar tayyorlash va uning ba’zi 
asosiy o’lchovlari muhimlashdi. Ancha yillar davomida mashg’ulot va 
musobaqalar miqdori umumiy hajmi o’zgarishsiz qolgan edi: boshqa 
o’lchovlar bo’yicha limit: kuniga (teoreyani qo’shganda) etti soatgacha 
3-4 mashg’ulot markazlashgan tayyorgarchilik, mikrosikl tuzumi “4-1” 
va “3-1” sxemasiga asoslangan. Lekin shu o’lchovlar orasida: ish va 
dam olish, umumiy va maxsus tayyorgarchilik, atletik, texnik-taktik va 
o’yin tayyorgarchilik, o’yin faoliyatini rivojlantirish bilan sifat 
o’zgarishi uslublari va an’anaviy, noan’aviy vositalari orasidan 
moslarini topa bilish zarur. 
Ba’zi o’lchovlar bo’yicha yuklamani o’stirish endi foyda bermay 
qo’yayapti. 
Basketbolchining 
dinamik 
adaptayiyasi 
jarayonini 
mashg’ulotlar vaqtida moslashtirish uchun mashg’ulot hajmini yalpi 


157 
o’stirish emas, adaptastiya mexanizmini rag’batlantiruvchi individual 
sharoitlar yaratish foydaliroqdir. 
Tayyorgarlikning turli pog’onalarida mashg’ulot yuklamalariga 
moslashishning uch bosqichi kuzatiladi. I bosqichda psixolgik 
noqulaylikning o’sishi, moslashishi reakstiyalarining nomutanosibligi 
bilan ta’riflanadi. 
Bu bosqichda ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari 
munosabatlirining 
muvofiqligi 
juda 
xavflidir. 
Ko’pgina 
usta 
basketbolchi jamoa murabbiylari mana shu bosqichga ko’proq e’tibor 
qaratadilar, ya’ni bu bosqichda OFP vositalari keragidan ortiq 
ishlatiladi-ki, yuqori tabaqali basketbolchilar bilan bu tarzda ishlash 
mumkin emas. Ikkinchi bosqichda mashg’ulot hajmiga moslashish 
yurak-qon va nafas yo’llari tizimsini safarbar qilishi bilan 
xarakterlanadi. 
Baland bo’ylilik konstepsiyasi. Ko’pgina MNS holati nerv-muskul 
apparatini va boshqalarni o’rganish natijasida o’tkazilgan ilmiy 
tekshirishlar shuni
ko’rsatadiki, yosh rivojlanishning turli bosqichlaridan patologik 
o’zgarishsiz o’tgan yaxshi sport tayyorgarligiga ega bo’lgan baland 
bo’yli yigitchalar bo’ylari nisbatan past bo’lgan sportchilardan harakat 
tezligida, taktik fikrlashda ijro mahoratida sira kam emaslar. 
Tafakkur 
konstepstiyasi. 
Basketbolchilarni 
teoretik 
tayyorgarchiligini rejali olib borishni nazarda tutadi. Ularda 
umumjamoa va individual taktikasi uslub va usullarni to’g’ri tushunish 
malakasini tarbiyalaydi. “Murabbiy-sportchi” ijodiy juftlik taktik 
faoliyatni yangi yo’llarini ochadi. Taktikaning yangi yo’l va uslublari 
esa o’z navbatida sportchining intellekt sifatlarining rivojlanishini 
ta’minlaydi. Bu sifatlarning rivojlanishi esa sportchining musobaqalar 
vaqtida yuz beradigan g’ayriodatiy hodisalarni, jamoa ichida o’z o’rni 
va vazifalarini fikrlab, vaqt tanqisligida to’g’ri mulohaza qilishga imkon 
yaratadi. Basketbol operativ xarakterga ega bo’lgan faoliyat turidir: bu 
o’yin g’ayriodatiy sharoitlarda, qat’iy chegaralangan vaqt ichida o’tib 
operativ echimlar raqib tomonidan ta’sir qilayotgan kuch ta’sirida qabul 
qilinadi va amalga oshiriladi. Bu esa saportchining tez fikrlash, 
informastiyani qayta ishlash ayni vaqtdagi voqea-hodisalarni to’g’ri 
tahlili qilish kabi qobiliyatlariga kuchaytirilgan talab qo’yadi. Murabbiy 
tomonidan mana shu xususiyatlarga etarli baho berilmasligi sportchi 
tomonidan o’yin davrida kelayotgan tartibsiz ma’lumotlarni qayta 
ishlashga keragidan ortiq vaqtni talab qiladi. 


158 
Modellashtirish 
konstepstiyasi. 
Bu 
konstepstiya 
malakali 
sportchilar tayyorlashda asosiylaridan biri hisoblanadi. Basketbolda o’z 
xususiyatiga ega va quyidagicha ifodalanadi. Kuchli sportchilar 
modellari, jamoa modellari va raqib jamoa modellari ishlab chiqilgan. 
Basketbolda yuqori sport mahorati darajasida «kontur modellashtirish» 
maxsus bo’lim hisoblanadi va modellashtirish jarayonining yakuniy oliy 
bosqichi hisoblanadi (o’z jamoa modeli-raqib jamoa modeli-etakchi 
raqib 
modeli 
xususiyatlarini 
hisobga 
olgan 
kontur 
model). 
Umumuslubiy va xususiy prinstiplar basketbol uchun o’ziga xos uslubiy 
konstepstiyalar 
malakali 
basketbolchilar 
tayyorlash 
sitemasini 
ifodalaydi. 
Modellashtirish uslubi konkret jamoa yoki konkret o’yinchining 
o’yin faoliyatini modellashtirish prinstip va usullariga asoslanadi. 
Ma’lum raqib bilan o’yin modellashtiriladi. Buning uchun esa 
mashg’ulot matchlariga vaqtincha jamoalar tuziladi, yoki maxsus 
tayyorlangan, nazorat matchlarda raqib jamoa taktik rejasiga 
yaqinlashtirilgan o’yin ko’rsata oladigan sparring-partnyorlar taklif 
qilinadi. Murabbiy esa bo’lajak raqibni ko’proq qo’llaydigan taktik ish 
uslublaridan xabardor bo’lgan holda o’z o’yinchilari uchun hujum va 
himoya rejalarini ishlab chiqadi va musobaqa oldidan basketbolchilarga 
bo’lajak musobaqa sharoitiga yaqinlashtirilgan texnik usullarni sinab 
ko’rish uchun sharoit yaratish maqsadida zapasdagi tarkibga bo’lajak 
raqib uslubida o’ynashni topshiradi. Bu ishlar mumkin qadar haqiqatga 
yaqinlashtirilishi kerak. Shu bilan birga har bir o’yinchidan o’yin 
davomida yuz beradigan ba’zi bir masalalar echimini mustaqil topishni 
talab qilish kerak. 
O’tish uslubi.Avvaldan kelishilgan ishoralar orqali taktik 
kombinatsiya va usullarni almashtirish - o’tish uslubidir. Sportchilar 
tomonidan bu ishoralarni qabul qilishni oddiydan murakkabga astalik 
bilan oshirib borish tavsiya etiladi. O’yin davomida muntazam 
aralashavermaslik uchun murabbiy ilgaridan yuz berishi mumkin 
bo’lgan o’yin harakatlari ham harakat taktikasini o’zgaritirishiga ishora 
bo’lishini shartlashib olish mumkin. Masalan: jamoa raqib savatiga to’p 
tashlagandan so’ng tezda butun maydon bo’yicha o’yinchilarni shaxsiy 
ushlashga o’tadi, o’zining savatiga to’p tashlagandan so’ng yana zonali 
himoyaga o’tadi va h.k. 
Raqib tomonidan to’satdan yangi taktik tizimni qo’llanilishi yoki 
musobaqada kutilmagan o’zgarishlarning yuz berishi sportchilarga 


159 
munosib kont usullarni qo’llashda juda katta qiyinchiliklar tug’diradi va 
maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. 
Murabbiy tayyorgarchilik mashqlarida sportchilarni bir holatdan 
ikkinchi holatga tezda o’tishga majbur qiluvchi “kutilmagan voqealar”ni 
qo’llashi kerak: 
1.
Sheriklar 
vazifalarida 
ko’zlanmagan 
kutilmagan 
taktik 
variantlarni qo’llashlari, sportchilar tomonidan yaxshi o’rganilgan kontr 
usullardan foydalanishlari eng oson o’tishdir; 
2.
Sheriklar 
yaqinda 
o’rganilgan, 
xali 
amalda 
to’liq 
qo’llanilmayotgan texnik variantlarni qo’llaydilar; 
3.
Eng qiyin o’tish o’yinchidan raqib ularga notanish bo’lgan 
taktik usulni qo’llayotganda talab qilinadi; bunda o’tish sportchining bor 
tajribasiga asoslangan holda bo’layotgan hodisaga ijodiy yondoshuvu 
zaruriyati bilan murakkablashadi. 
Musobaqa oldi boskichida nisbatan kichik vakt oraligida turli taktik 
tizimga ega bulgan raqib bilan bir qator nazorat o’yinlar o’tkazish 
tavsiya etiladi. O’z harakatlari bilan bir-birlaridan keskin farq qiluvchi 
turli raqiblar bilan uynash sportchini chegaralangan vaqt davomida tez 
va ijodiy o’tishga majbur qiladi. 
O’yin topshiriqlarini murakkablashtirish usuli interpretastiya 
(tushuntirish) usullaridan biri bo’lib, basketbolchilar tayyorgarligida 
aniq shaxobchaga (podtizim) nisbatan ta’sirni oshiradi. Bu usul 
sportchilar o’sib borayotgan limitlar (vaqt limiti, raqib qarshiligi, 
konkret harakat natijasini tezda baholay olish, konkret uyin vazifalarini 
hal qilishda odatiy shartlarning o’zgarishi) sharoitida hal qilishni 
maqsad qilib qo’ygan o’yin vazifalarini murakkablashtirishni nazarda 
tutadi. 
Quyida 
tenerlar 
o’yin 
vazifalarini 
murakkablashtirishda 
qo’llaniladigan bir qator uslubiy yo’llarni sanab o’tish mumkin. 
1. Agar koptok savatga tez yorib utish natijasidatashlansa, yoki 
aktiv o’yin natijasida tashlansa, jamoaga ikkita emas, to’rtta ochko 
yozilib, koptok ham shu jamoada qoldiriladi; 
Tez yorib o’tish davrida savatga tashlangan to’p shu jamoa 
a’zolaridan kamida to’rt kishi tashlash vaqtida maydon o’rta chizigini 
kesib o’tsagina (rag’batlantirishning boshqa barcha turlari bilan birga) 
hisoblanadi; 
2.
Pozitsiyaviy hujum vaqtida savtga tushurilgan koptok esa 
to’puchun jangda kamida jamoaning uch o’yinchisi ishtirok etsa 
hisoblanadi; 


160 
3.
Yuqoridan uch o’yinchidan bittasi tezlik bilan raqib shiti ostiga 
etib borishi uchun imkon berilishi birinchi uchun to’p uzatilishini 
ta’minlaydi; 
4.
“Djabpol” harakatli o’yinini o’tkazish (maydonning qarama-
qarshi tomoniga, voleybol setkasining ustidan, shitdan qaytgan to’pni, 
erga tushmay uzatish) taktikaviy echimlar harakat komponentini 
murakkablashtiradi. 
5.
Hujum qilayotgan jamoa to’pni yon chiziqlardan o’yinga, 
murabbiyning maxsus xabaridan keyin kiritish mumkin;shu orkali 2-4s. 
mikropauza hosil bo’ladi. Bu pauza pressing qilayotgan jamoaga qulay 
pozitsiya egallash imkonini beradi va hujumdagi uyinchilarni 
“ishlatadi”. 
6.
Pressing davomida himoyadagi jamoaga to’pni ilib ketish uchun 
qo’shimcha 2 ochko belgilanadi, bahsli to’pga etishish uchun yoki 
raqibning texnik xatosi uchun 1 ochko belgilanadi. 
7.
Pressingga karshi xujum qilayotgan jamoaga o’zining 
maydonidan to’pni olib chiqish uchun 7 soniya, butun hujum uchun 15 
soniya beriladi. 
Taktik vazifalarni individual hal qilishda yoshga qo’yiladigan 
talablarni hisobga olib, individual, taktik tayyorgarlik elementlarini har 
tomonlama rivojlantirish zarur. 
Bu bo’limni ilmiy ta’minlash esa ortda qolayotganlardan 
hisoblanadi. Va bu soxada ayrim, individual yondoshish bilan bog’liq 
bo’lgan 
(konkret 
taktik 
harakatlarni 
o’zlashtirishda) 
uslubiy 
tavsiyanomalargina 
bor 
xolos. 
Ma’lumki, 
kombinastiyalarning 
o’rganishning birinchi bosqichida taktik harakatlar sitemasi haqida 
umumiy tushuncha va usullar berilishi zarur. Masala echimida “qat’iy” 
kanallar va “bloklar”shakllanadigan ikkinchi bosqichga kelsak bu erda 
har bir basketbolchini umumiy va individual xususiyatlarini e’tiborga 
olish zarur, ya’ni “blklar” (hal qiluvchi vaqt bilan bog’liq bo’lganda) 
uchun operativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan; echimni qo’llash 
vaqtidagi “blokda” esa sensamotor kordinastiyalari yaxshi rivojlangan 
sportchilar mosdir, uchinchi bosqichda bu kanallarni kengaytirish kerak 
(o’sha taktik sxemani boshqa shakllarini izlash), bunda bir tomondan 
basketbolchilarning individual xususiyatlarini, ikkinchi tomondan shu 
jamoaga xos o’yin xarakterini e’tiborga olish kerak, to’rtinchi bosqichda 
mana shu o’yin tizimsi taktik vositalarining torayishi yuz beradi, lekin 
bu torayish butunlay boshqa darajada bo’ladi. 


161 
Bu ayniqsa, taktik vaziyatdan “chiqish” variantlarini izlashga 
aloqador, yangi taktik kombinastiyani o’rganishning barcha bosqichlari 
tugallangandan keyingina o’yinchilarning ruhiy sifatlarini maxsus 
qobiliyatlar chegarasida rivojlantirishga, qabul qilingan taktik sxema 
doirasida rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Mashq jarayonida sporchining shaxsiy harakatlarini anglay olishiga 
asoslangan uslubiy yondoshuvga alohida e’tibor berish kerak. Buning 
uchun kombinastiyalarni shakllantirish vaktida har bir o’yinchi o’z 
shaxsiy harakatlariga baho berish bu harakatlarning rivojini tahlil qilib 
berish uchun o’yinni to’xtatish maqsadga muvofiqdir. Bu usul yana 
kombinastiya davomi rollarga bulinib, yangi o’yin ampluasida o’ynalsa, 
yana ham boyishi mumkin. 
Zamonaviy basketbolning asosiy tendenstiyalaridan yana biri qat’iy 
qarshilikni oshirishdir. Amalda shakllangan va taktik, psixoligik 
qarshilikka zarur sharoit yaratuvchi bir qancha uslubiy usullarni qayd 
etish mumkin: 
1.
Basketbolchilar aktiv qarshilik ko’rsatish bilan hal qiluvchi 
taktik va texnik masalalar jarayonida o’yin mashqlari hajmini oshirish; 
2.
Mashq davomida uyinni bir necha bor to’xtatilishi, bunda 
murabbiy qo’qqisdan o’yinchilariga vaqtning kam qolganini va jamoa 
bir qator masalalarni hal qilishi zarurligini (yo sezilar sezilmas g’alabani 
saqlab qolishi, yo g’olib chiqayotgan raqibni quvib etishga harakat 
qilishi zarurligini) xabar qiladi. 
3.
O’yin oxirigacha hisobdan, yutukdan qat’iy nazar jamoa aktiv 
harakat kilishiga majbur bo’lgan mashq o’yinlarini o’tkazadi. 
4.
Tomoshabinlar shovqini yoki aksincha, suvquygandek jim-jit 
tribunallarga, atrof sharoitiga e’tibor bermay, butun diqqatni to’p 
tashlashga qaratishni va to’p tashlashni tarbiyalash; 
5.
“Bir kishi hamma uchun” qoidasini kiritish va amal qilish; 
bunda bir uyinchiga bir qator jarima to’plarini tashlash topshiriladi, u 
vazifani bexato bajarsa, butun jamoa dushga kiradi, agar xatoga yo’l 
qo’ysa, butun jamoa hisob-kitob qiladi, ya’ni zal tevaragida bir necha 
bor aylanadi va yana boshqa o’yinchi shu vazifani bajarishga kirishadi; 
Texnik, taktik tayyorgarlik rivojlantirish rezervlarini axtarish 
konkret 
o’yinchining 
individual 
xususiyatlaridan 
maksimal 
foydalanishga asoslanishi kerak. Bunga o’z tajribamizdan bir misol 
keltirish kifoya. O’z vaqtida markaziy o’yinchilardan birining taktik 
qobiliyatini 
rivojlantirishga 
umumqabul 
qilingan 
uslubdan 


162 
foydalanishga juda ko’p kuch sarflangan edi. Bu o’yinchining taktik 
qobiliyatlari yo’q deb hisoblanar edi. 
Keyinchalik chuqur pedagogik-psixologik tekshirishlar shuni 
ko’rsatadiki, bu sportchi tez haol qilinuvchi masalalarni echishga moxir 
ekan-ku, lekin ma’lumotlarni tez qabul qila olmas ekan, diqqat doirasi 
nisbatan tor ekan. E’tibor uning taktik tayyorgarchiligiga karatilgach, 
uning sport mahoratining oshishiga yordam berdi. Demak, har bir 
sportchining qobiliyat malakalarini har tomonlama o’rganish, tekshirish, 
uning kuchli xususiyatlariga tayanib, ortda qolayotgan xususiyatlarini 
tarbiyalash o’z ijobiy natijasini berar ekan. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə